Chaqmoqlar
— atmosferada bo'ladigan ulkan yoysimon elektr
razryadlarining yo'qolish hodisasi bo'lib bo'lib, odatda, yorqin chaqnash
nuri sifatida ko'rinadi va momaqaldiroq bilan yakunlanadi. Chaqmoqlar
odatda, quyuq bulutlar qatlamida ba'zida esa yomg'irli qatlamli bulutlarda,
shuningdek, vulqonlar otilganda, aylanma (tornado) va quturgan to'zonli
bo'ronlar vaqtida paydo bo'ladi. Odatda, ko'proq chiziqli Chaqmoqlar
kuzatiladi va ularning uzunligi ba'zan bir necha yuz metrdan oshib ketadi.
Chaqmoqlar bulutlar ichida bo'lsa, uni bulut ichidagi va yerga urilishi
mumkin, buni yerdagi chaqmoqlar deb yuritiladi.
Chaqmoqlar paydo bo'lishi bir necha bosqichdan iborat bo'ladi.
Chaqmoq hosil qiluvchi bulut yerga yaqinlashganda uning chetlarida
kuchlanish kuchaya boshlaydi va uning ta'sirida yerdagi jihozlar va
uskunalarda unga javoban qarama-qarshi zaryadga ega bo'lgan strimer,
ya'ni elektr zaryadlari zanjiri paydo bo'ladi. Chaqmoqning bu
xususiyatidan yashin qaytargichlarni o'rnatishda foydalaniladi.
Chaqmoqlar bir necha ming amper tok kuchiga, 108 m/sek tezlikka
va 25000 °C haroratga hamda bu sekundning yuzdan biricha vaqt
davomida o'tishi bilan tavsiflanadi.
Tabiatda sharsimon chaqmoqlar ham kuzatiladi, ammo uning
xususiyatlari va kelib chiqish mazmuni o'rganilgan emas. Bu chiziqli
chaqmoq chaqqandan keyin paydo bo'ladigan shar shaklidagi yorug'lik
tarqatuvchi sferoiddan tashkil topgan bo'lib, juda katta solishtirma
energiyaga ega bo'ladi. Paydo bo'lish davri bir necha sekunddan bir
minutgacha, yo'qolishi kuchli portlash bilan o'tadi va buning natijasida
birmuncha vayronaliklar kuzatilishi mumkin.
Chiziqli va sharsimon chaqmoqlar o'zining kuchiga qarab katta
miqdorda zarar keltirishi va odamlarning o'limiga sababchi bo'lishi
mumkin. Bunda uning issiqlik ta'siri va elektrodinamik ta'siri binolarni
buzilishiga va yonib ketishiga olib kelishi bilan birga uning elektromagnit
va yorug'lik nurlari ta'siri ham kuzatiladi.
Chaqmoqning
yerdagi
obyektlarga
urilishi
katta
vayronagarchiliklarga sababchi bo'lishi mumkin. Agar yerdagi chaqmoq
tushgan obyektda tok o'tkazuvchi qismlar yo'q bo'lsa, unda elektr ta'sirida
ingichka kanallar hosil bo'ladi va ulardan chaqmoq hosil qiluvchi tok o'zga
yerga o'tish yo'lini izlaydi. Nihoyatda, katta harorat paydo bo'lganligidan
bu materialning ma'lum qismi bug'lanib ketadi va bu portlash kelib
chiqishiga sababchi bo'ladi. Bu obyektning parchalanishiga va uning
yonuvchi qismlarining yonib ketishiga sababchi bo'ladi. Bunda,
311
shuningdek, ayrim materiallarda potensiallarning zaryadlari qarama-qarshi
bo'lganligi sababli uning ichida bo'lgan yonuvchi jihozlarning yonib
ketishi natijasida yong'inlar chiqishi va u yeragi odamlar elektr toki
ta'siriga tushib qolishlari mumkin.
Ko'pincha chaqmoqlar atrofdagi qurilishlardan balandroq qurilgan
obyektga, masalan, tok o'tkazmaydigan materialdan tiklangan tutun
chiqarish vositalariga yong'inga qarshi qurilgan depo bashnyasiga yoki
atrofida qurilishlar bo'lmasdan ochiq joylarda ayrim turgan binolarga
tushishi mumkin. Juda baland obyektlar, masalan, televizor bashnyalariga
chaqmoq uning uchiga emas, balki birmuncha pastki nuqtasiga tushadi,
buni bu obyektlar o'z atrofiga to'plagan zaiyadlar ta'siri sifatida ko'rsatish
mumkin.
Chaqmoqning yog'och asoslarga o'rnatilgan aloqa vositalariga
tushishi juda xavfli hisoblanadi. Katta ampletudaga ega bo'lgan elektr
zaryadlari aloqa simlariga o'tishi ularning o'tkazgich simlar orqali tez
tarqalishiga olib keladi va bu simlarga ulangan radio karnaylari, aloqa
vositalari va apparaturalarning buzilishi hamda ular orqali yerga o'tishi
natijasida kutilmagan yerdan yong'in chiqishi va kutilmaganda aloqa
vositalaridan foydalanayotgan odamlarni elektr ta'siriga tushib qolishiga
sababchi bo'ladi. Chaqmoqning katta quwatdagi elektr o'tkazish
liniyalariga tushishi elektr zaryadlarining yerga urib ketishiga, shuningdek
elektr o'tkazgichlar o'rdasida bir-biriga nisbatan yoysimon to'qinish paydo
bo'lishi simlardagi tokning avtomatik o'chirib qo'yilishiga olib keladi, ba'zi
hollarda elektr simlarining kuchli kuchlanishni ko'tara olmasdan erib
uzilib ketish hollari ham bo'lishi mumkin. Kuchaygan kuchlanishdagi
elektr toki stansiya va podstansiyalarga yetib kelib mashina va
apparatlarda izolatsiyalarni yemirishi natijasida ularni odam uchun xavfli
omilga aylantirishi mumkin.
Do'1
— tabiatda yog'adigan yog'inlardan biri hisoblanadi va tabiiy
ofatlarning eng xavflilari qatorida turadi. O'zbekiston Respublikasi
hududida va shuningdek, boshqa O'rta Osiyoda joylashgan boshqa
davlatlar hududida ham do'l asosan bahor oylarining oxiri va yoz
oylarining boshlarida yog'ishi mumkin. Shuning uchun ham uning zararli
ta'siri nihoyatda sezilarli bo'ladi, chunki bu vaqtlarda ertangi ekinlar
yetilgan va kechkilari ekilib unib chiqqan vaqt bo'ladi. Do'l 5 mm dan 55
mm gacha kattalikdagi muz parchalaridan iborat bo'lganligi uchun (ba'zi
hollarda downing kattaligi 130 mm va og'irligi 1 kg atrofida bo'lgan dollar
yoqqanligi ma'lum) ekilgan ekinlarning hammasini, daraxtlarning barglari,
mevalari va hattoki, mayda shoxlarini sindirib vayron qilib yuboradi.
312
Do'lga qarshi kurashning zamonaviy usullari ishlab chiqilgan.
Buning uchun hozirgi zamonda mavjud bo'lgan maxsus texnikalar
yordamida bulutlarning eng sovuq qatlamlariga maxsus reagentlar bilan
ta'sir ko'rsatiladi. Bu bilan ularning tomchilarga aylanmasdan muzlashiga
erishiladi va bu nihoyatda mayda muz parchalarini hosil bo'lishiga olib
keladi va ular atmosferaning issiq qatlamlariga kirgandan keyin erib suvga
aylanadi yoki maydalashgan muz parchalari do'l zarbini birmuncha
yumshatishga olib keladi. Bu usul yetarli darajada samarali usul
hisoblansada, lekin u nihoyatda, qimmatga tushganligi uchun va hamma
davlatlar ham bulutlarga reagent sepish texnologiyasini o'zlashtirib
ulgurmaganligini hisobga olib, bu usulni kelajakda qo'llanilishi mumkin
bo'lgan usul sifatida keltirib o'tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |