388
Maqsad: Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‗lsa, olingan natija
shunchalik ijobiy hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan
tabletkaning biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa etarli bo‗ladi.
Mavzuning axamiyati: Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik
omillarni to‗g‗ri tanlashga imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib
boriladi va aniqligi bilan ajralib turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi
uchun ishlab chiqarishda kam qo‗llaniladi.
Vaziyatli masalalar:
1. Korrelyasion koeffitsientni xisoblash uchun in vitro tajriba natijalari keltirilmagan.
2. Korrelyasion koeffitsient 1,0 dan katta chiqdi.
3. Ishlab chiqarishda in vivo tajribalarining o‗rniga in vitro tajribalari bilan kifoyalandi.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
1. Biologik samaradorlikka ta‘sir qiluvchi klinik omillar
2. Ekvivalentlik va uning turlari.
3. So‗rilish tezligi nima?
4. So‗rilishi darajasi nima?
5. Farmatsevtik omillar.
6. Samaradorlik va uning turlari.
7. Biologik samaradorlik darajasining ta‘rifi.
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‗rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati
borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim.
Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‗lsa, korxona sharoitida
biosamaradorlikni in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi. Jahon Sog‗liqni Saqlash tashkiloti
tomonidan dori vositalarining bosamaradorligini o‗rganish in vitro sharoitlarida amalga
oshiriladigan tajribalar bilan birgalikda bajarilishi, in vivo va in vitro tajriba natijalari
o‗rtasida korrelyasion bog‗liqlikni aniqlash va yuqori darajada korrelyasion bog‗liqlikni
namoyon qiluvchi usulni, korxonada dori vositalarni ishlab chiqarish jarayonida sifat
nazoratiga tatbiq etilishi tavsiya etiladi. CHunki in vitro tajriba usullari dori vositasi
biosamaradorligiga bilvosita baho berishga asoslansada, bu usullar bajarilishi oson, arzon
bo‗lib, qisqa muddatda bajariladi, yuqori malakali maxsus ixtisoslikka ega bo‗lgan mutaxassis
talab etmaydi.
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‗rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati
borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblashni
lozim deb topdik. Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‗lsa, korxona
sharoitida biosamaradorlikni in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: