lo'ndalík, aytish murakinki, hatto qora rang bilan
urg‘a berilgan shakl zohidligi. Ammo keramikaga
ishlov berish tufayli hosil boigan ko*za fakturasi
pardozlash bilan xira yuza ko‘rinishini oldi, bu esa
o‘z o’mida qora rangga mayinlik, iliqlik baxsh etdi.
Shakl zohidligi, qat’iyligi va rangga ko‘tarinkilik,
ulug‘vorlik, yumshoqlik ruhi qo ‘shildi. Shakl
bo'yicha ukrain ustasi ko'zasiga o ‘xshash. Lekin
boshqa faktura, boshqa obraz.
Faktura - badiiy obraz ifodasining shunday
vositasiki, uning ta ’siri asarni bevosita idrok
qilishda aks etadi. Faqat shundagina fakturaning
obraz shakllanishidagi va namoyon boiishidagi
butun ahamiyati seziladi. Shuning uchun biz asi
nusxada ko‘ra olmaydigan ko'plab san’at asarían
tasawurímizda yetárlicha taassurot qoldira olmaydi
va muallifni toiqinlantirgan hayajonni toialigicha
bera olmaydi. Rangli fo to su ra tlar ham,
k inohujjatlar
ham ,
golografíya
ham
tomoshabinning asar bilan bevosita muloqotini
almashtira olmaydi. Lekin fakturani rang va shakl
kabi yorug‘lik va yoritish turli xilda jaranglashga
majbur qiladi.
Yoritish - badiiy obrazning y ana bir tasvir
vositasi. Turli yoritishda faqat hajmiy shakl emas,
faktura ham turlicha ishlaydi. To‘g‘ri, yorqin yoritish
hajmni aniq ko'rsatad i, yuzaning hamma
notekisliklarini qat’iy ochib beradi, tekis fakturalami
nurlanishga majbur qiladi. Boshqa obrazni yaratish
uchun fakturaning tabiiyligini namoyon qiluvchi,
unga chuqurlik beruvchi, g'adir-budirligini
yumshatadigan tarqoq yoritish talab etiladi. Demak,
yoritishning turli darajasini qoilab, yorug‘likmanbai
sonini, uning yo‘nalishini o‘zgartirib, yaratilgan
badiiy obraz xarakteristikasini chuqurlashtirish, uni
boyitish mumkin.
K o'p g in a sa n ’a t asarlari (bu ayniqsa,
haykaltaroshlik va me’morchilikka tegishli) yil vaqti
yoki kun vaqti, aniqrog‘i, yoritish va boshqa
atrofdagi omillarga, rangga bogiiq holda turlicha
idrok qilinadi. Aynan shuning uchun hajmni
mühitdan ajratish, uni o‘rab turgan olam ta’siridan
ozod qilish mushkul. Shu sababli o ‘z asarlari ni
yaratayotgan rassom turli yoritishdagi variantlami,
tomoshabinga noxush qo'shimcha ta’sir ko‘rsatishi
mumkin b o ig a n turli omillar, ranglar yonma-
yonligini inobatga olishi zarur. Ayniqsa, berilgan
asarda sizni aynan nima hayratga solganini aytish
qiyin. Shaklmi? Rangmi? Fakturami? Balki, aynan
yoritishdir? Yoki u ham, bu ham birgalikdami?
Idrok etish, biz bilganimizdek, subyektiv. Bir
kishiga, aytaylik, hammadan ko‘p hajmiy shakl
ta’sir qiladi, boshqasiga esa rang. Biz ko‘pincha
faktura haqida unutib qo'yamiz, lekin uni tasviriy
vositalardan chiqarib tashlab turing-chi, siz darhol
sezasiz, asarlar qanchalik. ifodasiz va sayoz boiib
qoladi.
Badiiy obraz ifpdasiga yordam beruvchi boshqa
qator vositalar mayjud. Lekin ular tasviriy vosita
emas. Bu ovoz, hid, ta ’mdir. Bu vositalaming
hammasidan bugungi kunda san ’atning k o 'p
turlarida yetarlicha keng foydalaniladi. Ayniqsa
ovozdan. Turli ifoda vositalarining boy gammasi
va ulami professional to‘g‘ri kompleks qo‘llay olish
rassom ga to ‘ lqinlantiruvchi badiiy obrazlar
yaratishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: