Butun dunyo sog'liqni saqlash jamiyatining ma'lumoti bo'yicha dunyoda 1909 -yildan 1974- yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 marta ko'paygan,
407
jarohatlanadi, 500 ming kishi halok bo'ladi, shundan 50-60 ming kishi
yo’l-transport hodisasida, 10 mingi - yong'inda, va 14 mingi bevosita
ishlab chiqarishda sodir bo'ladi.
MDH da har yili 30 mingga yaqin kishi mehnat nogironi bo'ladi. Respublika Makroiqsodiyot vazirligining ma’lumotlariga ko'ra, 1989-
yildan boshlab jarohatlanish darajasi turli mamlakatlar bo'yicha foizga
oshgan, ularning ayrimlarida esa bu ko'rsatkich 11-19% va undan ham
yuqori bolmoqda. Bir yilda har 1000 ta kishiga to'g'ri kelgan o'lim bilan
tugagan baxtsiz hodisalar quyidagi 28-jadvalda keltirilgan. Tajriba shuni
ko'rsatadiki, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish
aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o'zida tan olinadiki, xavf
(tavakkal) darajasini boshqarsa bo’ladi, ya'ni kamaytirsa bo’ladi. Bu
tasdiqlanish ma'qul bo'lgan tavakkal konsepsiyasiga olib keladi
va bu mutlaq xavfsizlikka erishib bo'lmasligini tushunishga
asoslanadi.
Bir yilda bar 1000 ta kishiga to'g'ri kelgan o'limlar sonining
taqqoslash ma'lumot ko'rsatkichlari Sharqiy Yevropa Davlatlar MDH
G'arbiy Yevropa
28-jadval
Davlatlar
MDH
G’arbiy
Yevropa
Sharqiy
Yevrop
a
Jami
Baxtsiz
hodisadan
%
11
1.5
13.6
8
0.5
6.25
2
0.8
6.6
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo'lib, ma'luni ehtimollikda
xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.
Xavfsizlik - bu insonlar oldiga qo'yilgan maqsaddir. HFX esa
maqsadga erishishning - vosita, yo'l va usullaridir.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” ilmiy fan bo’lib, xavflar va ulardan
himoyalanishni
o'rganadi.
Uni
o'rgamshning
predmeti
faoliyat
(mehnat)ning bir tomonidir, aynan, xavflar va ulardan himoyalanish-
maqsadning ikkinchi tarafidir.
«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ning maqsadi- ishlab
chiqarishda va favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta'minlash va yaxshi ish
sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy iva amaliy jihatidan
tayyorlash hamda ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va
o'rgatishdan iboratdir.
408
Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining
asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani
yechadi:
- xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va
kelib chiqish nuqtalarini ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish;
- foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish;
-mumkin
bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar
konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) bartaraf qilish. kishilik jamiyatini
rivqjlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga
e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog’lig’ini saqlash masalalari
ham ko’rilgan.
Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel
(bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa
olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan. Tiklanish
davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’
ishlari bilan bog’liq bo'lgan xavflarni o'rganadi. Nemis vrachi va
metallurgi Agrikola (1494-1555) o'zining “Tog’ ishlari” asarida mehnat
muhofazasi masalalarini bayon qilgan. Italyan vrachi Ramassini (1633-
1714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar kasalliklari" kitobini
yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog’ ishida mehnat
xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev
V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga
bag’ishlangandir.
«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o’zining
nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o’zida
quyidagi: muhandislik psixologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat
muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga
suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik
bazasining tizimli tahlildir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar
insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir.
Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab
qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi.
Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va
talofatlardan ulkan zarar ko’rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni
tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni
barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi
409
faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: