Bronxoplevral oqma (BPO) 0 ‘BDda yoki o‘pka tug‘ma kistalarining plevra bo‘shlig‘ida yorilganda kuzatiladi. Bunda oqma diametri
yoki kocp sonli oqmalar diametrining yigindisi shu darajada yirik
boiishi mumkinki, bunda plevra bo‘shlig‘ini drenajlash bilan o‘pkaning yozilishiga erishib boimaydi. Ko‘pincha, 0 ‘BD boigan bolalarda, rivojlanadigan BPOning klinik belgilari ko‘krak ichi bosimining oshib borishi bilan bogiiq, avj olib boruvchi nafas yetishmovchiligida namoyon boiadi. Nafas olish vaqtida, bir uchi suvga
tushirilgan drenajdan to‘xtamay havo ajralishi, BPOni o‘ziga xos
belgisi sanaladi. Auskultatsiya vaqtida bronxial oqmaning o‘ziga
xos shovqini aniq eshitiladi, bu plevra bo‘shlig‘idan faol aspiratsiya
vaqtida yanada kuchayadi. «Klapan mexanizmi» shakllangan katta
bronxial oqmada faol aspiratsiyaga ulash «o‘g‘irlash» sindromi
deb aytiladigan holat rivojlanishiga va nafas yetishmovchiligining
yomonlashuviga olib keladi. Bu holda, vaqtinchalik bronxni qidiruvchi okkluziyasi va plevra bo‘shlig‘ini Geraskin (1978) usulida drenajlash bilan birga qoilash samarali chora hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |