Tadqiqot mavzusining dolzarb yoki mos kelmasligi qanday aniqlanadi?
Tadqiqot mavzusini shakllantirish uchun quyidagi savolga javob topish kerak: «Ilmiy ishni qanday nomlash kerak?». V.V.Krayevskiyning ta’kidlashicha, mavzuni ifoda qilishda muammo aks ettiriladi, bunda mavzu fanda maTimlikdan yangi bilimga harakatni aks ettirishi lozim. Mavzuni aniqlash uchun ilmiy muammoni yuzaga chiqarish va shakllantirish kerak, uning dolzarbligini isbotlash lozim. Tadqiqot mavzusi - bu qisqa ifodalangan muammodir. M antiqiy-metodologik aspektda “mavzu” (“sarlavha”) ilmiy ishning asosiy savolidir (Yu.A.Petrov). Misol: «Ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlar sifatining qanday invariant mezonlari mavjud?». Pedagogik tadqiqotning mavzusini aniqlash metodologik me’yorlari (metodologik kamchiliklar): « Amorflik, «protsessuallik», «butun olamga xos» tadqiqot mavzusi masshtabi». B a’zida mavzular “protsessuallik” tarzida shakllanadi»: «jarayonni o‘rganish», «takomillashishtirish», «tadqiqot», «tayyorlash», «muammolari», «butun olamga xos» tadqiqot mavzusi masshtabi: mavzuning tadqiqot obyekt maydoni (obyekt bilan emas!) bilan o ‘xshashligi: « 0 ‘quvchilarni chet tiliga o ‘rgatishning samarali metodlari»); tadqiqot mavzusini to‘g ‘ri ifodalash. • Tadqiqot usullarining tadqiqot mavzulari bilan o‘xshashligi: «tahlil», «jarayonni modelashtirish». • Ilmiy tadqiqot mavzusi jiddiy ravishda uning asosiy natijasi bilan aniqlanadi!
Tadqiqot muammosi nima? Tadqiqot muammosini qanday aniqlash mumkin?
Tadqiqot muammosi dolzarbligi asoslanadi. Tadqiqotchi quyidagi savolga javob berishi talab etiladi: «Nima uchun berilgan muammoni aynan hozirgi vaqtda o‘rganish zarur?» (V.V.Krayevskiy), ya’ni, hali loyihalash bosqichida potensial tadqiqot natijalarini zamonaviy kontekstda (kontekst dinamikasini hisobga oigan holda) ahamiyatli ekanligini, pedagogik nazariyani rivojlantirish va ta’lim amaliyoti samaradorligi va sifatni ta’minlashdagi o‘rnini asoslab berish. Tadqiqotning konkret muammosi dolzarbligini asoslash fanda muammoning ishlab chiqish darajasini baholashni nazarda tutadi. Masalan, asl manba (monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar) tahlili shuni ko‘rsatdiki, fanda ta’lim sohasidagi xalqaro ilmiy tadqiqotlar sifatini boshqarish modellari, shuningdek, invariant terminologik m a’noli maydonni ishlab chiqarishga yondoshuvlar ishlab chiqilgan (ishlab chiqilyapti va m a’qullanayapti). Lekin fanda ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlami baholashning invariant mezonlar tizimi ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan potensial tadqiqot muammosi quyidagi tarzda shakllanishi mumkin: ta’lim va fanning intematsionallashish kontekstida ilmiy-pedagogik tadqiqotlari sifatining invariant bahosi qanday? Pedagogika bo‘yicha dissertatsiyalar tahlili tadqiqot mavzusi va muammosi dolzarbligida bir qator yaqqol kamchiliklami yuzaga chiqarishga imkoniyat beradi: - faqat yo‘nalishning dolzarbligi asoslanadi, lekin tadqiqot mavzusi dolzarbligi asoslanmagan; - yo'nalish dolzarbligi va tadqiqot mavzusi ham rasmiy bayon qilinadi, shuning bilan birga yana bir holat borki, unda yo‘nalish dolzarbligi bahs-munozarali, lekin tadqiqot mavzusi fanda allaqachon ishlab chiqilgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |