11.1. Tinch davrda atrof-muhitnng zararlanish xavfi
Kimyoviy xavfli inshoot
- xalq xo’jaligi korxonasi bo’lib, faoliyat ko’rsatish davrida sodir
bo’lishi mumkin bo’lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy
zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
Kimyoviy zaharlanish maydoni
-ma’lum o’lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan
hududlar. Zararlanish manbai-kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi halokat tufayli
odamlarning, o’simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi.
Ta’sirchanlik
-kimyoviy modda xossasi bo’lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan
modda miqdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar).
Miqdori
-miqdor o’lchov birligi, g/m
3
yoki mg/l larda o’lchanadi. Kimyoviy xavfli
inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma’lum turlarga ajratiladi - miqdori, ta’sir
kuchi,
saqlash qonun-qoidasi va boshqalar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatadigan kimyoviy va radiatsion xavfli
inshootlarning asosiylari "O’zbekkimyosanoat" uyushmasiga qarashli korxonalar bo’lib, ular
Qo’qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bu
korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan "O’zgo’shtsut",
"O’zbeksavdo", "O’zqishloq xo’jalik" mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurgiya
korxonasi,
Mikond korxonasi, Toshkent lak-bo’yoq, to’qimachilik korxonalari, maishiy xo’jalik vazirligi
inshootlari (suvni tozalash) va boshqa korxonalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Hammasi bo’lib
Respublika hududida 200dan oshiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan
yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz
holatdagi
inson, hayvon sog’lig’i uchun zararli, kuchli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar turi ko’p. Bularga
misol
tariqasida ayrim moddalarni ko’rsatkichlarini quyida keltirilgan jadvaldan ko’rish mumkin.
Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko’ra kimyoviy xavfli
inshootlarda bo’ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarni atrof - muhitga
tarqalishiga quyidagi asosiy sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin:
• korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklar;
• foydalanilayotgan uskuna -jihozlarining eskirishi;
• moddalarni ishlab chiqarishda, saqlashda, tashishda yo’l qo’yiladigan xatoliklar;
• portlash, yong’in sodir bo’lishi, halokatlar tufayli;
157
• moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi
tufayli;
• chetdan olib kelingan texnologik jarayonni xavfsizlik talablariga to’liq javob
bermasligi;
• korxonada mehnat intizomini pastligi;
• mutaxassis va ishchilarning malakasi etarli emasligi;
• mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayon tizimini qo’llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |