Abu Ali ibn Sino
Yoinki bir asr zindonda yotmoq, Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq.
Pahlavon Mahmud
Nodonning idroki - indamaslikda. Agar nodon buni tushunib yetsa, uning yarim dono bo‘lgani shudir.
Sa’diy Sheroziy
Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir
va notavon ko‘rinmay desang, donolar oldida takabbur bo‘lmagil.
Majididdin Xavofiy
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.
Abdulqosim Firdavsiy
Donishmand - baqqolning do‘koniga o‘xshaydi: borini indamaygina ko‘rsatadi-qo‘yadi, nodon esa
lashkar nog‘orasining o‘zi: ovozi balandu ichi bo‘m-bo‘sh va g‘arib.
Sa’diy Sheroziy
Boylik, shamshir va lashkardan tayanch izlama. Dono kishilarning pand-nasihatlariga quloq sol.
Shamshir va o‘qni yo‘q qiladigan nasihatlarga amal qil.
Do'stlaringiz bilan baham: |