Qadoqlash. 200, 250, 400 va 500 ml preparatni DSt 10782-85 yoki DSt 19808-86 ga
ko‘ra transfusion yoki infusion eritmalar uchun shisha butilkalar yoki qon uchun flakonlarga
yoki import, TSh 9467-019-00152164-2004 ga ko‘ra IP-119, IP-21 yoki 52-369/1 rezina
aralashmasidan tayyorlangan rezina tiqinli, yoki TSh 9398-001-44111344-2005 ga ko‘ra 52-
599/1 va TSh 38.106618-95 ga ko‘ra 52-599/3 yoki ―Xelvet Farma‖ (Belgiya) tomonidan
ishlab chiqarilgan V 9263, FM 140/0 markali rezina tiqinlar bilan yopiladigan, DSt P 51314-
99 ga ko‘ra K-3 yoki K-5 markali yoki K-5a markali alyumin qalpoqchali yoki TSh 9467-
001-47570029-98 yoki TSh 9467-004-39798422-2004 ga ko‘ra plastik tipli alyumin
qalpoqchali idishlarga qadoqlanadi.
200, 250, 400,500 ml dan Yevr.F. (Supplement 1998) ga ko‘ra R520F markali propilen
flakonlarga, VI USP XXIII (88) va Ninth Supplement USP-NF-3576 klassdagi plastiklar
uchun o‘tkaziladigan biologik testlarga javob beruvchi yoki boshqa import materialdan
tayyorlangan, uch komponentli kombinirlangan tiqinli (R520F markali propilen-1035N
(Plasmer) markali rezina yoki R520F markali propilen-1035N (Plasmer) markali rezina-
R520G markali polipropilen) flakonlarga qadoqlamadi.
Flakon tubiga issiqlik usulida BLH-001 tipidagi plastmassa ilgich yopishtirilishiga yoki
ilgak sifatida flakonga polimer materialdan to‘r kiritilishiga ruxsat etiladi.
Butilkaga DSt 7625-86E ga ko‘ra yorliq yoki DSt 18510-87E ga ko‘ra yozuv
qog‘ozidan tayyorlangan yorliq yopishtiriladi.
DSt 7933-89E ga ko‘ra karton qutidan tayyorlangan qadoqqa butilka bilan birgalikda
qo‘llash yo‘riqnomasi solinishiga ruxsat etiladi.
Butilkalar yoki pachkalar 5-10 ta yo‘riqnoma bilan birgalikda DSt 7933-89E ga ko‘ra
karton qutidan tayyorlangan qutilarga yoki DSt 7376-86 ga ko‘ra gofrirlangan kartondan
tayyorlangan qutilarga joylanadi.
Qutilar DSt 6309-87 ga ko‘ra qattiq paxta qog‘ozli ip bilan bog‘lanadi yoki DSt 20477-
86 ga ko‘ra o‘zi yopishadigan tasma bilan yopishtiriladi, bog‘lam oxiriga DSt 7625-86 ga
ko‘ra yorliq qog‘ozidan tayyorlangan yorliq yopishtiriladi.
Guruh qadog‘i va tashish tarasi DSt 17768-90E ga asoslanadi.
Yorliqlash. Shisha yorlig‘ida, quti va yorliqda ishlab chiqaruvchi nomi, uning manzili
va tovar belgisi, preparatning lotin, o‘zbek va rus tillaridagi nomi, dori shakli, preparatning
millilirdagi hajmi, ―Steril‖, ―Vena ichiga‖, ―Rang o‘zgarish va loyqalanish holatlari paydo
bo‘lgan preparat qo‘llash uchun yaroqsiz‖ yozuvlari, saqlash sharoiti, qayd qilish raqami,
seriya raqami, yaroqlilik muddati, shtirx-kod (zarur bo‘lsa) ko‘rsatilishi kerak.
Shisha yorlig‘i, quti va guruh yorlig‘ida asosiy farmakologik ta‘siri ―Tuz balansini
boshqaruvchi vosita‖ yozuvlari ko‘rsatilishiga ruxsat etiladi.
Shisha yorlig‘i va qutida tarkib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Guruh qadog‘ida qo‘shimcha ravishda qadoqlar soni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Transport tarasi DSt 14192-96 ga asoslanadi.
Ilova. Preparatni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilingan
holatlarda yorliqlash matni importyor davlat talabi yoki shartnomaga asosan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |