Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet26/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

2 . Asosiy hisoblamalar tizimi


Hisoblamalar M HTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo'jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtiso­ diy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo'lishi mumkin.
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy ope-


ratsiyalarga tegishli bo‘lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar gu- ruhiga tegishli bo'ladi, masalan, iste’mol, jamg'arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo'lmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi ixtiyoriy ravishdagi o'zaro bog'lanish nazarda tu ti- ladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong'in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o'zgarishini aks ettirishi mumkin.
Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar — iqtisodiy jarayonlar har xil tomonlarini aks ettiruvchi har xil analitik jamlovchi ko'rsatkichlar ham bo'lishi mumkin. Bu ko'rsatkichlarning ko'pchiligi, masalan, qo'shilgan qiymat, jamg'arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki re- surs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish qismi orasi­ dagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo'gan ko'rsatkichlar: masalan, Y alM , milliy daromad, milliy boylik kabi ko'rsatkichlar agregat ko'rsatkichlar bo'lib hisoblanadi.
Tuzilishi bo'yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o'xshaydi. Ular T-formasiga ega bo'lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba’zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi m odda so'ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo'lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo'yicha» balanslashtiri- ladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. Shunday hisoblamalardan biri «tovar va xizm at­ lar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizm atlam i har xil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste’mol, jam g 'arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi m odda
bo'lmaydi. Ammo agar m oddalar to 'g 'r i aniqlansa,


hisoblama avtom atik ravishda balanslashadi. Agar balan- slashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo‘1 qo'yilgan bo‘ladi.
M HT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo'ladi: resurslar va resurslardan foydalanish (bunda buxgalteriya hisobidagi debet va kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig'indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig'indisiga teng bo'lishi shart.
M HTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
— iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
— iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
— ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
— butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig'ma hisoblamalar).
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o'z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
—joriy hisoblamalar;
—jam g'arish hisoblamalar;
— aktivlar va passivlar balanslari.
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
— ishlab chiqajish hisoblamasi;
— daromadlarni hosil bo'lishi;
— daromadlarni birlamchi taqsimlash;
— daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
— ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
— daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
— tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydala­ nish hisoblamalari.
Jam g'arish hisoblamalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
— kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;


— moliyaviy hisoblama;
— aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblama-
lari;
a) aktiv va passivlardagi boshqa o ‘zgarishlar hisoblama-
lari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
— davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
— davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Endi har bir joriy hisoblamalarni ko‘rib chiqamiz:



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish