buzilishi yuz beradi. 5-darajali talafot. Imorat va inshootlaming to11iq
buzilishi sodir bo‘ladi.
Imorat va inshootiarning konstruksiyasi va qurilish material lariga
qarab tasniflanishi:
A guruh - xom g‘isht, paxsa devorli imoratlar;
В guruh - pishiq g ‘ishtdan qurilgan inshootlar;
D guruh — temir beton, sinchli va yog‘ochdan qurilgan inshootlar.
Yuqoridagilami hisobga olgan holda davlat standarti (GOST)
totnonidan imoratlar guruhning har bir ballda ko‘radigan talafot darajalari
qonunlashtirib qo‘yilgan. Jumladan:
6 ball - yer silkinish jarayonida
A guruhga mansub inshootlar
2-darajali talafot, В guruhi inshootlari 1-darajali talafot ko‘radi.
7 ball — A guruhidagi inshootlar 3-darajali talafot ko‘radi.8 ball - A
guruhidagi inshootlar 5-darajali, В guruhidagi inshootlar ham 3, 4-darajali,
D guruhidagi inshootlar 2-darajali talafot ko‘radi. 9 ball - В guruhidagi
inshootlar 4-darajali, shuningdek, D guruhidagi inshootlar ham 4-darajali
talafot ko‘radi. 10 ball - В guruhidagi inshootlar 5-darajali, D guruhidagi
inshootlar 4-darajali talafot ko‘radi. 11 ball
- В guruhidagi inshootlar
to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining tik va gorizontal yo‘nalishdagi harakati
kuzatiladi. 12, ball - amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi. Bu - u
yoki bu ballarda yer silkinishi sodir boTadigan hududlarda ko‘riladigan
talafot darajasi hisobga olingan holda, faqat m a’lum guruhdagi inshoot
va
imoratlar qurilishi lozim, degan so‘zdir. Yer silkinishi keltiradigan
talafot inshootning turiga, konstruksiyasiga bogTiq bo'lishi bilan bir
qatorda, qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitiga, ya’ni tog‘
jinslari turlarining
mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga
bog‘liq. Masalan, 1966-yili Toshkent shahrida boMgan silkinish natijasida
shaharning yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo‘lgan pastqam
joylarda joylashgan imoratlar kuchli talafot ko‘rdi. Shundan keyin
1966-yili shahar hududida qayta muhandis-geologik
xaritalash ishlari
o ‘tkazilib, shahar markazi tuproq sharoiti nuqtayi nazaridan 9 balli
mintaqaga o ‘tkazildi. Bu degani, 9 balli mintaqada quriladigan inshootlar
konstruksiyasiga va usuliga m a’lum talablar qo‘yish va ulami bajarishni
talab qiladi. Seysmofaol hududlarda qurilish ishlarini
olib borishda davlat
tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinishi zarur.
Ya’ni shahar qurilishida imoratlaming balandligiga va shakliga katta
talablar qo‘yiladi, ular quyidagilardan iborat:
109
- shahar hududida katta-katta ochiq maydonlaming boMishi, ya’ni
silkinish sodir bo‘lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi
uchun yengil qurilmalar
qurish uchun xavfsiz joy zarur;
- suv havzalarining bo‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin
bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish maqsadida foydalanish uchun suv zaxirasiga
ega bo‘lish;
- inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 marta katta
bo‘lishi, chunki imorat talafot ko‘rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: