Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

451 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

XX

 

bob

. VIDEOTERMINALLARDAGI XAVFSIZLIK 

MUAMMOLARI 

 

Yigirmanchi  asr  inson  faoliyatining  ulkan  yutuqlari  bilan 

nishonlandi,  atomning  bo’linishi  va  atom  energiyasidan  foydalanish, 

insonning kosmosga chiqishiyu, turli sayyoralarni chuqur o’rganish, yurak 

va miyada noyob operatsiyalar qilish. Lekin XX asrning ikkinchi yarmini 

xaqli  ravishda  kompyuter  asri  deb  atash  joizdir,  chunki  behisob 

imkoniyatga  ega  kompyuter  texnikasisiz  ulkan  yutuEqlarni  qulga 

kiritishni,  umuman  kompyuter  ishtirokisiz  xech  qanday  soxani  tasavvur 

qilib bo’lmaydi. Lekin ular ba’zi bir insonlar uchun xatto yashash joyigina 

bo’lib  qolmay,  balki  kompyuter  ekrani  oldida  o’z  o’limini  topayotgan 

aloxida virtual dunyoga aylandi.  

Kompyuter avvalboshdan xuddi shu maqsad uchun, ya’ni insonlarni 

va  texnikani  yo’qotish  uchun  yaratildi.  Birinchi  elektron  hisoblash 

mashinasi  (EXM)  Pensilvaniya  universitetida  ikkinchi  jaxon  urushi 

tugashi bilanok; AQSH xarbiy maxkamasi mablag’iga yaratilib, artilleriya 

snaryadlarining  uchish  traektoriyasini  hisoblashga  mo’ljallangan  edi.  Bu 

baxaybat mashinaning og’irligi 50 tonnaga yaqin bo’lib, bir paytni o’zida 

20 ta sonni eslab qolar edi. O’sha davr uchun bu mashina, yaratilishiga bir 

yarim  yil  va  480 ming  dollar  sarf  bo’lganiga  qaramay,  texnika  mo’jizasi 

edi. Bu mashina 12 soat talab qiladigan masalalarni 30 sekundda "chaqib" 




 

 

452 



tashlar edi. 

Lekin  hisoblash  texnikasini  takomillashtirish  ildam  qadamlar  bilan 

borardi  va  1975  yil  birinchi  xususiy  kompyuter  paydo  bo’ldi.  Xozirgi 

paytda  o’zining  ixchamligi,  ulkan  imkoniyatlari  va  xotirasi,  fenominal 

hisoblash  tezligi  bilan  inson  faoliyatining  turli  soxalarida  ishonchli 

yordamchiga  ailandi.  Xatto  yaqin  orada  o’zining  yaratuvchisi  bo’lgan 

insondan  16  milliard  neyronlarning  o’zaro  aloqasiga  asoslangan 

miyasining fikrlashi borasida o’zib ketishi mumkin. 

Shuni  qayd  qilish  lozimki,  ishlab  chiqarishda  ilk  bora  EXM 

afzalliklarini  turli  yo’nalishda  ishlovchi  operatorlar  (energotizim, 

aerodispetcherlar,  marten  pechlari  operatorlari,  uchuvchilar)  xis  etdilar. 

Ular  videoterminallar  (VDT)  -  axborotlarni  aks  ettiruvchi  monitor 

ekranlari  yordamida  ko’zatilayotgan  obekt  xolati  yoki  texnologiya  va 

boshqa  jarayonlarning  o’tishi  xaqida,  nazoratdagi  va  boshqaruvdagi 

parametrlarning  dinamikasini  ko’rish  kabi  to’laqonli  tasavvurga  ega 

bo’ldilar.  Ijod  bilan  mashg’ul  shaxslar  uchun  turli  ilmiy,  texnikaviy, 

evristik masalalarini qo’yish va xal qilish, turli intellektual va kompyuter 

o’yinlarini  yaratish  imkonini  berdi,  bu  o’yinlar  nafaqat  bolalarni,  xatto 

kattalarni  xam  jalb  qilib,  o’zining  ishlab  chiqarish  funktsiyalariga  xam 

zarar  keltira  boshladi,  taxminan  30  %  mashina  vaqti  muassasalarda  turli 

xil kompyuter o’yinlariga sarf bo’la boshladi. Shuning uchun AQSH 1994 

yil  davlat  ishlarida  jalb  bo’lgan  xodimlarga  ish  paytida  o’yinlar  bilan 

mashg’ul bo’lishni taqiqlovchi qaror qabul qildi. 

 Kompyuterlar  operator,  iqtisodchi,  redaktor,  boshqarma  xodimi, 

deputat va xatto prezidentlarning ishlarida sodiq yordamchiga aylandi (67-

yoshli  Djordj  Bush  1991  yili  "O’qish  xech  qachon kech  emas"  deb,  o’zi 

uchun  yangi  ish  bo’lgan  Oq  uyning  Oval  honasiga  o’rnatilgan  xususiy 

kompyuter  klaviaturasiga  o’tirdi),  (Kompyuterlar  kundalik  xayotga 

shaxdam  kirib  keldi,  millionlab  insonlarning  ishida,  uyidagi  turmush 

tarzini  butkul  o’zgartirib  yubordi,  bu  o’z  yo’lida  kompyuterlarni  inson 

xayotiga  turlicha  ta`siri  bir  qator  betobliklarning  sababchisi  bo’lib,  xozir 

xam tibbiyot hodimlarni, sotsiolog va boshqa mutaxassislarning e`tiborini 

jalb  qilib  kelayapti,  ya`ni  keng  ma`noda  ijtimoiy  muammoga  aylanib, 

hisoblash  texnikasi  foydalanuvchisining  sog’ligiga  ta`sir  etmoqda.  Bu 

ta`sir  ancha  oldin  kundalik  hayotda  mustahkam  o’rin  olgan  davlatlarda 

paydo  bo’ldi.  Chet  el  ko’rsatkichlarga  ko’ra  1998  yili  AQSH  da  100 

kishiga  57  ta  (  1995Y.-  48)  kompyuter  to’g’ri  kelgan  bo’lsa, 

Shveytsariyada - 48 (43), Shvetsiyada - 43 (34), Finlyandiyada - 31 (24), 

Fransiyada  -  24  (18)q,  Italiyada  -  14  (11),  Ispaniyada  -  12  (11)  bo’lib, 



 

 

453 



O’zbekistan  Respublikasida  xozirgi  paytda  xususiy  elektron-hisoblash 

mashinalar  xar  turli  hisoblar  asosida  50-60  ming  donani  tashkil  etadi. 

Shunga  qaramay,  kompyuterlar  bizning  turmush  tarzimizga  xam  ildam 

kirib  keldi.  Kompyuter  davrining  "suvosti  toshlari"  xaqida  dasturchi-

muxandis  E.  Golomolzin"  Sankt-Peterburgski  vedomosti"  jurnalida 

qiziqarli fikrlarni bayon etdi. Uning fikricha, umumiy kompyuterlashtirish 

o’z  ichiga  bir  necha  kamchiliklarni  oladi,  ulardan  birinchisi,  qanchalik 

xayratli bo’lmasin, axborotni kirishning shyinlashuvidir.  

Agar  ilgari  biror  axborotni  olish  uchun  kitobni  olib,  kerakli  betini 

o’qish  kifoya  bo’lsa,  xozir  kerakli  axborotni  magnit  yozuvidan  tushuna 

oluvchi  tovushga,  matnga,  shaklga  keltira  oladigan  tarjimon-kompyuter 

darkor  bo’lib,  tarjimon  yo’qligi  axborotga  ega  bo’lishdan  maxrum  etadi. 

Yana bir xavf bu texnikaning tashqi ta`sirlarga (elektr toki, kuchlanishning 

o’zgarishiga)  beriluvchanligi  bo’lib,  kuchli  tabiiy  yoki  sun`iy 

elektromagnit  maydoni  ta`sirida  axborotlarni  butkul  o’chib  ketishidir 

Ta`sirchan,  asabi  bo’sh  insonlarda  kompyuter  bilan  muloqot  xuddi 

narkotik  singari  bog’lab  qo’yadi.  Ko’pgina  o’rta  yosh  ayollar,  kundalik 

hayot  qiyinchiliklaridan  chalg’ish  maqsadida  navbatdagi  lotin  amerika 

seriallarini  berishini  kutishi,  televidenieni  dasturlariga  bog’langanliklari 

bilan,  ular  passiv  ko’zatuvchi  bo’lib,  aktivligini  oshirish  televidenieni 

boshqa dasturiga yoki kanaliga o’tishi bilan kifoyalanadi. 

Kompyuter bilan muloqot esa butkul o’zgacha bo’lib, foydalanuvchi 

ekrandagi  xayotga  bevosita  kira  oladi,  uni  boshqaradi,  jarayonni 

o’zgartiradi, qaror qabul qilishga aralashadi, ya`ni shu reallikda yashaydi, 

Virtual  Xayot  imkoniyatlari  realdagidan  ancha  keng  bo’lganligi  (kosmik 

sayoxatlar qilishi, katta tezlikda avtomobilda yurishi, shu bilan birga xech 

qanday  jaroxat  olmaslik  kafolati)  o’z  domiga  maksimal  darajada  tortadi, 

unga qayta-qayta murojaat etishga undaydi. 

Aralashib  ketolmaydigan  insonlar  uchun  kompyuter  tarmog’i 

muloqot  extiyojini  qondiruvchi  deyarli  yagona  imkoniyatga  aylandi. 

Elektron  "narkotik”ka  bog’lanib  qolishdan  boshqa  yana  bir  noxushlik 

mavjuddir.  Ko’pgia  izlanishlar  shuni  ko’rsatdiki,  kompyuter  o’yinlarini 

an`anaviy  o’yinlardan  ustun  qo’ygan  bolalar  tasavvur  qilish,  fikrlash, 

qiziquvchanlik  kabi  sifatlarning  rivojida  orqada  qolib,  o’rniga  faqat  tez 

ta`sirchanliknigina olayapti. 

Kompyuter texnikasining o’ziga xosligiga yana bir muloxaza. Agar 

avvalgi  texnika  yangiliklari:  telefon,  avtomobil,  samolyot  insonga  faqat 

mexanik qo’shimcha  bo’lgan bo’lsa, kompyuter esa insonni mashinadan 

ustun  quyuvchi  ongiga  ta`sir  ko’rsatmoqda  Shu  sababli  taniqli  amerika 



 

 

454 



fantast  yozuvchisi  Ayzek  Azimov  robototexnika  qonunining  ma`nosini 

shu uch jumlada "Insonga zarar keltirma" deb ifodalaydi. 

Kompyuterlarni  xayotimizga  kirishining  ijtimoiy  va  boshqa 

aspektlarida  yana  to’xtamasdan,  "qora  qutidan"  bilmay  foydalanish, 

afsuski  ko’plab  xavf-xatarlarni  o’z  ichiga  qamrab  olganligini  qayd  etish 

joizdir. 

Xar  qanday  xodisa:  tabiiy  yoki  texnogen,  ijtimoiy  yoki  sun`iy  – 

o’zida  avval  boshdan  ijobiy  va  salbiy  asosga  ega  bo’ladi.  Inson 

faoliyatining  turli  soxalariga  kirib  kelgan  kompyuterlashtirish  xaqiqiy 

ilmiy-texnik  revolyutsiya  bo’lib,  ijobiy  taraflari  bilan  bir  qatorda  xar 

qanday  ilmiy-texnik  progress  kabi  inson  sog’ligiga  va  yashash  muhitiga 

xam  salbiy  ta`sir  ko’rsatadi.  Videoterminallar  bilan  ishlaganda  bu  ta`sir 

ko’rishni  yomonlashuvida,  tayanch-xarakat  tizimini  kasallanishida, 

xomiladorlik  jarayonining  yomon  kechuvida,  teri  kasalliklarida,  allergik 

reaktsiyalarda, asab kasalliklarida namoyon bo’ladi.  

Hisoblash  texnikasidan  ishlab  chiqarishda  va  boshqa  faoliyat 

soxalaridagi  foydalanish  afzalliklarini  bir  chekkaga  surib,  bu  kitobda 

kompyuterdan 

keng 

foydalangandagi 



negativ 

oqibatlar 

aloxida 

foydalanuvchi  va  personalning  ishlash  qobiliyatiga  va  salomatligiga 

ta`siri, xamda ularni profilaktikasi va ximoyasi uchun zarur chora-tadbirlar 

taklif etiladi. 

Shu 

maqsadda 



Videoterminallar 

bilan 


ishlaganda 

nafaqat 


kompyuterning,  balki  ishlab  chiqarish  muhitining  o’ziga  xos  zararli  va 

xavfli  faktorlarining  o’zgacha  xususiyatlari  taxlil  qilinadi.  Bu 

faktorlarning ta`sirini chegaralovchi me`yoriy talablarga, ish joyini tashkil 

etishga,  mexnat  va  dam  olish  tartibini  yaxshilashga,  asbob-uskunalar 

parametrlarining ergonomik talablariga, o’lchov usullariga, atrof-muhit va 

monitorlarning  parametrlarini  baxolashga  va  x.k.ga  asosiy  e`tiborni 

qaratamiz. 

Bu va boshqa savollar bayonini chet el nashrlarining ma`lumotlarini 

umumlashtirib,  xususiy  kompyuterda  (XK)  ishlash  xususiyatlarini  ko’rib 

chiqishdan boshlaymiz. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish