XVI.7. Kimyoviy xavf manbalari
Kimyoviy xavf manbalari sifatida xalq xo'jaligida yoki sanoat
texnologiyalarining ehtiyoji uchun har xil zaharli moddalardan
foydalaniladigan yoki xuddi shunday moddalarni ishlab chiqariladigan
yoki shunday moddalarni ma'lum maqsadlarda saqlaydigan yoki ularni bir
joydan ikkinchi joyga transport vositalari yordamida ko'chiriladigan
vositalar qaraladi. Chunki bunday hollarda bu zaharli moddalarning har xil
favqulodda holatlar natijasida to'kilishi yoki portlash natijasida atrofga
tarqalib ketishi yoinki tabiiy ofatlar natijasida ularni saqlayotgan
idishlarining zich yopilganligi buzilish va boshqa juda ko'p sabablarga
ko'ra atrofga tarqab ketishi o'sha joyda ishlayotganlar va yashayotganlar
hayotiga xavf tug'dirishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |