K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish



Download 0,75 Mb.
bet55/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish


O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini to‘liq ishlash jarayonida bank tizimining hissasi juda kattadir. Shu sababli bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tijorat banklarining ish samaradorligini oshirish, ularning kapitallashish darajasini ko‘tarish, investitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 9-bandida tijorat banklariga xalqaro bank normalariga muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditlarni amaliyotga keng tatbiq qilish, jumladan, xorijiy bank kapitalini jalb etish yo‘li bilan investitsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish tavsiya qilinishi ko‘rsatib o‘tildi.
Ma’lumki, investitsiya loyihalari muayyan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini barpo etish, kengaytirish, modernizatsiyalash uchun asos bo‘lish orqali jamiyat hayotining farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori va uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Investitsiya va investitsiya loyihalarining ahamiyatidan kelib chiqib, ularni moliyalashtirish uchun manbalar qidirib topish, jalb qilish hamda moliyalashtirishni muayyan shaklda to‘g‘ri tashkil etish loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Investit-
siyalarni loyihaviy moliyalashtirish ana shunday muvaffaqiyatni ta’minlovchi samarali moliyalashtirish shakllaridan biri sifatida, asosan, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir manbadan mablag‘larning yetishmovchiligi yuzaga kelganda, yuqori risklar mavjud sharoitda loyihalarni moliyalashtirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish - moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridandir. Shunday ekan, loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Masalan, Doyche bank (Germaniya)ning tarkibiy moliyalashtirish boshqarmasi xodimlarining fikricha, loyihaviy moliyalashtirish - loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olish, tashkil etish yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor beradi:

  • kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul oqimiga (mablag‘larning qaytish darajasiga);

  • loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga, garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga.

Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o‘rganishda ba’zi iqtisodchi- olimlarning fikr-mulohazalarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Rossiyalik iqtisodchi-olim I.Mazurning “Управление проектами” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish - bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”25, deb ta’rif berilgan. Bu yerda, kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy moliyalashtirish - o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan (sindikatlashtirilgan kredit yoki qarz berishda ko‘p tomonlarning qatnashishi) kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”26. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida loyihaga kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so‘ng olinadigan daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday



25 Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г.: Управление проектами: Учеб. пос. для вузов. М.: Экономика, 2001.
26 G`ozibekov D.G`. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: Moliya,. 2003.
moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish, deb bo‘lmaydi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish - investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi.
Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad (foyda) hisoblanadi. Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbayi loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • qiymati yuqori bo‘ladi (1 mln dollardan oshgan);

  • loyiha ishtirokchilarining ko‘pligi;

  • ko‘pincha risklarning barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz);

  • kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;

  • loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi;

  • ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;

  • loyiha ishga tushadigan joylarining ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi;

  • davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.

Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi:

  • loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo‘limlarga bo‘lib o‘rganish kerak;

  • loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini to‘liq tahlildan o‘tkazish shart bo‘ladi;

  • loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish kerak bo‘ladi;

  • rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borish;

  • loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo‘qotishlar va risklarni boshqarish uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirish kerak bo‘ladi;

  • loyihaning barcha rejalarini doimiy monitoring qilish;

  • yirik loyihalarning takrorlanmasligini hisobga olgan bo‘lishi kerak.

Yuqoridagi omillarda ko‘rsatilganidek, risklarning ko‘pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Risklarning ko‘p bo‘lishiga asosiy sabablardan yana biri, bu loyiha ishtirokchilarining ko‘pligidir. Shu o‘rinda loyihaning ishtirokchilari haqida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish