K I R I SH
"O`zbekistonning o`z taraqqiyot yo`li" mavzusi "O`zbekiston tarixi" o`quv fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha amaliy mashg`ulotda "Case-studi"ga asoslangan o`qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuni o`qitishda o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo 'li" asarida aks etgan g`oyalar asosida yurtimizda yuz berayotgan o`zgarishlar, rivojlanishga qo`yilgan dastlabki qadamlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi yoritilgan. I.A.Karimov o`z asarida bu masalani alohida ta'kidlaydi: "O`rtaga qo`yilgan maqsadlarning, tanlangan yo`nalishlarning to`g`riligini hayotning o`zi ishonarli tarzda va yaqqol tasdiqladi. Respublika mustaqilligining bir - yili ichida asrlar mobaynida amalga oshirilmagan ko`p narsalarga erishishga muvaffaq bo`ldik. O`zbekiston xalqi jonajon o`lkadagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi bo`lib qoldi. Respublika o`z oltinini, boshqa nodir va qimmatbaho metallarni mustaqil qazib chiqarib, qayta ishlamoqda va saqlamoqda. Yer, yerosti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va ma'naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo`lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqning asosi bo`lib xizmat qiladi."3. Aynan ana shu muammolarni yechimini shu asar asosida topish yo 'llarini ishlab chiqish "Case-studi"ga asoslanagan o`qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o`rganilgan o`quv mavzusi bo yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko`nikmalarini egallashga, ijodiy va o`rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o`z- o`zini nazorat qilishga yordam beradi.
Quyidagi keys - Vatanimizda iqtisodiyot sohasida yuz berayotgan o`zgarishlar, bu borada odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo`shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish, ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma- bosqich shakllantirishi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish, mulk egalari huquqlarining davlat yo`li bilan himoya qilishni ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarning huquqiy tengligini qaror toptirish masalalarini mustaqil o`rganish uchun imkon yaratadi.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o 'zlashtirilgan mavzu bo 'yicha bilimlarni mustahkamlash;
3 Karimov I.A. O'zbekistoning o'z istiqlol taraqqiyot yo'li. - Т., 1992.
muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko`nikmalarni qayta topshirish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko 'nikmalarini egallash;
o 'quv axborotlarini o 'zlashtirish darajasini tekshirib ko 'rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |