141
Bu darajadagi tillar kompyuter texnik ta‘minotining rivojlanishi bilan bog‘liq va o‘z tarixiga
ega.
Dastlabki bu darajadagi til
Plankalkyul
deb nomlanib, u
1946 yilda
nemis olimi
Konrad
Suze
tomonidan yaratildi.
Yaratilish yili
Тil nomi
1946
Plankalkyul
1949
Qisqacha kod
1950
―Edsak‖ assembler tili
1950
AO
1953
Avtokod
1955
―Тez kodlash‖
1956
F-2, Flou-metik
1957
IPL-1, Mat-metik
1958
Fortran
1959
Algol 58, APL, LISP,
Kobol
1960
Algol 60
1964
PL/1, Basic
1965
Algol W
1967
Logo
1968
Algol 68
1969
APL
1970
Pascal
1971
Fort
1972
Prolog, Si
1979
Ada
1980
Smoltok
1981
Modula-2
Dasturlash tillari darajalarini quyidagi kriteriyalar bo‘yicha ajratish mumkin:
mashina tili;
assembleplar;
yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Mashina tili va assemblerlar – quyi darajadagi
dasturlash tillari hisoblanadilar. Bu tillar
yordamida dastur tuzilganda ma‘lumotlarni qayta ishlash
Yuqori darajadagi dasturlash tillari quyidagi turlarga bo‘linadilar:
Algoritmik
(Basic, Pascal, C va b.);
mantiqiy
(Prolog, Lisp i dr.);
Obyektga yo‘naltirilgan
(Object Pascal, C++, Java i dr.);
3. Тranslyator, kompilyator va interpretator
Тranslyator
(ingl.
Translator
— tarjimon) – biron-bir yuqori dasturlash tilida tuzilgan
dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi dastur-tarjimon.
Тranslyatorlar kompilyator va interpretator ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Kompilyator va
interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi.
Kompilyator
(ingl.
compiler
— yig‘uvchi)
dasturni
to’laligicha
o‘qiydi va uni tarjima qiladi
(mashina tiliga o‘giradi).
Masalan:
Turbo Basic
va
Turbo Pascal 7.0
dasturlash tillari –
kompilyator
hisoblanadi.
142
Interpretator
(ingl.
interpreter
— izohlovchi, og‘zaki tarjimon)
dasturni tarjima qiladi va
satrma-satr
bajaradi.
Masalan:
Quick Basic
dasturlash tili –
interpretator
hisoblanadi.
Dastur kompilyatsiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur va kompilyatorga
ehtiyoj qolmaydi. Masalan,
info.bas
fayli kompilyatsiya qilingandan so‘ng
info.exe
fayliga
o‘zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz ham ishlashi mumkin. Agar
info.bas
faylini interpretator
qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi uchun interpretator ishga tushishi shart. Shu
sababli
kompilyator
va
interpretatorlarning
ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi.
Kompililyatsiya
qilingan dasturlar tezroq ishlaydi,
lekin
interpretatsiya
qilinayotgan
dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.
Har bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyatsiya yoki
interpretatsiyaga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan,
Paskal
dasturlash tili o‘ta murakkab
masalalar dasturini tuzishga mo‘ljallangan bo‘lib, bunday masalalarni yechish uchun esa dastur
bajarilishi tezligi yuqori bo‘lishi talab qilinadi.
Beysik
dasturlash tili esa dasturlashni o‘rganuvchi va bu sohaga ilk qadam bosayotganlar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr amalga oshirilganligi sababli
boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.
Ba‘zida bitta
dasturlash tili uchun ham
kompilyator
, ham
interpretator
mavjud. Bunday holda
dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan foydalaniladi, so‘ng esa dastur ishini tezlashtirish
uchun esa bu fayl kompilyatsiya qilinadi.
Masalan:
QuickBasic 4.5
va
Visual Basic 6.0
dasturlash tillari –
interpretator + kompilyator
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: