Keyslardan foydalanish usullari:
Yakka holda namoyish qilish.
Jamoa tomonidan namoyish etish.
Guruhlarda muhokama qilish va so`ngra guruhda munozara o`tkazish.
Ishbilarmonlik o`yini.
Keys muhokamasi tartibi:
Keys muhokama qilishni quyidagi ketma-ketlikda o`tkazish lozim:
Keys mazmuni bilan shaxsan tanishish.
Kichik guruhlarda muhokama qilish («Sindikat» usuli).
Guruhda umumiy muhokama o`tkazish.
Keys muhokamasida e’tiborni quyidagilarga qaratish tavsiya etiladi:
qaralayotgan keysning asosiy maqsadini aniqlash;
keysdagi vaziyatni haqiqiy holatlar bilan taqqoslash imkoniyatini ko`rib chiqish;
mumkin bo`lgan «tuzoqlar»ni aniqlash ya’ni ikkinchi darajali masalalarni muhokama qilish, noto`g`ri qarorlar qabul qilish va h.k;
o`quvchi-talabalar uchun tushunarsiz ma’lumotlarni aniqlash;
keysda bayon etilgan muammoni yechishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan ma’lumotni aniqlash;
keysdagi muammoni yechish uchun oraliq qadamlarni ilg`ab olish;
muammoning hal etish muqobil yo`llarini belgilash;
munozarani tugatish tartibini belgilash;
yakuniy izohlash va munozara natijasini xulosalash.
Yuqorida keltirilgan usullar bilan bir qatorda faol o`qitish metodlari sarasiga kiruvchi «Ishbilarmonlik», yoki «Boshqaruv» deb yuritiluvchi o`yinlar bilim va ko`nikmalar hosil qilishda o`z samarasini ko`rsatadi.
«Ishbilarmonlik o`yinlari – faol o`qitish metodlaridan biri bo`lib u real
«o`rganilayotgan obektni to`g`ri anglash maqsadida tahsil oluvchining u yoki bu vaziyatini o`yin holida talqin qilishga qaratilgan usuldir».
«Kompyuterli «ishbilarmonlik» o`yinlari ham o`z mohiyati bo`yicha muayyan faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va hissiy ko`rinishi jihatidan muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga mo`ljallanadi.
«Kompyuterli ishbilarmonlik» o`yinlari quyidagi maqsadlarga yo`naltirilgan bo`ladi:
o`quv maqsadlariga, ya’ni o`quv jarayonida mutaxassislarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash va bilimlar tizimini o`zlashtirishga;
ilmiy-izlanuv, boshqaruv tajribasini tahlil qilishga;
ijodiy faoliyat natijasida vujudga keladigan muammolarni va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo`ljallangan real axborot materialiga tayanishga va h.k..».
Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan innovatsion yangicha usullar orqali talabalarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi holatlarda ijobiy kechadi:
birinchidan: muammoli vaziyatlarni mashg`ulot boshlanishida talabalarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berish;
ikkinchidan: muammoli vaziyatlar orqali talabaning qiyinchiliklarni engish, innovatsion usul va harakatlarni izlab topishni talab qilish;
uchinchidan: talabalarning motivasion doirasiga ta’sir o`tkazish, ya’ni ichki harakatlanuvchi kuchini yuzaga keltirish, fanga bo`lgan qiziqishini orttirish;
to`rtinchidan: talabalarning kreativ (noyob, standartli bo`lmagan) qobiliyatlarini rivojlantirish;
beshinchidan: talabalarni mustaqil fikrlab, to`g`ri xulosa chiqarishga tayyorlash.
Bu metodlar talabalarda jahon andozasiga mos bilimlarni egallashlariga imkon beradi va albatta, ta’lim samaradorligiga erishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |