Uglevodorodlar aralashmasi molekulyar massasi M quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(4.12)
bu yerda: – aralashma tarkibidagi i ta komponent-larning molekulyar massasi;
- birlik hajmdagi komponentlar ulushi.
Tabiiy gazlar asosan metandan iborat ekanligini nazarda tutsak neftli gazlarning unga nisbatan molekulyar massasi katta bo‘ladi, ya’ni neftli gazlar tarkibida etan, propan butan va izobutanlar miqdori ko‘p bo‘ladi.
2 - jadval
Tabiiy gazlarning fizik xossalari
№
Gaz turi
Havoga nisbatan zichligi
Erish harorati, oS
Qaynash harorati,
oS
Kritik harorati,
oS
1
Metan
0,554
-184
-161,5
-82,5
2
Etan
1,049
-182,8
-88,3
32,2
3
Propan
1,55
-189
-42,2
96,8
4
Izobutan
2,067
-145
-10,2
134
5
Butan
2,085
-135
-0,5
153,1
6
Vodorod
0,0695
-259
-252,5
-240
7
Azot
0,967
-209,8
-195,8
-147,1
8
Karbonat angidrit
1,529
-56,6*
-78,5
31,1
9
Vodorod sulfid
1,19
-82,9
-61,8
100,4
10
Geliy
0,138
-272,2
-268,5
-268
11
Argon
1,379
-189
-185,7
-122
Nazorat uchun savollar
Gazning kimyoviy tarkibi qanday?
Metanli, naftenli va aromatik uglevodorodlar bir birlaridan nima bilan farq qiladi?
Kaustobiolitlar nima?
Neftning kimyoviy tarkibi qanday?
Tabiiy gaz tarkibida qanday nouglevodorod qo‘shimsalar bo‘ladi?
Tabiiy gazning afzalliklari nimada?
Suyuq va suyultirilgan gaz deganda nimani tushunasiz?
Tabiiy gaz va uning tarkibidagi uglevodorodlarning xossalarini ayting?
Neftni fraktsiyalarga ajratish deganda nimani tushunasiz?
Neftning xossalarini ayting?
Neftning qovushqoqligi deganda nimani tushunasiz?
Kondensatsiya hodisasini izohlab bering?
1-Amaliy mashg‘ulot davomi. Quduq konstruksiyasini tanlash va konstruksiyasini aniqlash
Quduqlar tasnifi
Quduqlar geologik tekshiruv, qidiruv va konlardan neft, gaz mahsulotlarini yer yuzasiga chiqarish uchun burg‘ilanadi.
Quduqlar vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Tayanch quduqlari. Tayanch quduqlari - cho‘kindi tog‘ jinslarining joylashishini, gidrogeologiyasini, tog‘ jinslarining tarkibini, neft-gaz hosil bo‘lishi geologiyasi va geofizikasini aniqlash uchun burg‘ilanadi.
2. Parametrik quduqlar. Parametrik quduqlar - neft-gaz hosil bo‘lishi geologik-qirqimlarini qurish va kelajakda geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish uchun burg‘ilanadi. Tayanch quduqlaridan olingan ma’lumotlarga aniqlik kiritadi.
3. Tuzilmali (strukturniy) quduqlar. Tuzilmali quduqlar - tayanch va parametrik quduqlarni bergan ma’lumotlari bilan tuzilmani aniqlash uchun va geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish uchun, neft-gaz qatlamlarini qanday joylashganini aniqlash, geofizik tekshiruv ishlari ma’lumotiga asosan neft-gaz qatlamini tuzilma haritasini tuzish uchun burg‘ilanadi.
4. Qidiruv quduqlari. Qidiruv quduqlari - oldingi hamma quduqlarni ma’lumotlarini olib, neft-gaz konlari konturini, miqdorini, zahirasini aniqlashda va neft-gaz qazib chiqarishda loyiha tuzish uchun burg‘ilanadi.
5. Izlov quduqlari. Izlov quduqlari - tayanch, parametrik va tuzilmali quduqlarning bergan ma’lumotlariga tayanib, neft-gaz quduqlarini ochishda aniqlik kiritadi. Neft-gaz qatlamidan namuna olib, tarkibi tekshirilib, uning qanday joylashganligiga aniqlik kiritadi.
6. Ishlatish (ekspluatatsion) quduqlari. Ishlatish quduqlari - ochilgan neft-gaz konlaridan mahsulot olish uchun burg‘ilanadi. Bu quduqlarni samarali ishlashi uchun yana uch turdagi: baholovchi, haydovchi quduqlar va kuzatuvchi quduqlar qaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |