Muzlash harorati 1 – rasmda ko‘rsatilgan qurilmada aniqlaniladi. Qurilma diametri 30-35 mm
va uzunligi 200 mm bo‘lgan A idishdan iborat bo‘lib, bu idishga tekshiriluvchi eritma
solinadi; idishning yuqori qismi kengaygan bo‘lib, B termometr va B aralashtirgichni joylash
uchun ikkita teshikchaga ega bo‘lgan tiqin bilan yopiladi; A idishni kengroq G idishga
o‘rnatilgan bo‘lib, A idish G idishning devori yoki pastki qismiga tegmaydi; termometr ham
A idishning devori va pastki qismiga tegmasligi kerak; G idishdagi sovituvchi aralashma sathi
A idishdagi tekshiriluvchi eritma sathidan past bo‘lmasligi kerak. Tajribani o‘tkazish
davomida eritma termometrning simobli qismini o‘rab turishi kerak. Sovituvchi aralashma
harorati erituvchining (bidistillangan suv uchun -3’-5ºC) muzlash haroratidan 3-5ºC past
bo‘lishi kerak; minus haroratni nazorat qilish uchun 0,5ºC bo‘limli D manfiy termometridan
foydalaniladi. Sovituvchi aralashma tarkibi: muz-kristallik natriy xloridi.
Aniqlash usuli. Krioskopik tajribani o‘tkazish uchun Bekman termometrini shunday
o‘rnatishda simob miqdori hisobga olinadi, bunda toza erituvchi muzlagan vaqtda
kapillardagi simobning meniski o‘lchov shkalasining yuqori qismida joylashishi kerak.
Bundan tashqari suvli eritmaning muzlash haroratining pasayishi qayd qilinishi mumkin.
321
Erituvchi yoki tekshiriluvchi eritmaning muzlash haroratini aniqlash uchun ichki
kichik probirkaga yon teshik orqali 28-30 g suyuqlik solinadi, huddi shu yerga aralashtirgich
va Bekman termometri joylashtiriladi. Erituvchini sovushiga imkon beriladi (aralashtirmasdan
sovutiladi) va termometr kutilgan muzlash nuqtasidan (0,2-0,3) ºC past haroratni ko‘rsatsa,
aralashtirish yordamida erituvchi kristallari tushiriladi; bundan tashqari suyuqlik muzlash
nuqtasigacha qizdiriladi – maksimal harorat ( uch marta o‘lchash orqali olingan natijalar
orasidagi farq 0,01 ºC dan ortmasligi kerak), bunda kristallar hosil bo‘lishni boshlagan
vaqtdagi termometr ko‘rsatayotgan harorat yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda qayd qilib olinadi
(T
1
).
Quritilgan A idishga tekshiriluvchi suvli eritma solinadi; muzlash nuqtasini aniqlash
toza erituvchining muzlash haroratini aniqlash kabi olib boriladi; uch marta o‘tkazilgan
tajribaning natijalari tekshiriluvchi eritmaning muzlash nuqtasi (T
2
) kabi ro‘yxatga olinadi.
Osmolyarlik quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
(T
2
-T
1
) x 1000
C
osm
, mOsmol/kg (mOsmol/l)=----------------------
1,858
bu yerda: 1,858 – suvning molyal krioskopik doimiysi,1 mol moddani 1 kg suvda erishi
natijasida muzlash nuqtasini pasayishi natijasida kelib chiqadi;
1000 – osm/kg va mosm/kg kelib chiqish koeffitsiyenti;
T
2
– toza erituvchining muzlash harorati, (ºC);
T
1
– eritmaning muzlash harorati, (ºC).
Osmolyarlik 209,0 mOsmol/l dan 254,4 mOsmol/l gacha bo‘lishi kerak.
2 – usul (Alternativ usul). Eritmaning osmolyarligini avtomatik krioskopik osmometr
yordamida aniqlash. Aniqlash Vitston osmometri, Germaniyaning ―GONOTEK‖ firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan ―Osmomat 010‖, ―Osmomat 030‖ asboblarida olib boriladi.
Tajriba asbobni tozalangan suvga nisbatan nol nuqtasini aniqlash yordamida amalga
oshiriladi. Buning uchun muzlatkich katakchasiga ichida 50 mkl suv bo‘lgan probirka
tushiriladi. Asbob avtomatik tarzda hisoblaydi va suvning muzlash haroratini ko‘rsatadi, bu
vaqtda displeyda ―0,000‖ raqami paydo bo‘ladi. Tajriba oldidan osmometr standart kalibrlash
eritmasi yordamida kalibrlanadi (Calibration standart N300 mOsmol/kg NaCl/H
2
O).
So‘ng toza probirkaga tekshiriluvchi eritmadan 50 mkl olinadi, probirkani muzlatkich
katakchasiga joylanadi. Eritmaning muzlash harorati aniqlaniladi va bu ko‘rsatkich Osmol/kg
da o‘lchanadi keyin bu o‘lchovni 1000 ga ko‘paytirish orqali mOsmol/kg o‘lchov birligiga
o‘tkaziladi.
Osmolyarlik 209,0 mOsmol/l dan 254,4 mOsmol/l gacha bo‘lishi kerak.
Pirogenligi. Preparat apirogen bo‘lishi lozim. Test-doza har 1 kg hayvon (quyon)
massasiga 10 ml preparat. Vena orasiga sekinlik bilan 1 daqiqa davomida yuboriladi (DF XI,
2-nashr, 183 b.).
Do'stlaringiz bilan baham: