Tayanch tushunchalar:
YUNESKO
tashkilotining ta’lim
sohasidagi faoliyati
BMT, YUNESKO, YUNISEF, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va h.
YUNESKO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat tnasalalarini rivojlantirishga ixtisoslash- tirilgan tashkiloti bo’lib, u 1946 yilda tashkil etilgan.
Ushbu tashkilotning qarorgohi Fraatsiyaning poytaxti Parij shahrida bo’lib, unng oliy boshqaruv organi - Bosh direktordir. Mazkur xalqaro tashkilotga a’zo bo’lgan mamlakatlaming vakillari ikki yilda bir marta o’zlarining Bosh konferentsiyalariga to’planadilar. Bu anjumanda ular YUNESKOning keyingi ikki yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu dastumi amalga oshirish uchun unga a’zo bo’lgan davlatlar mablag’ - byudjet ajratadilar.
YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy o’rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida “Urush haqidagi fikrlar odamlar aqlida paydo bo’ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib, tinchilikni himoya qilish g’oyasini tarbiyalamoq kerak” - deb yozib qo’yilgan.
YUNESKO faoliyati o’ta xilma-xil va ko’p qirralidir. Ayniqsa, uning ta’lim sohasidagi faoliyati diqqatga sazovor. Bu boradagi ishlar juda ko’p yo’nalishlarda olib boriladi va mazkur yo’nalishlar bir-biridan muhimdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta’limi rivojlanishidagi tendentsiyalami tahlil qilish va uni ommalaslitirish, u yoki bu mamlakatda ta’lim bo’yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy, ham ma’naviy rag’batlantirish kabilar shular jumlasidandir.
YUNESKO mazmunli ta’limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida bo’lishini ta’minlash, uning uzluksizligini qaror toptirisli, ta’limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi.
O’qituvchi kadrlar tayyorlash, ulami nazariy-metodik saviyasini muttasil oshirib borish, jahonning ba’zi mamlakatlarida muammo bo’lib hisoblangan xotin-qizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq- xuquqlarini ta’minlash, ekologik ta’limni yo’lga qo’yish, darslik va dasturlarni takomillashtirish, mamlakatlar o’rtasida ta’lim bo’yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish kabi juda ko’p boshqa masalalarni hal etadi.
YUNESKOning ta’lim sohasidagi sahovatli faoliyatining barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta’lim berish, ulami xalqaro hamkorlik, o’zaro ishonch, do’stlik, birodarlik mhida tarbiyalashga qaratilgandir.
Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturlarni amalga oshirmoqda. Bu dasturlar asosan ekologik
muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza etish bilan bog’liqdir. Shuningdek, mazkur yo’nalishda muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlami amalga oshirish, jahon ilmiy tnarkazlari, universitetlar, olimlar hamkorligmi rivojlantirish bilan bog’liq muhim ishlar ham yo’lga qo’yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |