4. “Kichik esse” (frantsuzcha “essai” – sinov, sinab ko’rish, ocherk, lotincha “exagium” - o’lchamoq) texnologiyasi kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo’lib, o’rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taassurot hamda tasavurlarni ifodalashga xizmat qiladi. Mazkur metod talabalar tomonidan o’rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo’yicha erkin fikr bildirish, mazmun-mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Kichik esseni yaratish jarayonida talabalar mavzu g’oyalarini umumlashtirishlari, tizimlashtirishlari, turkumlashtirishlari hamda xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo’ladilar. Mashg’ulotlar chog’ida mazkur metodni qo’llash quyidagi tartibda yo’lga qo’yiladi: 1) o’qituvchi kichik esseni yaratish uchun muammo yoki masalani tanlaydi; 2) tanlangan muammo, masala bilan talabalarni tanishtiradi; 3) talabalar muammo, masalaning umumiy mohiyati yuzasidan fikr yuritadilar; 4) talabalar shaxsiy fikrlarini bayon etish usulini belgilab oladilar; 5) kichik esseni yaratadilar; 6) kichik esse guruh talabalarining e’tiborlariga havola etiladi; 7) guruh a’zolari esse yuzasidan o’z fikrlarini bildiradilar.
1. “T-jadval” texnologiyasio’rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini yoritish maqsadida bir necha asosiy belgi, tayanch tushunchalarning mazmuni ularni bir-biri bilan o’zaro solishtirish, qiyoslash asosida ochib beriladi. Ko’p hollarda mazkur texnologiya mavzu asosini tashkil etuvchi bir necha holatlarning afzalliklari yoki kamchiliklarini, samaradorlik va samarasizlik darajasini, bugungi kun va istiqbol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo’llaniladi. Ushbu texnologiyani qo’llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) talabalar e’tiboriga o’rganiladigan mavzu, masala yoki topshiriq havola etiladi; 2) talabalar “T-jadval” metodini qo’llash shartlari bilan tanishtiriladilar; 3) talabalr guruhlar yoki juftliklarga biriktiriladilar; 4) ajratilgan vaqt oralig’ida guruh (juft)liklar jadval shaklida berilgan topshiriq mohiyatiga ko’ra qiyosiy taqqoslashni amalga oshiradi, ya’ni jadvalning chap va o’ng tomonlariga masalaning bir-biriga zid holatlarni bayon etadilar; 5) guruhlar (juftliklar) tomonidan to’ldirilgan jadvallar o’zaro solishtiriladi; 6) masalaning yechimi yuzasidan yakuniy xulosaga kelinadi yoki yagona “T-jadval” shakllantiriladi.
“T-jadval” metodidan foydalanish uchun quyidagi sxema taqdim etiladi: