31
-
xodimlarni davriy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
-
harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazilganligi;
-
kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bog‘liqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv
o‘tkazilganligi;
-
ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi
bilan tibbiy muassasaga
joylashtirilganligi;
-
ambulatoriya sharoitida o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga
muhtojlik davri o‘n to‘rt kalendar kundan oshganligi.
Mehnatga
layoqatsizlik
varaqalari
va
mehnatga
layoqatsizlik
ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan,
vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika
muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga
tegishli davolash-
profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki
tibbiy-mehnat ekspertizasi bo‘yicha etarli malakali xodimga ega bo‘lgan
taqdirda,
mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari
berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-
profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.
Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi
berishga haqli emas:
-
tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
-
shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
-
sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
-
pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
-
fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha
tibbiy muassasalar.
Olis hududlardagi davolash profilaktika muassasalarida bitta davolovchi
shifokor faoliyat ko‘rsatgan taqdirda, ushbu shifokor Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar Sog‘liqni
saqlash bosh
32
boshqarmasi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari (bundan buyon matnda
sog‘liqni saqlash boshqarmalari deb yuritiladi) boshliqlarining buyrug‘iga
asosan
bir oygacha bo‘lgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga
layoqatsizlik ma’lumotnomasi berishi mumkin.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari
ishlamaydigan shaxslarga, ish haqi
saqlanmagan holda mehnat ta’tilida bo‘lgan shaxslarga
va harbiy xizmatchilarga
berilmaydi.
Mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-
moddasida nazarda tutilgan hollarda bekor qilingandan, harbiy xizmatchi muddatli
harbiy xizmat safidan bo‘shatilgandan keyin bir oy ichida mehnatga vaqtincha
layoqatsizlik vujudga kelgan bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: