KAPITALIZM — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik in-tlarga
asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik
tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi,K. ning hoz. davri esa — «aralash
iqtisodiyot», «postindustrial jamiyat», «axborot jamiyati» va b. sifatida ta’riflanadi.
Marksizmda K. — i.ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning
kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya,
deb talqin etiladi.K. 14—15-a.larda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura)
shaharlarida yuzaga kelib, 16-a.dan boshlab Yevropada dastlabki sarmoya (kapital)
jamg’arish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. K.ning hoz. shakllariga qisqa
muddatli (davriylikka va inflyatsiyaga qarshi) va uzoq muddatli (makroiqtisodiyot)
davlat boshqarib turishi kiradi. Bu bevosita (qonunlar va ma’muriy hujjatlar orqali) va
bilvosita (soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, amortizatsiya siyosati orqali) boshqarish
shakllarida amalga oshiriladi.
JAYNIZM — 1) Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (qariyb 3 mln. kishi e’tiqod
qiladi). Mil. av. 6-a.da paydo bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra, J. asrlar osha 24 ustoz-
payg’ambar orqali yetib kelgan. Bularning eng so’nggisi Jinna (ya’ni g’olib, dinning
nomi shundan) va Maxavira taxallusini olgan Vardxamana bo’lib, shu din asoschisi
hisoblanadi. J. qad. hind jamiyatidagi qarbiylar (kshatriy) b-n ruhoniy — brahmanlar
o’rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. J.da
markaziy o’rinni jon haqidagi ta’limot egallaydi. Bunga ko’ra, inson joni barcha
qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma konuni asosida ro’y beradi,
karma qonuni tanni jon b-n bog’laydi, insonni yerdagi ishlarga zanjirband etadi va
uning keyingi qayta tug’ilishlarini belgilab beradi. Kishilar «o’z jonini o’zi xalos
qilishi», «qayta tug’ilishlardan ozod bulishi» mumkin. Bunga erishish uchun Jinnaga
e’tiqod qilish, Jinna ta’limotiga ishonish, Jinna belgilagan axlok, me’yorlariga rioya
qilishi kerak.J.da axloqiy kamolatga yetishishning va karma konunidan qutulishning
birdan-bir yo’li zohidlik hisoblanadi. 2) falsafiy ta’limotlardan biri. Mil. av. 2— 1-
a.larda J. dini asosida shakllangan. J. falsafasining asosiy manbai «Jayna sutra»
(«Jayna aforizmlari») hisoblanadi. J. falsafasiga tatvalar — mohiyatlar haqidagi
ta’limot asos qilib olingan. Ikki asosiy tatva bo’lib, biri — mohiyati ong bo’lgan ruh
(jiva), ikkinchisi — ruh bo’lmagan hamma narsa (ajiva). Ruh bulmagan narsa
(materiya) sezish, eshitish, hid, rang va ta’m sifatlariga egadir.Inson faqat o’zini ozod
qilishi mumkin; boshqa odamga yordam berish mutlaqo bo’lmagan va iloji yo’q narsa.
J. falsafiy tizimi hoz. vaqtgacha deyarli ilk ko’rinishida saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |