46
Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha davolash profilaktika muassasalari
tomonidan mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonun hujjatlari
talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mehnatga
layoqatsizlik
varaqasi
yoki
mehnatga
layoqatsizlik
ma’lumotnomasini berish masalalari bo‘yicha shikoyat qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik xisoboti
Hisobotning
pasport qismida muassasa nomi, hisobotni qaerga jo‘natilishi,
hisobot topshiriladigan muassasa nomi va tipi, uning manzili ko‘rsatiladi. Hisobot
o‘z tarkibida ma’lumotlarni jins bo‘yicha, sabab va xolat bo‘yicha, vaqtinchalik
mehnatga layoqatsizlikning kunllari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasasidagi
ro‘yxat bo‘yicha materiallarni birlashtiradi. Besh yillik yosh bo‘yicha mehnatga
yaroqsizlik xolatining guruhlari ko‘rsatilishi kerak. Vaqtinchalmk mehnatga
layoqatsizlik sabablariga – agarda bu davolash profilaktika muassasasida mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, kasallik sinflari bo‘yicha
kasallanish, alohida nozologik shakl va guruhlar,
bemor parvarishi, karantin va
bakteriya tashuvchilik sababli ishdan ozod qilish, sanatoriya
kurortda davolanish
bilan bog‘liq bo‘lgan ta’tillar kiradi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik xolatiga
davolash profilaktika muassasasi tomonidan murojaatlar uchun rasmiylashtirilgan
barcha varaqalar kiradi. Xolatlar soni kasalxona varaqalari soniga ko‘ra yopiq
xolda hisoblanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligining
kunlari soni barcha
mehnatga layoqatsizlik varaqalarining kunlari soni yig‘indisiga ko‘ra topiladi,
bunda mazkur varaqalarni kim tomonidan berilganligi ahamiyatga ega emas.
Agarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan oxirgi sana
o‘tgan hisobot davrida boshlanib, hozirgi hisobot davrida yakunlangan bo‘lsa, unda
mehnatga yaroqsizlik kunlari ham o‘tgan, ham
hozirgi hisobot davri uchun
hisoblanadi. Davolash profilaktika muassasalarida hisobot shaklini to‘ldirishda
ma’lumotlar “ mehnatga yaroqsizlikning yakuniy xolat taloni” ( 025-9/h-96) yoki
“mehnatga yaroqsizlik varaqalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kitobi” ( 36/hisob shakl).
47
Korxonada ishlovchi ishchilarning mehnatga yaroqsizlik varaqalari joriy
jadvalda jamlanadi, so‘ngra har kvartalda “ Vaqtinchalik
mehnatga layoqatsizlik
hisoboti” to‘ldiriladi. Kvartallik hisobotlar asosida vaqtinchalik mehnat
qobiliyatini yo‘qotganlik to‘g‘risida yarim yillik va yillik hisobotlar tuziladi.
Hisobot shaklida 21ta sinfga kiruvchi kasalliklar bo‘yicha mehnatga
layoqatsizlikning kalendar
kunlari jins, yosh, shuningdek ish kunlarining o‘rtacha
yillik soni hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: