Koreya Respublikasi
- mamlakatning umumiy maydoni
98,5 ming km
2
. Aholisining soni 53,7 mln. Kishi (2018). Poytaxti
— Seul shahri. Urbanizatsiya darajasi 66%. Savodxonlik darajasi
87%. Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi 452,8 milliard
AQSH dollari (jon boshiga 9700 AQSH dollari). Mahalliy aholi
o‗z yurtini «Choson», ya‘ni «tonggi musaffolik o‗lkasi» deb
ataydilar.
112
l999-yili Koreya turizm industriyasining rivojlanishi eng yuqori
darajaga chiqdi. Koreya, l999-yili «Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti» (OECD) 39 a‘zosi ichida l,96 mlrd AQSH dollarli ijobiy
balans bilan l3-o‗rinni egalladi.
«Sayohat va turizm bo‗yicha xalqaro kengash» (WTTC)
tashkilotining xulosasiga ko‗ra 200l- yilni Koreya turizm
industriyasining 2000-yilga nisbatan o‗sishi 9,9% ni tashkil etdi.
200l-yil ohiriga kelib turizm sohasi, Koreyada 420 mingga yaqin
kishini ish bilan ta‘minladi. Koreya 2018 yilda 15,347 ming turist
qabul qilib, undan kelgan daromad 15,319 mln AQSH dollarini
tashkil etgan.
8.3.Janubi-Sharqiy Osiyo subregioni turizmi
Janubi-Sharqiy
Osiyo
subregioniga
Bruney,
Kambodja,
Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Fillipin, Singapur, Tailand,
Sharqiy Timor, Vetnam mamlakatlari kiradi. Subregionga 113,2 mln
(2016) turist tashrif buyurgan bo`lib, eng ko`p turist qabul qilgan
mamlakatga Tailand (32,5 mln), Malayziya (26,7 mln), Singapur
(12,9 mln), Vetnam (10 mln) davlatlaridir.
Singapur
mamlakatning nomi «singa-pura», ya‘ni «arslon
shahri» ma‘nosini anglatadi. Umumiy maydoni 636 kv. km.
Aholning soni 5 million 469 ming kishi (2018). Bularning 77,4%
xitoyliklar, l4,2% malayliklar, 7,2% hindlardan iborat. Poytaxti
Singapur shahri. O‗ta zamonaviy mamlakat bo‗lib, eng yangi
kommunikatsion tizimga ega. Shu sabab bu yerda dam olish
sayohligi bilan birga biznes-turizm yo‗nalishi ham yaxshi
rivojlangan. Mashhurligi bo‗yicha yevropaliklar orasida
Tailanddan keyin 2-o‗rinni egallaydi. Turizm sohasi l965-l982-
yillarda rivojlanib ketdi. l980-yillarning ohirida sayyohlik
sohasining yillik o‗sish darajasi l4-l5% ni tashkil etdi. l990-
yillarda bu ko‗rsatkich l0,6% bo‗ldi.
Mehmonlarning
ko‗pchiligini osiyoliklar tashkil etadi (l992-yili 65%). Keyingi
o‗rinni Yevropa (l5-l9%), Avstraliya va Yangi Zelandiya (l2%)
hamda AQSH (6%) turistlar egallaydi. AQSH va Gonkongdan
tashrif buyurganlarning katta qismi biznes-tur yo‗nalishida
113
keladi. Ichki turizm ham yaxshi rivojlangan bo‗lib, l99l-yili
mahalliy aholi 4,8 million sayohatlarni amalga oshirdi.
Singapurliklar asosan Malayziya, Indoneziya, Tailand va
Gonkong mamlakatlariga sayohat qiladilar. Singapur 2018 yilda
13,909 ming turist qabul qilib, undan kelgan daromad 20,528
mln AQSH dollarini tashkil etgan
Do'stlaringiz bilan baham: |