Ilmiy ta’lim fanining nazariy metodologik asoslari, ilmiy faoliyat tushunchasi va uning boshqa sohalarda ahamiyati



Download 245,14 Kb.
bet21/32
Sana27.01.2023
Hajmi245,14 Kb.
#903481
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
ilmiy ta\'lim test javoblari (1)

39. Kasb hunar ta’limi uchun maxsus fanlardan elektron darslikni yaratish jarayonida psihologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik va ergonomik talablar qo’yiladi. Elektron darslik ham bosma darslik, o’quv va uslubiy qo’llanma kabi ananaviy o’quv nashrlariga qo’yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Didaktik talablar talim berishning spetsifik qonuniyatlariga va mos ravishda o’qitishning didaktik tamoyillariga mos kelishi kerak. Quyida maxsus fanlar bo’yicha yaratiladigan elektron darslikka bo’lgan talablar keltirilgan: O’qitishda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarni so’ng’i yutuqlarni hisobga olish, o’quv materiali mazmunining etarlicha chuqurligini, ishonchliligini
ta’minlaydi. O’quv maternalining elektron darslik yordamida o’zlashtirish jarayoni o’qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish. abstraktlash. umumlashtirish, yaxlitlantirish, o’xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish uslubi, shu bilan birga matematik modellashtirish. shuningdek tizimli tahlil usullari.
2. O’qitishning erishuvchanlik talablari elektron darslik vositasida amalga oshiriladi va talabalar yoshiga va individual xususiyatlariga xos holda o’quv materialini o’rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruriyatini bildiradi. O’quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, unda ta’lim oluvchi bu materialni egallashta ojizlik qiladi. O’qitishning muammoviyligini ta’minlash talablari maxsus fanlarni o’qitishda qo’yiladigan asosiy talab bo’lib, ta’lim olish faoliyatining tavsifi va mavjudligi bilan shartlashtirilgan. Agar o’quvchi muammoli vaziyatga duch kelsa. uni mustaqil echishga harakat qilsa, uning ijodiy qobiliyati va fikrlash faolligi o’sadi. Ushbu didaktik talabni bajarilish darajasi an’anaviy darsliklar va o’quv qo’llanmalaridan ko’ra, elektron darslik yordamida sezilarli darajada yuqori bo’lishi mumkin.


40. Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D.lar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun D.lar va talabalar uchun D.lar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan D.lardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan D.lardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.D.lar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli oʻquv yurtining dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda oʻquvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. D.lar taʼlimtarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, yaʼni bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, oʻquvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. D.ning tili ravon va tushunarli boʻlishi, oʻquvchilar nutqining oʻsishiga yordam berishi lozim.D.lar tarixi kadim zamonlardan boshlanadi. Sharkda, xususan Furot va Dajla daryolari oraligʻida yashagan qad. shumerlar davrida sopol taxtachalarga bitilgan matnlar mil. av. 2-ming yillikka oid boʻlib, ular „qoʻllanma“ va „daryoliklar“ vazifasini oʻtagan. Keyinchalik boshqa sharq xalqlarida, ulardan keyin esa kad. dunyoda papirus yoki pergamentga bitilgan qoʻlyozma oʻquv kitoblari vujudga kela boshlagan va ular maʼlum bir sohaga, kasbga oʻrgatish uchun asosiy manba vazifasini oʻtagan. Kitob nashr etish ishi yuzaga kelgach, D. lar hammabop boʻla boshladi. Ped. va psixologiya fanlarining taraqqiyoti bilan D.larning mazmuni va metodik tuzilishi tobora mukammallashib bordi.
Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bu yerda mavjud boʻlgan maktab va madrasalardagi taʼlimtarbiyaning asosiy mazmuni islom taʼlimotini oʻrgatishdan iborat boʻlgan va ularda arab, fors, eski turk tillarida yozilgan diniy kitoblar D. vazifasini oʻtagan. Bu D.lar Qurʼon oyat va suralaridan, boshqa diniy kitoblarning turli qism va parchalaridan iborat boʻlgan. Maktabxonalarda „Haftiyak“, „Chor kitob“ va b. kitoblar oʻqitilgan. Madrasalarda ham musulmon diniy qoidalari toʻplami — „Avvali ilm“ (fors tilida savol-javob tarzida tuzilgan), arab tili grammatikasiga oid „Bidon“, „Qofiya“ kabi qoʻllanmalardan foydalanilgan. Baʼzi madrasalarda talabalar qad. kitoblarni mustaqil oʻqib oʻrganishi natijasida geogr., astronomiya, tibbiyot va b. fanlarga oid ayrim maʼlumotlardan xabardor boʻla borganlar, mumtoz shoirlarning asarlari bilan tanishganlar.



Download 245,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish