Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Zilzilalar haqida statistika ma'lumotlari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

 

Zilzilalar haqida statistika ma'lumotlari 

26-jadval

 

Kuchi 


 

Yiliga 


zilzilalar 

soni 


 

Ta'sir 


qilish 

radiusi, 

km 

 

Bo'lishi mumkin 



bo'lgan natijalar 

 

Rixte



bo'yi


cha 

 

12ball



shkal


bo'yic


ha 

 

 



 

 

 



 

 



gach

 



IV-V 

 

8000 



 

0-15 


 

Vayronaliklar 

kuzatilmaydi 

 



 

 

330 



4-6 

 

VI-



VII 

 

900 



 

5-30 


 

Binolarda yoriqlar 

paydo bo'ladi, 

halokatga uchraganlar 

yo'q 

 

6,1-7 



 

III-IX 


 

140 


 

20-80 


 

Binolar qisman vayron 

bo'lgan, halokatga 

uchraganlar bor 

 

7,1-


8,0 

 

X-XI 



 

15 


 

50-120 


 

Binolar ommaviy 

vayron bo'lgan, qurbon 

bo'lganlar ko'pchilikni 

tashkil qiladi 

 

8,0 



 

XI-


XII 

 



 

80-160 


 

Shaharlar butunlay 

vayron bo'lgan. 

Halokatga uchrash 

ommaviy, milliy ofat 

 

Hozirgi    vaqtda     xalq     xo'jaligida    ishlatiladigan     kimyoviy  



moddalarning  ko'pchiligi  zaharli  moddalar  hisoblanadi.  Sanoatdar 

ishlatilib  kelinayotgan,  shuningdek,  qishloq  xo'jaligi  va  uy-ro'zg'or 

ishlarida  foydalaniladigan    millionlab  kimyoviy  birikmalarda    500  dan 

ortig'i zaharlilik darajasi yuqori hisoblanadi. 

Kimyoviy xavf manbalariga quyidagilar kiritiladi:      

—  kimyo  sanoatining  korxonalari  vaneftni  qayta  ishlash  sanoati 

korxonalari; 

— oziq-ovqat, go'sht-sut sanoati korxonalari, sovitish kombinatlari, 

oziq-ovqatlarni saqlash uchun ammiak yordamida sovitish vositalariga ega 

bo'lgan korxonalar; 

—  suv  tozalash  va  boshqa  tozalash  maqsadida  xlordan 

foydalaniladigan tozalash korxonalari; 

— zaharli moddalar ortilgan vagonlami ma'lum muddatgacha saqlab 

turish joylarga ega bo'lgan temir yo'l bekatlari; 

—  zaharli  moddalarni  tushirish  yoki  boshqa  transport  vositasiga 

ortish moslamalari bo'lgan temir yo'l bekatlari; 

—  zaharli  moddalar,  zaharli  kimyoviy  birikmalar,  kimyoviy 

dizinfeksiya  va  boshqa  maqsadlarda  foydalaniladigan  zaharli  moddalarni 

tarqatish va saqlash omborlari. 

Kimyoviy  moddalarning  tashqi  muhitga  tarqalish  yo'llari  asosan 

transport  vositalarining  avariyalari,  sanoatda  bo'lishi  mumkin  bo'lgan 

avariyalar,  tabiiy  ofatlar  natijasida  bo'lishi  mumkin.  Sanotda  bo'ladigan 

avariyalarning  aksariyati  transportirovka  va  saqlash  qoidalarining 

buzilishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli moddani 

ishlatayotgan agregatning ishdan chiqishi, zich yopilganligining buzilishi, 

truboprovodlarni  ishdan  chiqishi,  tashish  vositalarining  va  saqlash 




 

 

331 



idishlarining  zich  yopilganligining  buzilishi  va  shuningdek,  saqlash 

miqdorining me'yoridan oshib ketishi bo'lishi mumkin. 

Bir  kecha-kunduz  davomida  dunyoda  kamida  20  ta  kimyoviy 

avariyalar  qayd  qilinadi.  O'zbekiston  hududida  bo'lgan  avariyalar  e'lon 

qilinmaganligini  hisobga  olib  dunyoning  boshqa  davlatlarida  bo'lgan 

kimyoviy avariyalar haqida misol keltiramiz. 

—  1961-yil  22-iyulda  Rossiyaning  Dzerjinsk  shaharida  xlor 

o'tkazgichning  yorilib  ketishi  natijasida  u  yerdagi  kimyo  zavodi  hududi 

zararlandi va 44 kishi har xil darajada zaharlandi; 

— 1983-yil 15-noyabrda Kemerova shaharidagi kimyo zavodida 60 

tonnali sisternadagi xlor to'kilishi, xlor buluti butun korxonani egalladi (5 

ming  m


2

)  va  bundan  26  kishi  halok  bo'ldi  birmuncha  kishilar  har  xil 

darajadagi zaharlanishga duchor bo'ldilar; 

—  1985-yili  Hindistonning  Bxopal  «Yunion  karbit»  korxonasida 

bo'lgan  portlash  natijasida  45  tonna  metilizotsianitning  atrofga  tarqalishi 

3000  kishi  hayotiga  zomin  bo'ldi  va  300  ming  dan  ortiq  kishi  kuchli 

zaharlanish  oldi.  Adabiyotlarda  ta'kidlanishicha  dunyoning  turli 

burchaklarida  shunga  o'xshash  kombinatlar  1000  dan  ortiq  ekanligi 

eslatiladi. G'arbiy Yevropada bunday korxonalar yuzlab sanaladi, masalan, 

Dyusseldorfda (FRG) minglab bochka sianid natriy saqlanmoqda (odamni 

o’lishi uchun 15 mg kifoya). 

Shunday  qilib,  kimyoviy  moddalar  qaysi  maqsadlarda  bunyod 

etilgan  obyektlar  bo'lishidan  qati  nazar  avariya  va  favqulodda  hodisa 

natijasida  to'kilsa  yoki  atrof-muhitga  tarqab  ketish  xavfi  vujudga  kelsa, 

unda  o'sha  yerda  kimyoviy  zararli  moddalar  o'chog'i  paydo  bo'ladi.  Agar 

bu  sanoat  korxonasi  bo'lsa,  unda  korxonaning  butun  hududi  va  shuning 

bilan  birga  unga  yondash  bo'lgan  hududlar  kimyoviy  moddalar  ta'siri 

ostida  bo'lgan  hududlarga  aylanadi  va  agar  bu  yerda  saqlanayotgan  yoki 

ishlab  chiqarilayotgan  zaharli  moddaning  zaharlilik  darajasi  juda  yuqori 

bo'lsa,  bu  hududda  odamlarni  ko'plab  halokatga  olib  kelishi  mumkin 

bo'lgan  xavfli  zona  paydo  boladi.  Shundan  kelib  chiqib  kimyoviy 

obyektlar xavflilik bo'yicha 4 ta darajaga bo'linadi: 

— agar zararlangan hududga 75000 dan ko'proq odam tushib qolishi 

mumkin bo'lsa — bu I daraja; 

— agar kimyoviy zararlangan hududga 40000—75000 gacha odam 

tushib qolish xavfi bo'lsa—bu II daraja; 

— 40000 dan kam odam tushishi mumkin bo'lsa—bu III daraja; 

— agar zararlangan zona korxona hududidan chetga chiqmasa— bu 

IV zona. 

 



 

 

332 



Kimyoviy 

moddalarning 

avariya 

natijasida 

ta'sir 

doirasini 

belgilashda, shuningdek, uning zaharlilik darajasini belgilash ham muhim. 

Zaharlilik darajasi bo'yicha 4 darajaga bo'linishini aytib o'tamiz. Biz buni 

atrof-muhitni bulg'ovchi omillar bo'limida ko'rib o'tgan edik. 

Kimyoviy  zararlangan  hududlarda  zaharli  moddalar  holati  har  xil 

ko’rinishda:  suyuq  tomchi,  bug'simon,  aerozol  va  gaz  holatidagi 

ko'rinishlarda  bo'lishi  mumkin.  Kimyoviy  moddalar  atmosferaga  chiqib 

ketgandan  keyin  o'zining  kimyoviy  va  fizik  xususiyatlariga  binoan 

atmosfera havosida zararlangan bulutlar hosil qiladi. Bu bulutlar tarkibida 

zaharli  modda  miqdori  ko'p  bolsa,  unda  u  bulutsimon  zararli  modda  yer 

yuzasi  bo'ylab  tarqala  boshlaydi  va  asosan  yer  yuzasining  pastlik  va 

jarliklarida  to'planadi  va  uzoq  vaqtgacha  o'z  xavflilik  holatini  saqlab 

turadi.  Agar  zaharli  modda  konsentratsiyasi  (zichligi)  kam  bo'lsa,  u  havo 

bilan  qo'shilib  atmosferaning  yuqori  qatlamlariga  ko'tarilib,  atmosfera 

tarkibiga singib ketadi. 

 Zaharli  moddalarning  boshqa  natijalari  haqidagi  fikr  va 

mulohazalar oldingi boblarda berilgan tartiblarda (kislota yomg'irlari yoki 

kimyoviy  moddalarning  reaksiyaga  kirishishi  natijasida      atmosfera   

havosi    tarkibida      kutilmagan      moddalarning  paydo  bo'lib  qolishi  va 

hokazolar) bo'lishini aytib o'tamiz. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish