Abu Rayhon Beruniy
Ko‘p vaqillagan donodan ko‘ra, Jim o‘tirgan nodon yaxshi, jo‘ra.
Badriddin Hiloliy
Insonning boshqa jonzotlardan afzalligi aqldadir. Aqlning maqsadi esa nutq va shirinsuxanlikni
takomillashtirishdan iborat.
Majididdin Xavofiy
Donolar so‘ziga quloq ilmasang, Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.
Abulqosim Firdavsiy
Hamma kishilar aqlga muhtojdirlar, aql esa amaliyotga, ish-harakatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun
ham amaliyotni aqlning oynasi, deyishadi.
Husayn Voiz Koshifiy
Kishi o‘zining nimani bilmayotganini bilishi bilganlarining eng muhimidir.
Hokim
Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,
Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.
Abulqosim Firdavsiy
Nodon odam molni, aqlli odam esa fazlu kamolni qidiradi.
Muhammad Zehniy
Hikmat bilan sher boshiga chiqar chumoli,
Hikmat bilan nishdor ari beradi bolin.
Do'stlaringiz bilan baham: |