КОЛОНИАЛИЗМ – sanoati rivojlangan mamlakatlar guruhining dunyo ustidan
hukumronlik o`rnatishi – XVI-XX asr. Kolonializmning dastlabki ko`rinishlari Buyuk
geografik kashfiyotlar davrida boshlangan. 1-koloniyalarga Ispaniyaliklar tomonidan
asos solingan.
МАККАРТИЗМ - (kongressmen D. Makkarti ismidan ) – AQSH dagi XX asr 50-
yillaridagi ma`muriy va sud repressiyalari siyosati. U noqonuniy tashkilotlarga
qaratilgan qo`rqitish va shantaj siyosatidan iborat.
МАКЯВЕЛИЗМ- (N. Makeaveli ismidan olingan) 1. O`z davlat mavqeini
mustahkamlash uchun barcha vositalardan foydalanadigan hukumdor 2. Hokimiyatga
yrtishish va uni saqlab qolish yo`lida kuch ishlatib, hiyla nayranglar bilan axloq
normlariga rioya qilmaslik siyosati. 3. Ijtimoiy psixologiyada – boshqa odamlar ustidan
hukumronlik qilish, ulardan o`z maqsadlariga erishish yo`lidan foydalanish.
МАОИЗМ- таълимоти асосчиси мил. Ав. 479-400 йилларда яшаб ўтган Хитой
файласуфи Мао-цзидир. У Хитойда майда мулкдор оиласида туғилган. Ғилдираклар ва
қуроллар учун сўлоқ ясовчи моҳир уста бўлган. У конфуцийлик таълимотини чуқур
ўраганди. Ва ўзи ҳам ўзига хос ғояларга эга таълимот яратди. Унинг фалсафий,
ижтимоий-сиѐсий қарашлари кейинчалик шогирдлари томонидан яратилган ―Маоцзи‖
китобида жамланган. Мао-цзи таълимотидаги ижтимоий-сиѐсий ғоялар жамият
тараққиѐтидаги турли муоммоларга қаратилган. Унинг назарида давлат бу
инсонларнинг ўзаро келишувидир.
МИТРАИЗМ – қуѐш худоси Митра номи билан боғлиқ. У мил. авв. III-II асрларда
Ўрта Осиѐнинг шимолий ҳудудларида пайдо бўлган таълимотдир. Унда адолат,
ижтимоий тенглик ва эзгулик ғоялари асосий сиѐсий ғоялар ҳисобланади. IV-V асрда
қадимги Рим империясининг кучайиши ва VII-VIII асрда исломнинг кириб келиши
натижасида Узоқ Шарқ ва Ўрта Шарқда кенг ѐйилган Митраизм таълимотига барҳам
берди.
МОНТАНИЗМ - Бу оким Кичик Осиѐда милоднинг II асрида вужудга
келган. Монтонизмнинг асосий ғояси охиратнинг якин кунларда келиши ва
Христоснинг намоѐн бўлишини башорат қилиш ғоясидан
иборат.Монтонистлар черковда ката мулкларнинг тупланишига ва гайридин
давлатлар билан сулх тўзишга карши чикканлар. Улар епископлар
хокимиятини инкор этган ва биринчи уринга ўз пайгамбарини куйганлар.
Улар ўз қарашларида асосан куллар, шаҳарлик йуксиллар манфаатини химоя
қилишга интилганлар.
НАЦИЗМ – I Jahon urushidan keyin Germaniyada tashkil topgan. Natsional-
sotsialistik ishchi partiyasi bilan bog`liq bo`lgan doktrina va siyosiy harakat,
keyinchalik A.Gitler va uning tarafdorlari tomonidan targ`ib qilingan ta`limot.
Natsizmning yetakchilari tomonidan kommunistik g`oyalar nemis xalqining bo`linib
ketishi va oxir-oqibatda millatni barbod qilishi mumkinligi, bu havflarga qarshi nemis
millati jipsligi va qudratini namoyon etishi lozimligi g`oyalari Natsizmning asosiy
g`oyalari sifatida talqin etiladi. Natsizmning agressiv siyoati XX asrning o`rtalarida yuz
bergan va jahon xalqlariga og`ir talofatlar yetkazgan. IIjahon Urushini keltirib
chiqaragan fashizm va natsizmning kulfatlari Nyurenberg sudida muhkama qilindi.
НЕОКОНСЕРВАТИЗМ- konservatizm negizida vujudga kelgan XX-asrning 70-
yillarida paydo bo’lgan. Nemis faylasufi Barendning fikricha Neokonservatizm turli
ba’zan bir-birini inkor qiluvchi g’oyalar majmuasidir.Neokonservatizm 3 yo’nalishdan
iborat.
ПАНИСЛОМИЗМ – (pan… va islom) – XIX asr oxirida butun musulmon olamini
mustamakachilarga qarshi kurashda birlashtirish to`g`risidagi harakatga Rossiya va
Angliya imperiyalari, shuningdek, SSSR tomonidan berilgan sun’iy nom. Islomchilik
g`oyasi vujudag kelgan paytdan boshlab (XIX asrnig 70-yillarida afg`on ma`rifatparvari
Jamoliddin al-Afg`oniyislomchilik nazriyasiga asos solgan) Rossiya va Angliya
hukumron doiralari tomonidan Panislomizm (ulug` islomchilik) tarzida sohtalashtirilgan
edi. Xususan Rossiya bolsheviklarining fikricha, bu g`oya butun islom xalqlarini
yagona davlat – halifalik tuzish uchun kurashga da`vat qilar emish. Sovet Rossiyasi va
SSSR rahbariyati Panislomizmga qarshi kurashda huddi turkchilik va turonchilikka
nisbatan bo`lganidek, qat`iy choralar ko`rgan.Ular Panislomizm va panturkizmni
jadidchilik va bosmachilik harakatining asosiy mafkurasi deb hisoblashgan.
ПАНТУРКИЗМ – (pan.. va turk) – turkiy xalqlarni birlashtirish g`oysiga Rossiya
va Angliya imperiyalari , shuningdek, SSSR tomonidan berilgan rasmiy nom. Bu
harakat ildizlari ancha chuqur bo`lsa ham, biroq u XIX asr oxiri XX asr boshlarida
Usmonli Turk sultonligi va Chor Rossiyasining turkey xalqlar yashaydigan hudularida
keng tarqalgan. Turkistondagi xalq qo`zg`alonlarini mustamlakachilar Panturkizm
oqimlari ta`sirida uyushtirlgan deb da`vo qilishgan.
ПАУПЕРИЗМ – (lotincha pauper – kambag`al, mulksiz) – jamiyatda ishsizlik,
inflyatsiya, kam daromad topish, mulkiy tengsizlik bilan bog`liq bo`lgan ommaviy
qashshoqlik.
СЕКУЛЯРИЗМ-Худоийлик йўл-йўрикларини инкор этувчи мафкура. С.
тушунчасига атеизм тушунчаси жуда якин.Динни инкор этган холда С. ижтимоий
тараккиѐт, хаѐт шароитларини яхшлаш тарафдори.С. тушунчаси ХIX асрнинг
урталарида пайдо булди. С. ни таникли ифодачиси Ч.Бредлоу хисобланади.
Do'stlaringiz bilan baham: |