Shovqin, zararli moddalarning ta`siri, issiqlik ajralishi, elektr
tokidan jarohatlanish xavfi, yong’in chiqishi xavfi.
Yuqorida sanab
o’tilgan kompyuterda ishlash xususiyatlari xamda ko’rish, emission
parametrlar bilan bog’liq zararli faktorlardan tashqari, XK dan
foydalanganda uning o’zidan va o’rnatilgan uskunalardan shovqin, issiqlik
va zaxarli moddalarni ishchi zonasida tarqalishi xam foydalanuvchiga
yomon ta`sir o’tkazishi mumkin. Bundan tashqari, texnika xavfsizligiga
so’zsiz rioya qilmaslik natijasida elektr energiyasidan ta`minlanayotgan
asbob-uskunalardan doimo elektr toki bilan jaroxatlanishning potentsial
xavfi mavjuddir. Elektr toki bilan ta`minlash manbaiga bir necha elektr
asboblarini bir yo’la ulash xamda noto’g’ri foydalanish natijasida ortiqcha
yuklanish sababli yong’in chiqish xavfi mavjuddir.
Kompyuter bilan ishlash jarayonida ushbu zararli va xavfli ishlab
chiqarish faktorlarini ko’rib chiqamiz.
Hususiy
kompyuter
joylashgan
honadagi
akustik
shovqin
printerlarni, ko’paytirish texnikasini, xamda kompyuter ventilyatorini
o’zining sovitish tizimini va transformatorini ishlashidan yuzaga keladi.
Bundan tashqari XKni yuqori chastotali transformatori ultratovush
tebranishlarni xam generatsiya qilishi mumkin. Bunday honalardagi
shovqin darajasi 80 dB ga etishi mumkin, bu esa me`yoriy
ko’rsatkichlardan ancha yuqoridir. Ma`lumki, shovqin asab tizimiga,
yurak-tomir a`zolariga, xamda xazm qilish organlariga salbiy ta`sir
ko’rsatadi. Hisoblash texnikasidan foydalanilganda kompyuter korpusi va
uning qismlari tayyorlangan plastik massa chiqaradigan zararli
maxsulotlardan ish zonasi ifloslanishi mumkin. Xususan, hisoblash
texnikasi ishlatilayotgan honada ulchangan mizdorlari hayriyatki kichik
bo’lgan. polixlorlangan bifinillar (PXB)mavjudligi qayd etilgan. Hozirgi
paytda ish joylari tekshirilganda fenol, formal degid va stirol mavjudligini
albatta tahlil qilinadi. Videoterminallar issiqlik ajratuvchi manba bo’lgani
uchun ish joylarda xaroratni oshishiga va havoning namligini
kamayishiga, buning oqibatida esa diskomfort yuzaga kelishi, ish
samaradorligini pasayishi, toliqishni zo’rayishi, terini qichishi va
yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, xavfsiz mexnat
sharoitini yaratish uchun ish joylarida ishlatadigan xususiy kompyuterlar,
boshqa uskunalar odatda 220 V va 50 Gs manbadan foydalaniladi,
Ishlatish jarayonida tok o’tkazuvchi qismlarning muhofaza qobiqlari,
simlari shikastlanishi mumkin, bu esa o’z navbatida foydalanuvchini tok
o’tkazuvchi qismlarga yoki kuchlanish ostida bo’lgan metalli bo’laklarga
471
tegib ketish xavfini yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |