K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiya loyihalarini kreditlash



Download 0,75 Mb.
bet53/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Investitsiya loyihalarini kreditlash


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ayrim manbalarning o‘rni, ko‘p jihatdan, makroiqtisodiy muvozanat hamda o‘sish barqarorligi, mulkchilik shakllarining rivojlanish darajasi va o‘zaro nisbatlari, bank-moliya tizimining rivojlanganligi va boshqalar bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda iqtisodiyot moliya sektorining rivojlanishidagi obyektiv shart-sharoitlarni, investitsiya qarorlarini qabul qilishga aniqlik kiritadigan va ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy vositachilik darajasini, ulardan foydalanish vositalari hamda mexanizmlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bank krediti ishtirokini mavhum tarzda, iqtisodiyotda joriy etilgan huquqiy me’yorlar va o‘tkazilayotgan investitsiya siyosatidan, investitsiya faolligi darajasi, moliyalashtirishda qo‘llaniladigan mexanizmlardan, amaldagi soliqqa tortish talablaridan, kafolatlar va imtiyozlar tizimi hamda bank-moliya infratuzilmasining rivojlanganlik darajasidan ayri holda baholab bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbayi tarzida bank kreditining roli, asosan, jamg‘armalarning o‘sish sur’atlari, pul, valyuta hamda kapital bozorlarining holati bilan aniqlanadi va belgilanadi. Moliyaviy vositachilikda raqobat muhitining mavjudligi va, umuman, Markaziy bankning pul-kredit, foiz siyosati va bank institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi.
Bu jihatdan jami investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirishdagi bosh yo‘nalish moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, qaytarilmaslik sharti bilan byudjet hisobidan moliyalashtirishdan, investitsiyalarni kreditlashga o‘tishdan iborat. Bank krediti evaziga mablag‘ ajratishda ehtimoli bo‘lgan jami risklar bir qadar to‘liqroq hisobga olinadi, ularni kamaytirish yo‘llari belgilanadi, kreditni qaytarish muddatlari, manbalari va ularning foizlarini to‘lash chora-tadbirlari ko‘riladi.
Kreditlarni oldindan belgilangan muddatlarda qaytarilishi majburiyligi va kreditning to‘lovligi asosiy kapitalga safarbar etiladigan investitsiyalardan oqilona foydalanishga ko‘maklashadi hamda qarz vositalaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirish va o‘zlashtirish mas’uliyatini oshiradi. Iqtisodiy asoslangan holda investitsiyalarni kreditlashni tashkil qilish ularning samaradorligini ko‘tarishda quyidagicha alohida ahamiyatga egadir:
birinchidan, kreditning ishtiroki kapital sarflarni iqtisodiy subyektlar
faoliyatining pirovard iqtisodiy natijalariga uzviy bog‘lanishini ta’minlashga yordam beradi va, o‘z navbatida, loyihaviy qarorlarining eng tejamkor variantlarini tanlashdan manfaatdorlikni ta’minlaydi;
ikkinchidan, qarzning asosiy miqdorini va u bo‘yicha foizlarni qaytarish manbayi bo‘ladigan foydaning o‘stirish imkoniyatlarini faol izlashni rag‘batlantiradi. Shu bilan birga loyihalarni moliyalashtirish uchun bank kreditlarini berish, bank, kredit, foiz va boshqa risklarni, kredit resurslarini qaytarmaslik risklarini ko‘paytiradi. Bu esa banklarni har tomonlama o‘ylangan qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Bank kreditining lizing krediti kabi muqobil shaklini qo‘llash uning ta’minlanganlik tamoyilini kafolatlaydi.
Umuman, investitsiyalarning moliyalashtirish manbalarida qarz mablag‘lar rolining oshishi, asosan, chet el kreditlarining ko‘payishi hisobiga yuz beradi. Chet el kreditlari salmog‘ining yuqoriligi chet el kreditlari bo‘yicha davlat kafolatlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Hukumat kafolatlari bilan olinayotgan chet el kreditlari hissasining ko‘tarilishi banklar tomonidan katta ehtiyotkorlik bilan valyuta kreditlarining qaytarilmaslik risklarini kun tartibiga qo‘yadi va hisobga olishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiya loyihalarining batafsil tahlilini va ekspertizasini o‘tkazishda, investitsiya qarorlarini qabul qilishda, xalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlarning qarz mablag‘laridan foydalanishda banklarning mas’uliyatini g‘oyat ko‘tarishni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni uzoq muddatli kreditlashni tashkil qilish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati, O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”, "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlariga, Markaziy bankning “Tijorat banklarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini tartibga soladi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash jarayonini o‘zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.
Uzoq muddatli kredit - bir yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladigan ssudadir.
Uzoq muddatli kreditlar - ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan obyektlarni, qurilish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta jihozlashga oid xarajatlar bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni moliyalash, texnika, texnologiyalar va uskunalarni xarid qilish, asosiy chorva, ko‘p yillik o‘simliklarni shakllantirish, shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun
mo‘ljallangan kreditlardir.
Uzoq muddatli kreditlar bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon xo‘jaliklari ta’minlanadilar.
Kreditlanayotgan obyekt qiymatining kamida 30 % i o‘z yoki boshqa bir moliyalash manbalari bilan ta’minlangan qurilish obyektlarini kreditlash uchun tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun istisno tariqasida bu me’yordan past bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha Moliya vazirligi kafolati ostida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlanadigan obyektlar bundan mustasno.
Obyektlarning qurilishiga oid kreditlar xo‘jalik yurituvchi subyektda tugallanmagan qurilishdagi ishga tushirishning muddati kechiktirilgan va ilgari berilgan ssudalar bo‘yicha muddati kechiktirilgan qarzga oid, shunga o‘xshash kreditlanadigan obyektlar mavjud bo‘lmagan hollardagina berilishi mumkin.
Banklar ushbu qoidalar doirasida kredit resurslari yoki qarz mablag‘laridan samaraliroq foydalanishni ta’minlagan holda qarz oluvchilar bilan munosabatlarini tartibga soladilar, shuningdek, kreditlash obyektining, kredit yordamida amalga oshiruvchi tadbirlarning samaradorligini aniqlash bilan bog‘liq barcha masalalarini mustaqil ravishda hal etadilar.
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta’minlashning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:

  • hukumat kafolatlari;

  • mol-mulk garovi;

  • banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining kafolatlari;

  • uchinchi shaxslar kafilligi;

  • qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalari tomonidan berilgan sug‘urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning qarz oluvchi tomonidan so‘ndirilmasligi (risk) xatarining sug‘urta qilinishi.

Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‘z ichiga:

    1. kredit olishga oid buyurtmanomaning ko‘rib chiqilishi va qarz oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o‘rganilishini;

    2. qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga baholashni;

      1. kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasining o‘tkazilishini;

      2. kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. Bunda:

  • (a) va (b ) bandlarida ko‘rsatilgan kredit buyurtmanomasini ko‘rib

chiqish muddati, bank qarz oluvchiga kredit buyurtmanomasiga yozma xulosa beradigan 5 bank ish kunidan oshmasligi kerak;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kredit so‘rab taqdim etilgan hujjatlar to‘plami va arizalari tuman bank bo‘limlari kredit komissiyasi tomonidan arizalar kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan, viloyat kredit komissiyasi tomonidan 15 kundan oshmagan muddatda va Markaziy idora kredit qo‘mitasi tomonidan 30 kun davomida ko‘rib chiqilib, kredit berish yoki bermasligi to‘g‘risida yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo‘ladi.

Kreditni rasmiylashtirish tartibi kredit olishga oid buyurtmanomani ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Kredit buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • qarz oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkiliy-huquqiy shakl, muassislar faoliyatining asosiy turi va h.);

  • so‘ralayotgan summa ssudaning belgilanishi va loyihaning maqsadi;

  • kredit berish muddati;

  • aktiv summasi bilan so‘rab olinadigan kredit summalarining o‘zaro muvofiqligi;

  • kreditlash obyektining qoplash muddati;

  • kredit va unga oid foizlarni hisoblash va so‘ndirish muddatlari;

  • agar kredit qimmatliklar garovi ostida berilayotgan bo‘lsa, kreditni ta’minlash sifatida garovga qo‘yilayotgan qimmatliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • korxonaning qarz mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • korxonaning boshqa banklarda ochilgan bank hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlar,

  • korxonaning boshqa korxonalarning kapitalida qatnashish haqida ma’lumotlar.

Agar moliyaviy holat, kreditlanayotgan loyihaning kreditga qobilligini baholash va kompleks ekspertiza qilinishini o‘tkazishni baholashni tahlil qilinishi uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan obyektlarning qurilishi, qayta ta’mirlanishi va texnik jihatdan qayta jihozlanish kreditlash obyekti hisoblansa, qarz oluvchi bankka quyidagilarni taqdim etishi shart:

  1. belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning texnik iqtisodiy asoslanmasi va loyihalash smeta hujjatlari;

  2. qurilish qiymatining yig‘ma moliyaviy smeta hisob-kitoblari;

  3. qurilishning belgilangan tartibda tasdiqlangan, yillar bo‘yicha bo‘lib yuborilgan holdagi manzillar ro‘yxati;

  4. bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob shakllari ko‘rsatilgan holdagi jami qurilish davriga bo‘lgan pudrat shartnomalari;

  5. texnik uskunani yetkazib berishga oid shartnoma loyihasi;

  6. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi nazorat ekspertizasi xulosasi va loyihalash hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;

  7. qarz oluvchining so‘nggi 3 yilda, kreditga qobilligini aniqlab olish uchun (yuridik shaxslar uchun) moliyaviy hisobotlari (moliyaviy hisobotning 1-, 2-, 2"a"-, 3-, 4-, 5-son shakllari), kreditning ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar, obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, yangidan boshlanayotgan qurilish bo‘yicha qurilish ishlariga mahalliy hokimiyat organlari ruxsat berishiga oid hujjatlar;

  8. zarurat tug‘ilganda bank investitsiya loyihasining amalga oshirilishini va qarz oluvchining to‘lovga qobilligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.

Bunda qarz oluvchining kreditga qobilligi to‘g‘risidagi xulosa bankning tegishli bo‘linmasi tomonidan korxona moliyaviy hisobotini ko‘rib chiqish yo‘li orqali eng kamida so‘nggi 3 yil uchun bo‘lgan davrdagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil etish asosida beriladi.
Kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasi qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan quyidagi ma’lumotlar tahliliga asoslanadi:

  • texnik ekspertiza o‘tkazishdagi, ya’ni loyihada foydalaniladigan uskunalar, asboblar va shu kabilar texnologiyalari va texnik tavsiflarining o‘rganilishi;

  • marketing tadqiqotlari va axborot ta’minotining o‘tkazilishi, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan talab va taklifning o‘rganilishi, raqobatchilar va loyiha mahsulotining harakatlanish omillarining tahlil qilinishi;

  • moliyaviy iqtisodiy ekspertiza o‘tkazilishi, loyihaning tadbiq etilishi, pul mablag‘lari oqimining loyihalashtirilishi va moliyalash chizmalarini tanlash bo‘yicha tavsiyalarning berilishini iqtisodiy jihatdan muvofiqliligi tahlili;

  • xatarlarni baholashning o‘tkazilishi va loyihaga ta’sir etuvchi (risklar) xatarlarni pasaytirish omillarining ishlanmalari;

  • qarz oluvchi va garov ta’minoti asosiy fondlari baholanishini, ya’ni binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa obyektlar qiymatining baholanishi hamda tahlil qilinishining o‘tkazilishi;

  • kapital xarajatlar qiymati oshishini real ko‘rsatkichlar bazasida shartnoma narxlarini to‘g‘ri baholash;

  • tegishli kelishuvlar bilan tasdiqlangan O‘zbekistondan tashqarida uskuna va materiallarning sotib olinishi masalalarini ishlab chiqish holati, uskunalarni yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarning mavjudligi, mablag‘larning erkin almashtiriladigan valyutada undirib olish borasida uning to‘lanishi masalalarining mavjudligi;

  • uskunaning yetkazib berilishi va ularning montaj qilinishi bilan ishlarni

va ishlab chiqarish jadvallaridagi bog‘liqlik;

  • loyihaning o‘zini o‘zi qoplashiga ta’sir etuvchi boshqa omillarni o‘rganilishi.

Jami hujjatlar paketini tahlil qilib bo‘lgach, kreditlash bo‘limi bankning kredit qo‘mitasiga kreditlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida yoki bo‘lmasa kredit berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorning ko‘rib chiqilishi va chiqarilishi uchun xulosani taqdim etadi.
Kredit qarorlaridan so‘ng bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini imzolaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan obyektlar (korxonalar)ning rahbariyati bilan kredit shartnomalarini tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosi hisoblanadi, olingan kreditlar, komissiyalar ularga oid foizlar va penyalar bo‘yicha, agar shartnomaning o‘zida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular imzolagan vaqtdan boshlab amal qiladi.
Bank qarz oluvchi bilan kelishib, qoplash muddatlari va pul oqimlari prognozi hisobga olinadigan imtiyozli davrni belgilash huquqiga ega va u kredit shartnomasida ta’kidlanishi kerak.
Investitsion loyihalarni kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil xavf- xatarlar (risklar) bilan bog‘liq bo‘lib, kreditlarni belgilangan muddatda qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o‘z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar.
Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog‘liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o‘z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o‘z mijozlari moliyaviy holatini, to‘lovga qobilligini va, albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi.
Kredit bahosi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o‘z ichiga oladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra, kredit bahosi pul bozori va inflyatsiya holatidan kelib chiqqan holda ko‘payish yoki kamayish tomoniga o‘zgartirilishi mumkin.
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tartibga solinishi, depozitlarga foiz to‘lashning amaldagi tizimi tufayli banklarning zarar ko‘rish xavfini kuchaytiradi.
Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar tomonidan kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan berilgan kreditning o‘z vaqtida qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va taklifi hamda ular bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining mavjudligi hisobga olingan holda belgilanadi
Kredit shartnomasi tuzib bo‘lingandan so‘ng qarz oluvchi nomiga ssuda hisob varag‘i ochiladi. Ssuda hisob varag‘iga oid barcha operatsiyalar shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi
Ssuda hisob varaqlaridan qurilish-montaj ishlari yillik hajmining 15 % dan kam bo‘lmagan hajmlardagi pudrat tashkilotlariga qilinadigan dastlabki to‘lovlar, shuningdek, mazkur qurilish smetasiga kiritilgan sotib olinadigan uskunaning va boshqa xarajatlarning hajmi bilan birgalikdagi bajarilgan ishlar uchun to‘lov hujjatlari haqi to‘lanadi.
Qarz oluvchi, agar bu narsa shartnomada kuzda tutilgan yoki kreditor roziligi asosida bo‘lsa, o‘zining kredit summasi va haqiqatda foydalanilgan davr uchun unga oid hisoblangan foizlarni muddatidan ilgari so‘ndirish huquqiga ega.
Bunda qarz oluvchi o‘zining to‘lov topshiriqnomasi bilan kredit summasi va hisoblangan foizlarni to‘laydi
Respublikamizda muddati o‘tgan ssudalarga 90 kungacha (uzoq muddatli kreditlar) foiz hisoblanadi, 90 kundan keyin esa foiz hisoblash to‘xtatiladi. Bir qator mamlakatlarda foiz hisoblanadigan davr 6 oygacha cho‘zilishi mumkin. Bu esa daromadning real qiymatidan uzoqlashuviga sabab bo‘ladi. Mijozning muddati kreditni qaytara olmasligi aniq bo‘lib qolishi bilanoq, uning moliyaviy faoliyatini chuqur tahlil qilish lozim. Bunda asosiy e’tibor pul oqimiga qaratilishi lozim Tahlil natijalariga qarab, foiz hisoblash masalasini hal qilish lozim. Kreditni muddati o‘tgandan keyin bir oy ichida qaytara olmagan mijozni uch oydan keyin qaytara olishiga ishonch kam bo‘ladi.

    1. Download 0,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish