TOTEMIZM (alkongin tilidagi «totem» — uning urug’i so’zidan) — ibtidoiy
jamiyatning ilk dinla-ridan biri. U kishllarning ma’lum guruhi b-n hay-von va
o’simliklarning muayyan turlari o’rtasida g’ayritabiiy aloqa, qon-qardoshlik bor,
degan e’ti-qodga asoslanadi. «T.» iborasi ingliz sayohatchisi Dj.Long tomonidan
1791 y.da ilmiy muomalaga ki-ritilgan.
UTILITARIZM (lot. utilitas -- foyda, naf) -G’arb etika nazariyasi. Bu naz-ya
xatti-harakatning foydaliligini, axloq-odob mezoni deb biladi. U. 19-a.da Angliyada
paydo bo’lgan va liberal burjua qatlami manfaatini ifodalagan. Bentam asos sol-gan
U.ning asosiy printsipi shaxsiy manfaatlar-ni qondirish vositasi b-n «eng ko’p sonli
kishi-larga eng ko’p baxt ta’minlab berishdan» iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |