mavzu: Iroda ong xarakteristikasi sifatida.
Reja:
1. Iroda va uning paydo bo’lishi
2.Ong — psixik faoliyatning oliy shakli.
3.Ongsizlik va uning shakllari
Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan
qobiliyati. Inson I. viy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga
qarshi turadi: I. uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart"
degan kechinma xosdir.
Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam I. ni talab qiladi. I.
mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. I. ning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda,
maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda
hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda I. ning qay darajada ekanligi maqsadni
qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. I.viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi
toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat.
Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish
layoqati ichki I. deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana
shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki I. deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi
toʻsiqlarni yengish (tashqi I.) ichki toʻsiqlar (ichki I.) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.
I. ning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik,
mustaqillik va b. I. kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi.
Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi
toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli I. egasi hisoblanadi. I. kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq,
uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati
masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida
tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza
tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon
boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon
oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham
yaratganning qudrati deb hisoblaydi.
Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi
deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik
yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish
hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha,
xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday
yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki,
safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi
insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham
ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong
insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-
oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.
Hozirgi zamon fani ong materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan
oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan
soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo
boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli,
materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan
materiyaning, yaʼni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning boʻlishi uchun miyaning
oʻzigina bulishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan
chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.
Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar
yaratilgan, lekin ular ongning oʻrnini bosa olmaydi, chunki ong oʻta murakkab obʼyektiv
mavjudlikdir.
Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi.
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir
holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida
muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.
SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan
borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday.
Uning birinchi ta’rifi-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning
tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks.
«Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning
strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib
boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin.
Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi
natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi
gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti
bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan
bilimlardan fodalangan yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik
bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo’lishiga olib keladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasida aniq farqlanishni o’ziga ifodasini
topishi, ya’ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniqbiladi. Tirik organizmlar
duyosi tarixida birinchi bo’lib unda ajralib chiqqan va o’zini atrof-muhitiga qarama-qarshi
qo’ygan inson o’z ongida ushbu arama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda.
Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq
etishga yo’naltirishga qodirdir.Odam o’z hatti-harakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli
ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan
kechiradigan yo’l bo’lib, uni o’zidan o’zi anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning
maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va
chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi
hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hakazo.
K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o’zgartirish bilangina cheklanmaydi,
tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o’zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi. Bu
maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning harakterini belgilab beradi va kishi o’z
irodasini ana hu maqsadga bo’ysundirish lozim» deb ta’kidlagan edi.
Maqsadni ko’zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo’nalishida kasallik oqibatida yoki biron-
bir boshqa sabablarga ko’ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb
qaramoq kerak.
Ongning to’rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. «Mening o’z
muhitimga bo’lgan munosabatim meninng ongimdir» deb yozgan K.Marks.
Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi, unda murakkab ob’ektiv eng
avvalo o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda esa (jalb etilgan)
ijtimoiy boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi potologiya normal ongni mohiyatini anglab
olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-
tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi:
Bemor bunga qadar behad yaxshi ko’rgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi. YA’ni kishilar
to’g’risida zarda bilan gapiradi va hakazo.
Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon
bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi.
Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga
etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan
edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli
shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean-butun bir dunyo
tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til,
alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret
odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.»
Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi
shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi
psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos
keladigan ma’noda ishlatiladi.
Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim
qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi,
tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob
berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi
axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi
muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan
munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-
harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong
bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir.
Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik
jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks
ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish,
yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka
quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush
ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob
reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga
ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad
hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida
ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi
kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb
hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida
borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-
sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir.
Iroda haqida tushuncha Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan
ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va
maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida
turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum
maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining
alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan
maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti harakatlar motivlarini
bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish
va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam
o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot
yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini
ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi Subyektning faoliyati - tashqi va ichki -
voqelikning aqliy aks etishi bilan vositachilik qiladi va tartibga solinadi. Ob'ektiv dunyoda
sub'ekt uchun o'z faoliyatining motivlari, maqsadlari va shartlari sifatida harakat qiladigan narsa
u tomonidan u yoki bu tarzda idrok etilishi, taqdim etilishi, tushunilishi, xotirasida saqlanishi va
takrorlanishi kerak; xuddi shu narsa uning faoliyati jarayonlariga va o'ziga - uning holatlariga,
xususiyatlariga, xususiyatlariga tegishli. Shunday qilib, faoliyat tahlili bizni psixologiyaning
an'anaviy mavzulariga olib boradi. Biroq, endi tadqiqot mantig'i o'zgarib bormoqda: psixik
jarayonlarning namoyon bo'lishi muammosi ularning kelib chiqishi, inson ob'ektiv dunyoda
kiradigan ijtimoiy munosabatlar orqali ularning paydo bo'lishi muammosiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |