Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


 Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

 

20.2. Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va 

xavfli faktorlar 

 

Kuchaygan  ko’rish  zo’riqishi. 

Ortiqcha  ekranga  qarash  uzoqni 

ko’ra  olmaslik  kasalligiga  yo’liqishiga,  ko’zni  charchashiga,  bosh 

og’rishiga, havotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress yuzaga 

kelishiga  olib  keladi.  VDT  foydalanuvchisi  ekranning  doimo  lipillab, 

shakllarni  noaniq  ko’rinishidan,  xamda  displey  yoritilganligi  bilan 

honaning  yoritilganligi  orasidagi  tafovutga  tez-tez  moslashishidan 

toliqadi.  Ma`lumotlarni  kiritish  paytida  boshlang’ich  xujjatning  sifatini 

yomonligi,  farqlovchi  ob`ektlarni  turli  xil  masofada  joylashganligi 

ko’rishga yomon ta`sir qiladi. Ko’ruv toliqishini yana ish yuzasi va uning 

atrofi bir tekisda yoritilmagani, klaviatura va ekranda yorug’lik oqimining 

aks etishi hisobiga yorig’ dog’lar paydo bo’lishini zo’raytiradi. 

Shunday  qilib,  shuni  qayd  etish  mumkinki,  displeyni  texnik 

xarakteristikalari:  ishlash  qobiliyati,  ravshanligi,  kontrastligi,  ekranni  tez-

tez  lipillashi,  va  tabiiyki,  agar  qurilmani  o’rnatayotganda  yoki 

tanlayotganda  bularga  e`tibor  qilinmasa  -  ko’rish  ishlariga  juda  yomon 

ta`sir qiladi. 

Kuchaygan  ko’rish  noqulayligi  va  keyingi  ko’rishni  buzulishi 

xarflarning  grafikasi  yomon,  shakllarning  ravshanligi  past,  ranglari 

noaniq,  ko’zga  sezilarli  lipillash  va  qaltirash  va  x.k  bo’lgan  eski 

videoterminallardan foydalanganda paydo bo’ladi. 

Hisoblash  texnikasi  operatorining  ko’rishiga  salbiy  ta`sir 

ko’rsatadigan  sabablar  majmuasidan,  birinchi  navbatda,  ekrandagi 

shakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog’liq kontrasti 

yetarlicha  bo’lmasligi,  monitorni  keragidan  ortiq  ravshanligi,  xamda 

displey  yuzasidan  qaytgan  nurni  aks  etishini  ajratish  joizdir.  Bundan 




 

 

459 



tashqari,  ko’rish  juda  yorug’  displey  ekranidan  kamroq  yoritilgan 

klaviaturaga,  xujjatlarga  nigoxni  tez-tez  o’tib  turishi  natijasida  qattiq 

aziyat  chekadi  va  boshqa  sabablar  bilan  birgalikda  ko’zning  toliqishi  - 

astenopiyasiga olib keladi. Shunday fikr mavjudki, "displey astenopiyasi" 

paydo bo’lishining yetakchi faktori- ekrandagi shakllarning o’ziga xosligi, 

xususan qog’ozdagi matnni shakllaridan farqlanishi tufayli yuzaga keladi. 

Elektron-nurli  trubkali  ekrandagi  shakl  qog’ozdagi  matnlar  shaklidan  bir 

qator alomatlar bilan farqanadi: shakl yarqirab turadi, lekin uzluksiz emas, 

chunki  u  diskret  nuqtalar-  piksellardan  iborat,  u  lipillaydi,  chunki  bu 

nuqtalar ma`lum chastotalarda yonadi va o’chadi. 

Ko’rish  toliqishining 

muxim 


faktorlaridan  biri-kompyuter 

joylashgan  hona  va  ish  joyining  yoritilganligidir.  VDT  bilan  ishlaganda 

yorug’lik  muhiti  xarakteristikalari  ko’pincha  umumiy  kamchiliklarga 

egadir:  ko’rish  chegarasida  ko’plab  to’g’ri  va  qaytar  yorqinliklar 

(ekrandan  va  klaviaturadan,  deraza  va  yoritgichlardan)  bo’lishi, 

ravshanlikning  bir  tekisda  taqsimlanmaganligi,  yoritilganlik  darajasining 

pastligi  va  x.k.  Ular  asosan  uskunalarni  honadagi  yorug’lik  manbaiga 

nisbatan  savodsizlarcha  joylashtirilganligi  va  ko’rish  organlarining 

operator  ish  joylaridagi  toliqtiruvchi  faktorlarga  nisbatan  elementar 

ximoyasi  yo’qligiga  bog’liqdir.  "Astenopiya"  terminiga  mutaxassislar 

ko’rish  simptomlarini  (ko’z  oldini  xiralashuvi,  predmetlarni  shakl 

ko’rinishini  noaniqligi,  ular  rangini  o’zgarishi  va  (boshqalar)  va  ko’z 

simptomlarini  (ko’z  charchaganini  xis  etish,  ulardagi  xaroratining 

oshganligi, noqulayligi, ko’zda og’riqlar paydo bo’lishi va boshqalar) aks 

etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida ko’rish analizatorining barcha 

bo’g’inlaridagi  funksiyalarning,  ya`ni  ko’zning  muskul  apparati 

(akkomodatsiyaga  va  konvergentsiyaga  javob  beruvchi)  zo’riqishi  bilan 

birgalikda  ko’z  to’r  pardasi  elementlarida  ko’rish  organining  optimal 

ishlashini  ta`minlovchi  (yorug’likni  sezuvchanlik,  rangni  ajratish  kabi) 

biokimyoviy reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi. 

Ob`ektiv  izlanishlar  ko’rishning  asosiy  funksiyalari  (rangni  ajrata 

bilishni o’zgarishi 19-25 %, ko’ra olish ko’rsatkichini o’zgarishi 12-33 % 

va  boshqalar)  yomonlashgani,  hamda  sezilarli  darajada  ishlash  qobiliyati 

va  diqqatining  pasayishini  tasdiqaydi.  Maxsus  apparatura  yordamida 

o’tkazilgan izlanishlar shuni 

ko’rsatdiki,  operatorlarda  aniq  ko’rish  turg’unligi,  ko’rish 

analizatorining  elektr  sezuvchanligi  va  labilligi  (xarakatchanligi),  ko’rish 

o’tkirligi  va  moslashuvi  pasayadi,  shuningdek  ko’z  muskullarining 

muvozanati bo’ziladi. Bu esa VDT bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqinni 



 

 

460 



ko’rishi  yomonlashuvidan  aziyat  chekib,  ko’zoynakdan  foydalanishiga 

olib keladi. 

Mamlakatimizning  ba`zi  bir  regionlarida  o’rta  maktabni 

tugatayotganlar  ichida  uzoqni  ko’ra  olmaydiganlari  30  %  (ba`zi  sinflarda 

40-50  %)  ga  yaqinlashib  qoldi.  Agar  o’z  vaqtida  kerakli  chora-tadbirlar 

ko’rilmasa,  yomonligi  profilaktikani  tufayli  kompyuter  texnikasini 

samarali  joriy  qilish  mavjud  epidemiologik  sharoitida  uzoqni  ko’ra 

olmaslikni yanada kuchaytiradi. 

1993- 1994 yillarda Yaponiyada olib borilgan tibbiy izlanishlar 10-

14 yoshdagi bolalarning 20 % yaqini ko’zoynak taqsa, 15-19 yoshga borib 

ularni  soni  40  %  yetar  ekan.Hisoblash  texnikasi  bilan  ishlovchilarda 

konyuktivit  va  blefarit  bilan  og’riganlar  soni,  bular  bilan 

ishlamaydiganlardan  ikki  barobar  ortiq  uchraydi.  Yana  shu  vaziyat 

ogoxlantiradiki,  kompyuterlarning  elektromagnit  nurlanishi  kataraktaga 

olib  kelishi  mumkin.  Xususan  ko’z  gavxarini  ichi  xiralashuvchi  oddiy 

kataraktadan  farqli  o’laroq,  kompyuter  nurlanishidanm  paydo 

bo’ladiganida  ko’z  gavxarini  qobig’i  xiralashadi.  Ba`zida  bu  kasallik 

displeyda xatto bir yil ishlagandan keyin xam paydo bo’lishi mumkin. 

Xususiy kompyuterda ko’rish ishlarining yana bir muxim xususiyati 

shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri ko’zning nurini 

yutish  spektriga  mos  tushmasligidir.  Olimlarning  ko’pgina  izlanishlari 

nafaqat  ultrabinafsha  nurlanish,  balki  havorang-binafsha  yorug’likning 

ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muhitini xiralashuviga olib kelishini 

ta`kidladi.  Bu  vaqt-soatida  ko’z  to’rpardasining  turli  shakllarni  aniqligini 

yomonlashtiradi. 

Ko’rish jarayonida nafaqat ko’zlar, balki miya xam ishtirok etishini 

nazardan  qochirmaslik  kerak.  Ko’rishning  tashqi  juft  organi  (ko’zlar)  - 

uncha  mukammal  optik  asbob  bo’lmay,  ko’z  to’rpardasiga  predmetlar 

shaklini  bo’zib  ko’rsatilgan,  noaniq,  ustiga-ustak  ag’darib  "uzatadi". 

Shundan  so’ng  ko’z  to’rpardasidan  tushirilgan  shakl  bizning  miyamizda 

qiyin "matematik" qayta ishlanadi. Shakl 180 gradusga ag’dariladi, undagi 

geometrik  noaniqliklar  tekislanadi.  Albatta,  ko’z  to’rpardasida 

boshlang’ich  shakl  qanchalik  aniq  bo’lsa,  uni  qayta  ishlash  miyaga 

shunchalik oson bo’ladi. Miyaga ortiqcha yuklanganlik 0,3 mm dan  ortiq 

doni (pikseli) bo’lgan sifatsiz monitorlar bilan ishlaganda kuzatiladi. 

Shunday qilib, ko’rish yomonlashuvini oldini olishning eng samarali 

chorasidan  biri  havorang-binafsha  yorug’likning  ortiqchaligidan,  ko’z 

to’rpardasida  shakllarning        aniqligini        oshirish        bilan        birgalikda 

ximoyalashdir. 



 

 

461 



Bioenergetiklarning  fikricha,  XKda  ishlaganda  agar  ko’rish 

organlariga  ortiqcha  og’irlik  tushsa,  og’irlikdan  ximoyalanish,  bu 

organning  korrektsiyasi  va  davolanishi  boshqa  organlarning  energiyasi 

hisobiga  amalga  oshadi,  u  esa  yurakda,  buyrakda,  bosh  miyada,  asab 

tizimida,  ichak-me`da  traktida  og’irlikning  oshishiga  olib  keladi.  Inson 

organizmidagi bioenergetik jarayonlarni bunday bog’lanishi kompyuterda 

qanchalik  uzoq  vaqt  ishlansa,  ortiqcha  asabning  taranglashuvini  va  bosh 

ogriqlari sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi. 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish