2.Korxona ishlab chiqarish xarajatlari turlari
Maxsulot tannarxini tashkil kiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, kuyidagi guruhlarga taqsimlanadi.
" moddiy xarajatlar;
" asosiy fondlar amortizatsiyasi;
" ish xaqi xarajatlari;
" ijtimoiy extiyojlarga bo‘lgan xarajatlar;
" boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar o‘z ichiga kuyidagilarni oladi:
" xomashyo va material xarajatlari;
" yoqilg‘i va energiya;
" sotib olinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor maxsulotlar;
" kadoklash va o‘rov materiallari;
" extiyot qismlar;
" boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
" tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog‘liq solik, yig‘im va boshqa to‘lovlar;
" ishlab chiqarishda bekor turib kolish va sifatsizlik tufayli yuzaga keladigan yo‘kotishlar;
" tabiiy yo‘kotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan yo‘kotishlar.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga kuyidagilar kiradi:
" asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklanish) qiymatidan kelib chikib xisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (xisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha tasdiqlangan normalar, qonun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya xam shu jumlaga kiradi;
" ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi xar oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (birok xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortik emas) kelib chikib xisoblanadigan maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi.
Mehnatga xaq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar elementlari katoriga kuyidagilar kiritilgan:
" amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari;
" xodimlarga natural to‘lov shaklida beriluvchi maxsulotlar qiymati;
" ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to‘lovlar;
" xar yillik mehnat va o‘kuv ta`tili uchun amalga oshiriluvchi to‘lovlar;
" qonunchilikka asosan ba`zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, ozik-ovkat, uy-joy, kommunal xizmat va x.k.;
" shtatlar kiskarishi tufayli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga to‘lanuvchi mablag‘lar.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga kuyidagilar kiradi:
" qonun xujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga xaq to‘lash fondiga ijtimoiy majburiy ajratmalar;
" nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga, bandlik fondiga ajratmalar.
Maxsulot tannarxidagi boshqa xarajatlar:
" qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o‘tkaziluvchi to‘lovlar va soliqlar;
" chikindilar uchun to‘lovlar;
" korxona mulkini majburiy sug‘urtalash;
" ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar;
" maxsulotni sertifikatlashtirish uchun bajarilgan ishlarga xaq to‘lash;
" xizmat safariga xaq to‘lash;
" yong‘inga karshi kurash va ko‘riklash muassasalariga xaq to‘lash;
" kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish,xodimlar tanlovini tashkil qilishga xaq to‘lash;
" aloka xizmati, xisoblash markazlari, bank xizmatiga xaq to‘lash;
" asosiy fondlarni ijaraga olganlik uchun xaq to‘lash;
" nomoddiy aktivlarning eskirishi va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |