3.Siyosiy iqtisod, ekonomiks va Iqtisodiyot nazariyasi talqinlari.
Iqtisodiyot nazariyasi uzining predmeti, metodologiyasi, tuzilishi va amaliy xulosalari bilan siyosiy iqtisod fanidan farklanadi. YUkorida ta’kidlaganidek, siyosiy iqtisodning predmeti kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ayriboshlash,taksimot va iste’mol jarayonlaridagi ishlab chiqarish munosabatlaridan iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasi esa ishlab chiqarish munosabatlarining uzinigina emas, balki ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chikaruvchi kuchlar bilan boglangan xolda urganadi. Chunki, ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiyoti bu munosabatlarning ishlab chikaruvchi kuchlar bilan boglikligi va bir biriga ta’sir etishining natijasidir.
Ma’lumki, ishlab chikaruvchi kuchlar oldin rivojlanadi va bu rivojlanish yangi ishlab chiqarish munosabatlarining paydo bulishiga, ularning tarakkiy etishiga, shuningdek, eski ishlab chiqarishning munosabatlarining tugallanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish munosabatlari muvofik bulsa, ishlab chikaruvchi kuchlarning usishi faol ijobiy ta’sir kursatadi, muvofik kelmasa, uning usishiga tuskinlik kiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish usulini, ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chikariuvchi kuchlarga boglangan xolda urganadi.
Avvalo “Ekonomiks” fani cheklangan resurslar asosida jamiyatning va insonning cheksiz extiyojlarini ta’minlash masalalarini urganadi. “Ekonomiks”da aynan inson va uning extiyojlari markaziy muammo xisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi uz navbatida iqtisodiy xodisalar, qonunlarni urganib, ularni ob’ektiv xarakterini ta’kidlaydi.
Ikkinchidan, “Ekonomiks” fani Qiymat nazariyasida marjinalizm okimi tarafdorlarining nuktai nazaridan kelib
chikib, Qiymatni sungi maxsulot bilan, baxoni esa talab va taklifning uzaro bir-biriga muvofik kelgan vaziyatlarda (kesishish nuqtasida) belgilaydi.
Iqtisodiyot nazariyasida esa kiumat nazariyasi bilan aniqlanadi. Keyingi davrlarda juda kup iqtisodchi olimlar U.Petti, D.Rikardo, Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, G.P.Juravlevalar raxbarligida yaratilgan “Umumiy Iqtisodiyot nazariyasi” (Siyosiy iqtisod) darsligida fan predmeti professor Dobro’nin fikricha kuyidagicha ta’riflanadi: Umumiy Iqtisodiyot nazariyasi- bu ijtimoiy fan bulib, kishilar va guruxlarning extiyojlarini kondirish maksadida cheklangan va rakobat tugdiradigan resurslardan foydalanib, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taksimlash, ayriboshlash va iste’mol kilish xatti-xarakatlarini urganadi.
Mualliflarning barchasi ushbu fikrni kabul etadilar. Professor V.D.Kamaev taxririda yaratilgan yana bir “Iqtisodiyot nazariyasi asoslari” nomli darslikda yukoridagi xolat, bizningcha, adolatli tankid etiladi. Xakikatdan xam, Qiymatning yagona aniqlash mezoni bulgan “ijtimoiy, zaruriy mexnat” va “sungi maxsulotni” uzaro bir nazariyaga birlashtirish mushkuldir.
Ayni paytda bu kitobda noiqtisodiy oliy ukuv yurtlari talabalari uchun “Ekonomikm” fanini Iqtisodiyot nazariyasi fani sifatida kabul etishni ta’kidlaydi. Moskva Davlat Universiteti iqtisodchilari tomonidan nashr etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi kursi” darsligida: “Iqtisodiyot nazariyasi predmeti-jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlardir” deb umumiy ta’riflandi hamda “Iqtisodiyot nazariyasi-bu jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar tugrisidagi fan” deb talkin etiladi.
Xozirgi vaktda juda kup mamlakatlarda Iqtisodiyot nazariyasi kabul kilinmokda va oliy ukuv yurtlari darsliklarida xam shu nom ishlatilmokda.
Amerikaning mashxur iqtisodchisi, olim P.Samuelson uzining “Iqtisodiyot”(Ekonomika) kitobida bu fan predmeti xakida kuyidagicha ikki fikrni keltiradi:
Birinchidan, Iqtisodiyot nazariyasi, ayriboshlash, turli bitimlar bilan boglik iqtisodiy faoliyat turlari xakidagi fandir.
Ikkinchidan, Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, tirikchilik mablagini topishi, undan foydalanishi tugrisidagi fandir. YUkridagi fikrlarni urganar ekanmiz, fan predmetini va uning yaratish ob’ektini aniqlashda tubandagi ilmiy koidaning mazmunini nazarda tutish e’tiborga molikdir: “xar kanday xarakatning urganilishi uni nima maksadda amalga oshirilishiga boglikdir”. Bu uz navbatida fan predmeti va uning ob’ekt chegaralarini aniqlashda muximdir.
Ayrim xollarda predmetning shakillanishi uni xarakterlanishida shubxa tugdiradi. Ba’zida fanning urganish vaziyatlari uning Tashqil topgan tuzilishini va murakkabligini isbotlaydi. SHu bois predmet mazmuni-bu mavjud ob’ekt va sub’ekt munosabati mushoxadasining zarur provard dialektikasidir.
YUkorida kayd etilganidek, Aristotel “Iqtisodiyot” va “xrematistika” tushunchalarini farkladi. “Iqtisodiyot” tushunchasida foydali buyumlar yigindisini boylik ma’nosida talkin etsa, “xramatistika” suzida pul jamgarilishini boylik ma’nosida xisobladi. A.Smit siyosiy iqtisodni boylik tugrisidagi fan deb talkin etdi.
Siyosiy iqtisod-deb takidlaydi A.Smit -davlat arbobiga yoki qonunchiga zarur bilim tarmogi sifatida uz oldiga xalqning va davlat boshligining boyishini maksad kilib kuydi.
K.Marks esa, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sharoitida insonlararo mavjud buladiga ishlab chiqarish, taksimot, ayriboshlar va iste’mol munosabatlari sifatida bildi.
Aynan merkantelizm nazariyasi asosida Iqtisodiyot nazariyasi predmeti maxsulotning “foydalilik” va “cheklangan foydalilik” ni farklanishi xisobiga Qiymat buyumning cheklangan foydaliligi bo’yicha aniqlana boshladi.
A.Marshallning 1890 yili chop etilgan “Iqtisodiyot fani tamoillari” kitobida keltirilgan ta’rif kupchilik iqtisodchi olimlarni jalb etdi. CHunki, “Iqtisodiyot nazariyasi-bu bir tomondan boylik tugrisidagi fan, ikkinchi jixatdan esa jamiyatdagi insonlari faoliyati xakidagi ijtimoiy fanning bir bulagi bulib, insonlar extiyojlarini ta’minlash bo’yicha urinishlarni belgilangan chegaralarda, boylikning birligi yoki uning umumiy vakili pul bilan xisoblashdir”.
Dj.M.Keynsning “Balandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarning kashf etilishi Iqtisodiyot nazariyasida makroIqtisodiyot bulimini, ya’ni, iqtisodiy tizmni bir butun yaxlit urganish uchun yunalish buldi. MakroIqtisodiyot barkarolrligiga erishish borasida M.Fridmen, A.Laffer kabi olimlar “Monetarizm” maktabi davlat iqtisodiy nisbati samaradorligi kabi munosabatlar urganilishini ilgari surdi. Ayniksa, K.Ayres, Dj.K.Gelbreyt, U.Mitchell tomonidan asos solingan isntitutitsionalizm yunalishi va undagi iktisoliyot nazariyasi va Tashqil etish nazariyasi, Iqtisodiyot nazariyasi va tarix yoyinki xukuk, Iqtisodiyot nazariyasi va psixologiya kabi oralik shaklidagi fikrlar Iqtisodiyot fanini shakllanishida uz ta’siriga ega buldi.
4.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va taxlil uslublari.
Bugungi davrda juda kup iqtisodchi olimlar iqtisodyot nazariyasini boylik tugrisidagi fan sifatida urganmokdalar. Jumladan, Ukraina iqtisodchisi V.N.Tarasevich “Fundamental Iqtisodiyot fani boylik tugrisidagi fandir va shunday fan bulib koladi” deb ta’kidlamokda.
YUkorida kayd etilgan ta’riflarni xulosa kilganda Iqtisodiyot nazariyasi predmeti sifatida turli-tuman, xatto bir-birlaridan ancha farklanuvchi ta’riflar mavjudligini tubandagicha guruxlarga ajratish mumkin:
boylik tugrisida;
insonlarni moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taksimot, ayirboshlash va iste’mol kilish tugrisidagi munosabatdir;
iqtisodiy munosabatlar;
cheklangan resurslardan jamiyat a’zolarini usib boruvchi extiyojlarini ta’minlash;
avvalo, boylik xakida, ikkinchidan insonlar extiyojlarini kondirish bo’yicha urinishlarini muayyan belgilangan chegaralarda, boylikning birligi yoki uning umumiy kurinishi pul bilan xisoblashdir.
SHunday kilib, xakikatdan xam Iqtisodiyot nazariyasi fanining bugungi davrdagi predmeti uta munozarali bulib, uni tugri aniqlash juda muximdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligini birinchi bulib yozgan O’zbekiston iqtisodchi olimlari M.SHarifxujaev va A.Ulmasovlar nashr kilgan kitoblarida: “Iqtisodiyot nazariyasi - jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy xodisalar, jarayonlar, ularga xos bulgan aloqa-boglanishlarni, ularning qonun-koidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bulishini urgatuvchi fandir”- deb ta’riflashadi. Albatta bu - ta’rif xam siyosiy-iqtisod bilan “Ekonomiks” fanlarini birgalikdagi sintezini ifodalaydi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmetini aniqlashda shu narsani esdan chikarmaslik kerakki, Iqtisodiyotning kupgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar tomonidan, ya’ni sanoat Iqtisodiyoti, savdo Iqtisodiyoti, agroIqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikroIqtisodiyot, makroIqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan urganiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya solik va solikka tortish, kredit, pul muomilasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, Tashqi iqtisodiy aloqalar,buxgalteriya xisobi, xujalik faoliyati taxlili kabi fanlarda urganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas boglik xolda amal kiladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va urganadi. Lekin Iqtisodiyot nazariyasi aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosiy xisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yunalish beradi. Ularning xammasi uchun umumiy bulgan ilmiy tushunchalarni, qonun-koidalarini, ularning aloqadorliklarini va uzaro ta’sirini aniqlab beradi.
Mana shularni xisobga olib, xozirgi bozor Iqtisodiyoti sharoitidan kelib chikkan xolda “Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz extyojlarini kondirish maksadida moddiy is’temolarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taksimlash, ayriboshlash va iste’mol kilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ijtimoiy xujalikni samarali yuritish qonun-koidalarini urganishdan iborat”- deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nuktai nazaridan kelib chikib, uning maksadi va vazifasini xam aniqlash mumkin. Uning maksadi va vazifasini aniqlashda xam amaliy, xam nazariy tomonlarini farkli xolda xisobga olish lozimdir.
Amaliy Iqtisodiyotning asosiy maksadi iqtisodiy usishni ta’minlash va shu asosda usib boruvchi extiyojlarni kondira borishdan iborat. SHu maksaddan kelib chikib uning vazifasini cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, uning xar bir birligi evaziga kuprok tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kursatishni ta’minlash, resurslardan yanada unumlirok foydalanish yullarini topishdan iboratdir. Bundan tashkari uning vazifasiga shuningdek axoli bandligini ta’minlash, pul kadrsizlanishini, oldini olish, axolini ijtimoiy ximoya kilish yullarini kursatib berish xam kiradi. SHularni aniqlash asosida davlatning ichki va Tashqi iqtisodiy siyosatini asoslab berishdan iboratdir.
Bu fanning nazariy maksadi esa, xarkanday iqtisodiy jarayonlar, xodisalarni ilmiy nuktai nazardan kuzatish, ularning ichki boglanishlarini, ziddiyatlarini, qonun-koidalarini ilmiy asosda urganishdan iborat. SHu asosda uning nazariy vazifasi talabalarga, iqtisodchi mutaxasislarga hamda Iqtisodiyot bilan kizikuvchi xarkanday xodimlarga ilmiy asoslangan bilim berishidan hamda urgatishdan iborat. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek Iqtisodiyot nazariyasi “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlarni shakillantirish, ularni dunyo karashini uzgartirish” bu fanning asosiy vazifasi xisoblanadi. (O’zbekiston buyuk kelajak sari T.1999 y. 187 bet.)
Xar bir fan kabi Iqtisodiyot nazariyasi fani xam uzining predmetidan xam vazifalaridan kelib chikib, uzining ilmiy bilish usullariga ega buladi. Unday uslublar bulib ilmiy abstraktsiya uslubi taxlil va sintez, mantikiylik va tarixiylikning birinchi uslubi, statistik takkoslash va xisoblash uslubi, matematik xisoblash va modellashtirish uslubi va boshka uslublar mavjuddir. Ulardan eng muximi ilmiy abstraktsiya uslubidir. Ma’lumki iqtisodiy jarayonlarning moxiyati, uzgarishini urganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bulmaydi. SHuning uchun xam ilmiy abstraktsiyalash usuli bosh urin tutadi. Bu usul iqtisodiy xodisalarni ularga ta’sir etuvchi ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxlil etib, urganilayotgan jarayonning asl moxiyatiga e’tiborni karatib, ularni nazariy umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul yordamida urganilayotgan iqtisodiy xodisalarning tabiatini ularga qonuniyatlarini bilib olishadi.
Taxlil va sintez usulida esa, avvalo urganilayotgan bir butunni aloxida kismlarga ajratib, ularni izchillik bilan taxlil kilishadi, sung urganilgan kismlardan olingan xulosa va natijalarni yaxlit jarayon sifatida karab umumiy xulosa chikariladi. Iqtisodiy tizim umumiy xolda butuncha tasvirlanadi. Bunday uslubda, Iqtisodiyot nazariyasi fani umuminsoniy bulgani uchun unda mantikiylik va tarixiylikning birligi usuli xam keng kullaniladi. Bunda tarixiylik fanini tarixiy rivojlanish nuktai-nazaridan tadkikot olib borishni tavoze kilib, unda iqtisodiy jarayonlar tarixan rivojlanib, uzgarib turuvchi deb karaladi. Masalan, pul-mantikiy usul bilan uning moxiyatini bilinsa, tarixiylik asosida Qiymat shakillarining kelib chikishi, pulning vazifalari aniqlanadi.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jixatdan taxlil kilishda taqqoslash, statistik, matematik hamda grafik usullardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, xozirgi davrda grafik usulni, shuningdek matematik, modellashtirish usullarini keng uzgartirish va kullash zaruriy usib bormokda. Bu usllar yordamida iqtisodiy jarayonlar va xodisalarning mazmunini, ulardagi uzgarishlarni, kelib chikish sabab-okibatlarini bilish mumkin buladi.
Bulardan tashkari Iqtisodiyot nazariyasi fanidan eksperiment usuli xam qullaniladi. Ayniksa xozirgi iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish payitida eksperiment aloxida uringa ega. CHunki iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish uchun ilmiy tajriba, eksperiment utkazish, xisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yunalishlarni ishlab chikish, zarurdir.
Yuqoridagi barcha uslublarni kullashda dialektik materializimning printsiplariga asoslaniladi. Ya’ni iqtisodiy jarayonlar va xodisalar doimo bir-birlari bilan aloqada, chambarchas bogliklikda, uzaro ziddiyatda, shuning bilan birga ular doimo xarakatda, rivojlanishda, mazmun va shakil jixatdan uzgarib turishda deb koraladi. Shuningdek, xarkanday iqtisodiy jarayonlar va xodisalar doimo oddiydan murakkablikka, son jixatdan uzgarishlar tuplana borib, sifat jixatdan uzgarishga olib kelishini xisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |