K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullari



Download 0,75 Mb.
bet59/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullari


Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi usullari, ya’ni noan’anaviy moliyalashtirish usullari (sindikatli kreditlash, seleng, venchurli moliyalashtirish va boshqalar) keng tarqalmoqda. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullaridan biri bu
sindikatlashtirilgan kreditdir.
Sindikatlashmoq – sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo‘lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Sindikatsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash tushuniladi.
Sindikatlashgan kreditlash G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida o‘tgan asr 80- yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to‘lovlariga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.
Dastlab, sindikatlashgan kreditlash jahon bozorida unchalik ko‘p bo‘magan Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari tomonidan qo‘llana boshlandi. Bir muncha vaqt o‘tib, Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham qo‘shildi. Keyinchalik Fransiya, Shveytsariya, Gollandiya, Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari sindikatlashgan kreditlashning jahon bozorida faol ishtirok eta boshlashdi.
XX asr 90-yillarining birinchi yarmida jahon xo‘jaligi rivojlanishi uchun xos bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari sindikatlashgan kreditlashga katta talabni vujudga keltirdi. Bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga tegishli edi. XX asr 90-yillarning oxirlariga kelib, Osiyo davlatlari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida birinchilikni yo‘qotishdi va yetakchilikni yana AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari egallashdi. Biroq oxirgi yillarda Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari inqiroz zarbalaridan o‘zini o‘nglab olgach, yana xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga iqtisodiy o‘sishning yuqori templarini ta’minlashga harakat qilishmoqda. Bunday davlatlar qatoriga, eng avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillippin, Malayziya kabi Osiyo davlatlarini va Sharqiy Yevropa davlatlarini kiritishimiz mumkin. Bu davlatlarda investitsiyalash templari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo‘lib bormoqda.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda sindikatlashgan kreditlashning turli shakl va sxemalari asosida amalga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib, sindikatlashgan kreditlashning “sof” namunasi bo‘lgan Buyuk Britaniyani
Yevropa kontingenti bilan bilashtiruvchi “Yevrotunnel” loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan.
Sindikatlashgan kreditlashning globallashuv xususiyatini hisobga olib, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Jahon banki (JB) tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy boyliklarni qayta ishlash bilan bog‘liq yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo‘lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qator loyihalarni moliyalashtirish uchun keng foydalanilayotganligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‘pchilik loyihani moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi.
Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra suzib yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate
– Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo‘shiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtayi nazaridan moliyalashtirish muddatini va obyektni qurish (yaratish) vaqtini kelishib olish muhimdir. Obyektni ishlab chiqarish quvvatlariga yetkazish va ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish vaqti (muddati)ni shakllantiradi.
Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Yevropa banklari tomonidan qo‘llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi. AQShda esa bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish muddati yetarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real imkoniyatlariga o‘zgartiriladi.
Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati – sindikatsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lib, bunda yetakchi bank - sindikatsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisoblanadi.
Sindikatsiyalashtirilgan kreditni bir necha xususiyatlariga ko‘ra turkumlash mumkin. Masalan, sindikatning amal qilish muddati bilan bog‘liq holda, sindikatsiyalashtirilgan kreditlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • vaqtinchalik, ya’ni bitta yirik investitsion loyihani moliyalashtirish uchun

tashkil etilgan;

  • doyimiy harakatdagi, paritet asosida banklar ta’sis etadi.

Ta’minlanganlik nuqtayi nazaridan, sindikatsiyalashtirilgan kreditlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ta’minlangan, ya’ni qarz oluvchi likvidli garov yoki kafolatni taqdim etish mumkin. Bundan tashqari, yuqori reytingga ega bo‘lgan yirik kompaniyalarning kafilligi yoki ular tomonidan qo‘yilgan garovni ham keltirish mumkin;

  • ta’minlanmagan, ya’ni bu butunlay boshqacha bo‘lib, bu yerda kreditorning riski bevosita qarz oluvchining biznesi bilan bog‘liqdir. Bunday kreditlar yuqori reyting ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va ishonchli kompaniyalarga beriladi. Alohida bitta kreditor risk darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan summadagi kreditni berish mumkin. Lekin bu kredit summasi riski, odatda, shu summadagi kredit risklaridan yuqoridir. Demoqchimizki, har qanday sindikatlashda qarz oluvchi pul mablag‘larini har bir kreditorga teng ulushlarda qaytaradi. Agar qarz oluvchi umumiy summasining 50 foizini qaytarsa, har bir kreditor ham o‘zi qo‘shgan ulushning 50 foizini qaytarib oladi. Shunday qilib, kreditorning individual riski umumiy risk bilan bog‘liqdir. Ya’ni, kreditor qarz oluvchiga umumiy qarzning bir qismini berar ekan, u qarz oluvchining barcha berilgan summani qaytara olishiga ishonishi kerak.

Sindikatda qatnashish imkoniyatiga qarab, sindikatsiyalashtirilgan kreditlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. ochiq turi, ya’ni bunda hamma xohlovchi banklar resurslari bilan qatnashishi mumkin;

  2. jamoali, birlashgan holda, ya’ni kreditorlar tarkibiga aniq va chegaralangan banklar kirishi mumkin.

Sindikatsiyalashtirilgan kreditni qarzdor yirik miqdordagi mablag‘larni bir bank bilan muloqotda bo‘lib qo‘lga kiritadi va qarz oluvchining vaqti tejaladi.
Yetakchi bank uchun sindikatsiyalashgan kreditni berishning afzalliklarni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bank o‘z mijozini yirik miqdorda pul mablag‘i bilan ta’minlashi. Ikkinchisi, bank kredit portfeli xatarlarining diversifikatsiyalanishi. Ishtirokchi banklarning sindikatsiyalashgan kreditda qatnashishi kredit portfelining sifatini oshirish va yirik mijozlar bilan ishlash imkoniyatini ochib beradi. Sindikatli kreditni tashkillashtirishda o‘z-o‘zidan sindikatli kreditlashdagi banklararo o‘zaro munosabatlar ko‘zlanadi, bundan ko‘rinib turibdiki, korrespondentlik ishisiz biror nima qilib bo‘lmaydi.
Banklararo munosabatlarning xorijiy amaliyotida biror bir korporativ qarzga oluvchini sindikatli kreditlash keng tarqalgan, shuningdek, banklararo sindikatli kreditlash hollari ham uchrab turadi. Biznesning bunday sohalarida
korrespondentlik ishi marketing tadbirlarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan, ya’ni sindikatda qatnashayotgan tijorat banklarining soni va ularning qarz oluvchi yoki qarz beruvchi bo‘lishidan qat`i nazar ularning kreditlash shartiga rozilik berishini o‘rganish lozim.
Sindikatli kreditlashning asosiy ishtirokchisi bu, albatta, o‘zi kredit tashkiloti (bank) bo‘la oladigan qarzga oluvchi hisoblanadi.
Sindikatli kreditlashning ishtirokchisi bo‘lgan banklarni tavsiflash uchun, avvalo, sindikatning ishtirokchisi bo‘lgan banklar uchun bajarilishi zarur quyidagi vazifalarni ajratib berish o‘rinliroqdir:

  • kredit shartnomasini rasmiylashtirgunga qadar qarzga oluvchi bilan bitim bo‘yicha barcha masalalarni tartibga solish va moslashtirish;

  • ishtirokchi banklarni tanlash;

  • qarzga oluvchi va ishtirokchi bank o‘rtasida imzolanuvchi barcha hujjatlarni moslashtirish;

  • hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha huquqshunoslar bilan gaplashib olish;

  • loyihani va qarzga oluvchini tahlil qilish;

  • bitimlarni kreditlash (jamg‘armalash);

  • ishtirokchi banklardan kerakli summani olish;

  • qarzga oluvchiga mablag‘larni o‘tkazish;

  • kreditning maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishini nazorat qilish;

  • qarz oluvchidan olingan mablag‘larning banklar o‘rtasida taqsimlanishi (qarzning, foizning asosiy summasini qaytarish);

  • berilgan kreditning idora qilinishi;

  • ishtirokchi banklarni sindikatsiyaning borishi va loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risida xabardor qilish;

  • qarzga oluvchi va banklarda yuzaga keluvchi barcha masalalarni muvofiqlashtirish, qarzga oluvchining so‘rovlariga kredit shartnomasi imzolagandan so‘ng javob berish;

  • kredit bo‘yicha ta’minlashni kuzatish va tekshirish.

Bunda ishtirokchi banklarning vazifalarini bir nechta guruhlarga ajratish mumkin:

  • tashkilotchilik;

  • muvofiqlashtiruvchi;

  • hujjatli;

  • hisob-kitob;

  • pul ishtirokidagi;

  • ta’minotni nazorat qilish.

Ishtirokchi banklar o‘rtasidagi munosabatlar, mavhum hollarda vazifalar,
quyidagicha taqsimlanadi:

  • tashkilotchilik vazifalarini tashkilotchi bajaradi;

  • muvofiqlashtiruvchi vazifalarniтп sindikatsiya kitobini yurgizuvchi bank;

  • hujjatli vazifani - hujjatlar bo‘yicha agent;

  • hisob-kitob vazifalarini – kredit agenti (hisob banki yoki shunchaki agent);

  • kreditlashda ishtirok etuvchi banklar qarzga oluvchini jamg‘armalashda qatnashadi, ya’ni pulli ishtirok vazifalarini bajaradi;

  • ta’minlash nazorati vazifasini ta’minlash bo‘yicha agent bajaradi.

Tashkilotchi bankning tanlovi har bir sindikatli kredit tarixida muhim jihat sanaladi. Birinchidan, bu sindikatlashning muvaffaqiyatini belgilaydi, ikkinchidan, bu davrda bitimning asosiy parametrlari muvofiqlashtiriladi. Eng odatiy ta’sir bu eng past foiz stavkasidagi taklifni tanlash. Tashkilotchining sindikatlash borasidagi xizmat ro‘yxati kerak bo‘ladi. Hatto eng obro‘li banklar ham har doim ushbu sohada ixtisoslashtirilgan yoki yetarli darajada keng tajribaga ega emaslar. Va nihoyat, tajribali banklar ham kadrlarini tez-tez yangilab turishadi va aynan kimning qarz oluvchi bilan shaxsan ish olib borishi va pulni izlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat va savdo kompaniyalarining qarzga oluvchilari uchun tashkilotchining ma’lum bir sohani moliyalash- tirishdagi tajribasi muhim ahamiyatga ega.
Sindikatlashning vazifasi avval e’lon qilingan summani ta’minlash va, odatda, hatto undan birozgina oshib ketish (masalan, 20 emas 25 mln., 50 emas
75 mln) uchun ko‘pincha biroz ortiqchasi bilan sindikat ishtirokchilarning yetarli miqdorini to‘plash. Kamroq summani e’lon qilish uslubini faqat uni yig‘ish oson bo‘lganligi bilan oqlash mumkin. E’lon qilingan summaning yig‘ilmasligi bu qarzga oluvchi va tashkilotchining obro‘siga dog‘ tushiradi. Bundan tashqari, birinchi kichik so‘rov bozorning juda ham ilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sindikatlash – tashkilotchining faoliyat tarmog‘idir. Lekin moliyaviy maslahatchi, yoki konsultant jarayonni qattiq nazorat qilib va uni boshqarib boradi. Chunki vaqti va puli eng yaxshi uslubda ishlatilishi kerak bo‘lgan hamda tashkilotchining ishi uchun sindikatsiyalash bo‘yicha to‘laydigan qarzga oluvchi aynan uning mijozidir.
Sindikatsiyalash jarayoni bitim bo‘yicha axborot miateriallarini, banklarga taklifnomalarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Asosiy ishtirokchilar bilan hamma narsani oydinlashtirib olgach, kredit bitimini me’yoriga yetkazish va hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanishadi.

Xulosa


  1. Investitsiya loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o‘zaro bog‘liq tadbirlar va ishlar majmuasidir.

  2. Investitsiya loyihalarini kreditlashda tijorat banklari muhim o‘rin tutadi. Jalb qilingan mablag‘lari hisobidan istiqbolli tarmoqlar va hududlarni investitsiyalash uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlar ajratishda ulushi yuqori bo‘lgan banklarga soliq imtiyozlari berish muhim hisoblanadi. O‘zini oqlagan mikrokreditlar sonini ko‘paytirish va bu ishni keng ko‘lamda amalga oshirish lozim. Ichki kredit manbalarini safarbar etish chora-tadbirlari bilan birgalikda xorijiy sarmoyalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladigan qulay muhit yaratish masalasi biz uchun o‘ta muhim strategik ahamiyatga ega.

  3. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda aksiyadorlik kapitalidan foydalanish, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emission va investitsion faoliyatni rivojlantirish, aksiyadorlik kapitali tarkibini kengaytirish, investitsion faoliyatni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari, tijorat banklarini xususiylashtirish, emission faoliyatini va muomalaga chiqaradigan qimmatli qog‘ozlarini ko‘paytirish investitsiyalar loyihalarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  4. Loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltirishdir.

  5. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullaridan biri sindikatsirlashtirilgan kreditlash hisoblanadi. Sindikatlashmoq - sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish