Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


-Ma’ruza Mavzu: Bakterial-kimyoviy tanlab eritmaga o'tkazish uchun qoziqlar va g'ovaklarni tayyorlash, joylashtirish



Download 7,64 Mb.
bet57/119
Sana31.12.2021
Hajmi7,64 Mb.
#199482
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
Bog'liq
2 5325771064926538383

30-Ma’ruza

Mavzu: Bakterial-kimyoviy tanlab eritmaga o'tkazish uchun qoziqlar va g'ovaklarni tayyorlash, joylashtirish

Reja

  1. Bakterial-kimyoviy tanlab eritmaga o'tkazish jarayoni

  2. Bakterial-kimyoviy tanlab eritmaga o'tkazish uchun g'ovaklarni tayyorlash va joylashtirish

Odatda uyumda tanlab eritish eski tashlandik rudalar, balansdan tashkari kambag‘al rudalar uchun qo‘llaniladi. Bakterial-kimyoviy tanlab eritish uchun yangi xosil qilinadigan uyum aniq tuzilgan loyixa asosida amalga oshiriladi. Uyumni shakllantiriladigan maydonni sement yoki boshqa suv utkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi, agar tuproq zinch bo‘lsa eritmalar bilan metallning yo‘qolishi minimal bo‘ladi va unday xolatlarda eski uyumlar tabbiy to‘proq sharoitlarida amalga oshiriladi chunki, uyumni yangi maydonda qayta shakllantirish metallning tan narxini oshirib yuboradi.

To‘dalarda tog‘ jinslari kattaligi ulchamlari moslanmaydi ochiq kon qazuv ishlarida ularning o‘lchami 1000-1500 mm etadi. Yangidan shakllantiriladigan balansdan tashqari rudalarni uyumda tanlab eritish uchun rudani maydalaniladi va ishlab chiqilgan loyiha tartibga mos ravishda uyum shakllantiriladi.

To‘dani miqdori odatta yuz million hattoki milliard tonnagacha etishi mumkin, uyumni miqdori esa odatta yuz ming tonnadan oshmaydi.

Ochiq kon ishlarini amalga oshirib kon ishlarini amalga oshirishda iqtisodiy afzalligi uchun ko‘pgina davlatlarda kon qoplama tog‘ jinslari xajmi keskin oshdi va bu to‘dalarda ko‘p miqdordagi mis, rux, uran va boshqa qimmatli komponentlar yig‘ilgan.

Hozrgi kunda tudani yuqori mexanik qattiq suv o‘tkazmaydigan tuproqli maydonlarda shakllantirish maxsus tayyorlangan maydonlarda tashkil etish boshlangan.

Uyumni shakllantirish uchun maydonni tayyorlashga juda e’tibor qaratiladi: tuproq o‘smlik qoplamasini yuqotilganidan so‘ng,suv o‘tkazmaydigan qatlam yotqiziladi, bunda asosan mavjud bo‘lgan materiallardan foydalaniladi. (beton, asfalt, gudron aralashmasi, boyitish mahsulotlari chiqitlari va b.)

Tayyorlangan maydonga dastlab birinchi qatlam uchun angcha yirik (200-300 mm) o‘lchamli ruda joylashtitiriladi va u aeratsiyani yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Umumiy uyum ancha mayda o‘lchamli maydalangan materiallardan (8-30mm) yoki yirik va mayda o‘lchamli materiallar aralashmasidan, shuningdek katta bo‘laklarning butun uyum baladligi buylab teng taqsimlanadiki bu eritmaning suzuvchanligini va aeratsiyasini butun baladlik bo‘yicha ta’min etadi. Rudaning mayda o‘lchamlari ko‘p bo‘lganida yoki tuproq miqdori ko‘p bo‘lib, o‘lchami 5-8 mm dan kichik bo‘lsa ular elakdan o‘tkaziladi. Tudaning eni 10-20 dan 100-200 m. Uzunligi 100-800 m. va undan ortiq bo‘lishi mumkin.

Uyumda aeratsiyaning va sulfidlarning yaxshi oksidlanishi uchun uning baladligini 60 m. dan oshirmaslik tavsiya qilinadi. CHunki atmosfera havosi 60 m. gacha masofaga borib etadi.

Tanlab eritishga tayyorlangan tuda uni sug‘orishdan oldin namlanadi va bu uning oktivligini oshiradi. Bu jarayonda rudaning g‘ovakligi katta ahamiyatga ega. Rudada enshgil maydalanuvchi ruda jinslarining va tuproqli materiallarning ko‘p bo‘lishi bakterial-kimyoviy eritmani sizib o‘tishni, metallarni tanlab eritish effektivligini keskin pasaytiradi. Qaytadan shakllantirilgan tudaning g‘ovakligi 40% atorofida bo‘lib, keyinchalik ruda ning o‘zi zinchlashishi natijasida uning g‘ovakligi pasaya boradi (1- yildan keyin 30% gacha tushadi). Eski 30-40 yillik tudalarning filtratsiya xususiyatlari yangisiga nisbatan 8 martagacha past bo‘ladi. Birmuncha murakkab sharoitlarda esa tudaning asosini shakllantirish uchun qo‘shimcha tadbirlani amalga oshiriladi.Bunga misol qilib (AQSH) “Byutt” ruda konini keltirish mumkin, qaysiki u juda o‘tkazuvchan tupoqda joylashgan . O‘tkazmaydigan qatlamni hosil qilish uchun tuproqni yuza o‘simlik bilan qoplangan qatlamini olib tashlanib, yuza tekslanib,zichlagich (katok) orqali zinchlanib, yirikligi 25 mm., qalinligi 100 mm. shlak qatlami bilan qoplandi. Qatlam zinchlanib, asfalt quyildi. Undan kyin ikkilamchi 6 sm. asfalt qatlami yotqizildi va uni buzulmasligi uchun 320 mm mayin tog‘ massasi tushalib , shundan kiyin 1,5 – 1,8 m. misning yirik o‘lchamli xom oshyosi yotqiziladiki u havo airatsiyaning yaxshi bo‘lishini va mahsulot eritmasining sizib o‘tmasligini ta’minlaydi.

Tudani shakillantirishning asosini tashkil etishning soddalashtirilgan, ishonchli usuli quyidagicha deb sanaladi:

O‘smlik qatlamini yuqotish,maydonni zichlash, 0,6 m. tuproq qatlamini yotqizish va uni mustahkamlash.

Uyumni asosini shakllantirish uchun odatda chuqur tayyorgarlik ko‘riladi.

Masalan: «Blyuberd» (AQSH) ruda konida dastlabki yillarda uyumning asosi quyidagicha tayyorlandi: buldozer bilan o‘simlik qatlami surilib, maydon birmuncha qiya holatiga keltirilib, tuproq ustiga beton yotqizildi va bitumlandi shundan sung graviya qatlami yotqizildi va unga polietilen quvrlari o‘rnatildi.



2. Mikroorganizmlarni ishlatish orqali uyumlardan va tudalardan misni, uranni, va oltinni ajratib olish jarayoni texnologiyasi hozirda chuqur o‘zashtirilgan. Ayniqsa mis rudalarini uyumda kimyoviy yoki bakterial kimyoviy tanlab eritish keng yoyilgan. Faqat AQSH ning o‘zida 15 dan ortiq korxonada 5000 mln.t massali tuda va uyumlarda bakterial- kimyoviy tanlab eritish qo‘llanmoqda.

Hozrgi vaqitda misni uyumlarda tanlab eritib ajatib olish texnologiyasi buyicha chet ellarda va vatanimizda etarlicha tajriba to‘plangan va u mis xomoshyolarini qayta ishlashda mustaqqil jarayon sifatida yoki boshqa jarayonlar bilan mutonosiblikda qo‘llanmoqda.

11. tabl. da oxirgi yillardagi ishga tushurilgan misni bakterial tanlab eritish sanoat qurilmalarida amalga oshirilayotgan natijaviy ko‘rsatgichlari keltirilgan.

Jadval 11

Misni uyumda bakterial –kimyoviy tanlab eritish sanoat qurilmalari



Qurilma

Davlat

Ishga tushgan yili

Rudadagi mis miqdori %

Mis I/CH unmdorligi, t/sutka

La Aguire

Chili

1980

1,5

16,0

Mt. Leyshon

Avstraliya

1995

0,15

1,37

Cerro Colorado

Chili

1993

1,4

16,0

Ceirrilambone

Avstraliya

1993

3,0

2,0

Ivan

Chili

1994

2,1

1,5

Quebrado Blanca

Chili

1994

1,3

17,3

Andacollo

Chili

1996

1,0

16,0

Dos Amigos

Chili

1996

2,5

3,0

Cerro Verde

Peru

1996

0,7

32,0

Zaldivar

Chili

1998

1,4

20,0

SLK Copper

Myanmi

1998

1,25

15,0

Misni sanoat miqyosida uyumda tanlab eritish orqali ajratib olish 400 yillik tarixga ega. 1497 - 1566 yillarda shimoliy Vengeriyada misni sementatsiya yo‘li bilan ajratish, sug‘orish sistemalarini tashkil etish amalga oshirilgan. 1725 yillarda Ispaniyaning Rio-Tinto konida 1,5% mis va 45% piritni briktirgan mis rudalarini majburiy (prinuditelnoe) uyumda tanlab eritish qo‘llanilgan va hozrda ham amal qilmoqda. Rossiyada misni uyumda tanlab eritish 1874 – 1934 yillarda Kedabek ruda konida amlga oshirilgan. Bu jarayon Belorechensk, Pыshminsk, Blyavinsk, Nikolaevsk, Volkovsk, Kounradsk va O‘zbekistonda O‘zbekston ruda konlarida amlga oshirilgan. Tanlab eitish usulida misni ishlab chiqarishning asosiy qismi AQSH ga to‘g‘ri keladi. Yiliga 3,5 dan 70 ming t. gacha mis i/ch yirik sanoat qurulmalari faoliyat yurutadi (Bingamsk Kanon, Silver Bell, Byut, Bagdad, Bisbi va b.) shular jumlasiga kiradi.

Uyumda tanlab eritish qurilmalari eritmalarida odatda Fe2+, So va sulfid minerallarini oksidlavchi 104 dan 107 xujayra/ ml bakteriya bo‘ladi. Bu mikroorganizlarning asosiy turi A.ferrooxidans hisoblanadi.

Tuda va uyumlarning 5-8m chuqurligigacha mikroorganizlarning tarqalgani bu chuqurligigacha kislorodning etib borishi bilan tushuntiriladi. Etarlicha aeratsiyalanuvchi tudalar va uyumlarning butkul hamma qismlarida

mikroorgnizmlarning borligini aniqlangani, oksidlanish jaroyonining mikroorganizmlar ishtirokida kechayotganligidan darak beradi.

Uyumda tanlab eritiladigan mis rudalarida misning miqdori 0,1-0,4% ni tashkil qilib, bu rudalarni ananoviy boyitish usullarida qayta ishlash rentabelli hisoblanmaydi.

Uyumda bakterial tanlab eritish jaroyoniniga ko‘plab omillar tasir ko‘rsatadi ularning asosiylari quyidagilar:

- rudaning va minerallarning tarkibi ;

-rudaning g‘ovakligi ,qattiqligi, yirikligi;

- rudaning karbonatliligi va tuproqliligi ;

- atrof muhitning harorati;

- uyumning aeratsiyasi va utkazuvchanligi ;

-erituvchi va mahsulot eritmalarining tavsifi;

(sulfat kislotasi kotsentratsiyasi, temirning kotsentratsiyasi. OQP kattaligi, eritiladigan metalllning miqdori, Erituvchining hajmi)

-yillik yog‘ingarchilik miqdori;

- oksidlash va eritishda ishtirok etuvchi bakteriyalar aktivligi v konsentratsiyasi;

- tanlab eritish maydoning geologik va gidrogeologik xarakteristikasi;

-uyumni asosini, tashkil etish usuli;

-sug‘orish usuli va erituvchining berilish tartibi;

-uyumning kattalik o‘lchami;

-tanlab eritish usuli (davriy yoki uzluksizligi);

-nazorat usuli;

-mahsulot eritmasidan metallni ajratib olish usuli va uninregeneratsiyasi;

- atrof muhit muhofazasig quyilgan talab;

Hozrgi kuda tudada ,uyumda tanlab eritishni ikkiga farqlanadi. Ular sof kimiyoviy yoki bakterial–kimiyoviy bo‘lishi mumkin. Kimyoviy yoki sulfat kislotada tanlab eritish mis minerallarining 70% va undan ortiq miqdori oksidlangan bo‘lsa qo‘llaniladi.

Misni bakterial – kimyoviy tanlab eritish esa rudadagi misning 70% dan ortig‘i sulfidli holatda bo‘lsagina samarali sanaladi.

Uyumda talab eritishga har taraflama mos keluvchi mis rudalari quyidagi uziga mos xususiyatlari bilan ajraladi:

-mis rudasidagi misning asosan oksidlangan bo‘lishi va ikkilamchi sulfid minerallari shaklida bo‘lishi.( azurit, malaxit, broshantit, kuprit, biryuza, bornit, kovellin i xalkozin);

-rudadagi sulfid minerallarining mikroorganizmlar o‘sishi uchun etarli bo‘lishi;

- sulfat kislotali eritmalarda oson eriydigan temir minerallarining borligi (mas. limonit );

-ruda tarkibida uyum yoriqlarini bekituvchi ,utkazuvchanlikni pasaytiruvchi mayin tuproqli minerallarning (montmorillonit, kaolinit, galluazit) miqdori kam bo‘lishi (fizikoviy kolmatatsiya); va h.

Uyumda tanlab eritish texnologiyasini uyushtirish quyidagilardan iborat:

-maydonni tanlash va tayyorlash;

-uyumni shakllantirish va yig‘ish;

-uyumni sug‘orish usulini tanlash;

-mahsulot eritmalarini yig‘ish sistemasini tashkil etish;

-eritmadan metallni ajratishning effektiv usulini tanlash;

- erituvchining regeneratsiyasi sistemasini tashkil etish;

-jarayonni nazorat qilish va boshqarish usullari;

Uyumda tanlab eritish qurulmasining suv utkazmaydigan asosini tashkil etish rudani tanlab eritishga tayyorlashning asosiy jaroyonlaridan biri sanaladi. Bu asos quyidagi talablarga javob berishi kerak:

etrarlicha mexnik qattiqlikka ega bulishi;

eritmalarni o‘tkazmasligi , ishchi eritmalarni nazoratsiz zonalarda yuqotilmasligi uchun etarlicha gidroizolyasiyalangan bo‘lishi ;

-mahsulot eritmalarini to‘lig‘icha yig‘ishni ta’minlashi lozim.

Hozirgi kunda ruda uyumlari maxsus tayyorlangan maydonlarda shakllantriladi. Uyum asosini tashkil qilish uchun materiallarni tanlash qo‘llanadigan jarayon turi bilan bog‘liq ravishda –bir yoki ko‘p marotaba ishlatilishi hisobga olinishi kerak.Maydonning hajmi, zarur materiallarning mavjudligi, tannarxi, atrof muhit muhofazasi talablari inobatga olinadi. Uyum asosini qurishda ekranlavchi qatam sifatida er, tuproq ,qum, beton, asfalt, polietile yoki polixlorvinil plenkasi ishlatiladi. Mustahkamlikni oshirish uchun materiallar orasiga amortizatsiya qatlami qum, drenaj qatlami va graviya yotqiziladi.

Uyumda tanlab eritish texnologiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

Maydonni tanlash va tayyorlash;uyumni shakllantirish va taxlash suv qo‘yish usulini tanlash;mahsulot eritmalarini yig‘ish sistemasini yaratish;metallarni eritmalardan ajratish usulitanlash;erituvchilar eritmalarni regeneratsiyalash;jarayonni nazorat qilish va boshqaruv usulini tanlash.

3 Uyumlarni va tudalarni sug‘orish usulini tanlash eritiladigan rudaning mineralogik tarkibi, uning granulometrik tavsifsi, ruda massasining filtrlash xususiyatlari, tudaning balandligi, sug‘orish maydoni, klimatik sharoiti va b. aniqlanadi. Hozrgi vaqitda sug‘orishning uchta usuli qo‘llaniladi: bostirib (buktirib) sug‘orish, sachratib sug‘orish, va tomchilatib sug‘orish bo‘lib ulardan keng tarqalgani tomchilatib –sachratish usulidir.

11.1 rasmda balansdan tashqari mis rudasidan misni uyumda tanlab eritish sxemasi keltirilgan

11.1. rasm. Balansdan tashqari mis rudasidan misni uyumda tanlab eritish sxemasi

1 – tuda; 2 – drenaj arig‘i , 3 – hovuz tindirgich;

4 – sementatsiyalovchi qurulmaning asosiiy eritmalari tindirgichi ;

5 – nasoslar; 6 – barabanli sementator; 7 – quyultirgich;

8 – chiqit eritmalari rezervuari 9 – bug‘latish maydoni; 10 – sementatsiyada ajratilgan misni quritish maydoni; 11 – sementatsiyalangan mis.



Takrorlash uchun savollar:


  1. Download 7,64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish