3. Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
Maxsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning maxsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari maxsulot tannarxiga kiritilmaydi.
Maxsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ularga kuyidagilar tegishli:
- bevosita moddiy xarajatlar;
- bevosita mehnat xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar. Bu xarajatlarning ko‘pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko‘rinishlarda xisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo maxsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda xisobga olish uchun ularni yagona o‘lchov birligiga - qiymat-pul ko‘rinishiga keltirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |