Хфх лек Хосилбеков


 Chorvachilikda xavfsizlik talablari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/313
Sana01.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#301892
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   313
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

6.9. Chorvachilikda xavfsizlik talablari 
Qishloq xo’jalik chorvalariga xizmat ko’rsatishda xavfsizlik choralari. 
Chorva 
mollarining mahsuldorligini oshirish, ularning sog’lig’ini yaxshilash, yem-xashak tayyorlash va 
veterinariya  xizmatini  ko’rsatish  chorvadorlarning  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Bu 
masalalarning 
muvaffaqiyatli  hal  etilishi  keng  tarqaladigan  kasalliklarga  qarshi  o’z  vaqtida  profilaktika 
choratadbirlarni 
o’tkazish, hayvonlarni yaxshi parvarishlashga va boqishga bog’liqdir. Shuning uchun 
chorva mollari boqilayotganda gigiyena va mehnat xavfsizligiga rioya qilish, shuningdek 
diagnostika,  davolash  yoki  profilaktika  ishlarini  olib  borishda  ularni  harakatsizlantirib 
(fiksatsiya) 
qo’yish alohida ahamiyatga ega. Chorva mollarini parvarishlaganda elementar xavfsizlik 
choralariga rioya qilinmasa xizmat ko’rsatuvchi chorvador va hayvonlar jarohatlanishiga sabab 
bo’ladi. Shuningdek zoogigiyena va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik yoki uni 
bilmaslik  kishilarni  va  hayvonlarni  kasallanishga  olib  keladi.  Texnika  xavfsizligi  va  ishlab 
chiqarish 
sanitariyasi ishlarini tashkil etish, boshqarish va javobgarlik xo’jalik rahbarlariga, shuniigdek 
tarmoq bo’yicha hamma amaliy ishlarni bajarish bosh zoomuhandis va bosh veterinariya 
shifokoriga yuklanadi. Qoidaga muvofiq 18 yoshga to’lmagan va homilador ayollarni ayg’ir 
otlarga, erkak cho’chqalar va buqalarga xizmat ko’rsatishi qatiy man etshtadi. Qolgan chorva 
mollariga xizmat ko’rsatishga, tibbiyot ko’rigidan o’tgan va kasaba uyushmasi qo’mitasining 
ruxsati bo’lgan, 16 yoshga to’lgan o’smirlar qo’yiladi. Ferma yoki molxonada chorvador va 
zoovetmutaxassislardan  boshqa  shaxslar  bo’lishi  mumkin  emas.  Asov  mollar  boqiladigan 
kataklar 
yonidan  o’tishda  ulardan  ehtiyot  bo’lishlik  to’g’risida  ogohlantiruvchi  (ehiyot  bo’ling,  buqa, 
sigir 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


suzadi, ot tepadi, tishlaydi va boshq.) yozuvlar ilib qo’yiladi. Hayvonlar bilan har doim sekin va 
erkalash muomalasida bo’lmoq kerak. 
6.39-rasm. Hayvonlar bog’lab boqilganda bog’lagich turlari 
106 
Hayvonlar bog’lab boqilganda bog’lagich (zanjir, arqon va boshq) mustahkam bo’lishi, 
bog’laganda  sigir  bo’ynini  siqmasligi  kerak.  Veterinar  ko’rsatmalariga  ko’ra  suzadigan 
sigirlarning 
shoxlari olib tashlanadi. Sigir sog’ilayotganda dumi oyog’iga bog’lab qo’yiladi. Sut 
sog’uvchilarning shaxsiy o’rindiqlari qulay va mustahkam bo’lishi lozim. Buzoqlar guro’hli usul 
bilan emizilganda yuvosh sog’in sigirlardan foydalanish kerak. 
Buqalar boquvchi va atrofdagilarga xavf tug’dirmasligi zarur. Molboqar shu sohada o’qigan 
va xavfsizlik qoidalari bo’yicha attestatsiyadan o’tgan bo’lishi kerak. Attestatsiyani xo’jalik 
raxbarining  buyrug’i  bilan  tuzilgan  komissiya  o’tkazadi.  Buqa  boqiladigan  qo’ralarning 
balandligi 
1,5 m dan kam bo’lmagan metall qo’ra bilan o’ralgan bo’lishi lozim. Buqalar ikkita zanjir bilan 
bo’ynidan ikki tomonga bog’lanadi. Ularni burnidagi halqasidan bog’lashni man etish kerak. 
Buqalar  burun  halqasiga  ulangan  no’xtada,  uzunligi  2  m  kaltak  bilan  o’tlatiladi.  Bunday 
moslama 
buqani to’satdan tashlanganda harakatini cheklashini ta’minlaydi. 
Buqalarni sigirlar bilan birga o’tlatish mumkin emas. Buqalardan urug’ olish uchun maxsus 
stanoklardan foydalanishadi, bu esa atrofdagilar uchun xavfsizlik sharoitini yaratadi. 
6.40-rasm. Yirik shoxli mollar bilan munosabatda bo’lganda xavfsizlik choralari 
Erkak cho’chqalarga xizmat ko’rsatishda juda ehtiyotkor bo’lish zarur. Ular maxsus 
cho’chqaxonalarda  yoki  alohida  kataklarda  boqiladi.  Kataklar  orasidagi  qo’ra  temirdan 
yasalgan 
bo’lib,  balandligi  1,4  m  dan  iborat.  Erkak  cho’chqalar  qochirish  yoshiga  etganda  qoziq 
tishlarining 
o’sishiga qarab arralab tashlanib, egovda silliqlab qo’yiladi. Erkak cho’chqalar saqlanadigan 
kataklardagi  oxurlar  va  sug’orgichlar  shunday  joylashgan  bo’lishi  kerakki,  cho’chqaboqar 
yemni va 
suvni katakka kirmay, yo’lakdan solib ketadigan bo’lsin. 
107 
Kataklar hayvonlar bo’lmagan vaqtda tozalanadi. Urchish vaqtida bezovta bo’layotgan erkak 
cho’chqalarga ta’sir ko’rsatish maqsadida cho’chqaboqar yonida suvli chelak bo’lishi zarur. 
Hayvonlarga  xizmat  ko’rsatish  uchun  kerak  bo’lgan  vositalar,  albatta,  shaxsan  ma’lum  bir 
ishchiga 
biriktirilgan bo’lishi lozim. 
Fermalarning eshiklari yaxshi yopiladigan va ular turgan kataklar ozoda bo’lishi kerak. 
Hayvonlarga xizmat ko’rsatayotganda charm yoki qavilgan qo’lqoplardan foydalaniladi. Ferma 
ichkarisidagi  hayvonlarni  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chirish  uchun  maxsus  yashiklar  va 
qafaslar 
bo’ladi, ulardan bo’shagandan so’ng molxona veterinarning topshirig’i bo’yicha dezinfektsiya 
qilinadi.  Hayvonlar  vagonlarda,  samolyotlarda  va  kemalarda  tashilganda  qafaslar  bir  necha 
qavat 
qilib devor tomonga joylashtiriladi. 
Hayvonlar maxsus ajratilgan xonalarda, ma’lum shaxslar tomonidan so’yiladi. Kushxona 
ventilyatsiya,  ilgichlar,  stellajlar,  stollar,  yakka  qo’yiladigan  stanoklar  bilan  jihozlangan 
bo’lishi 
kerak, Shu bilan bir qatorda etkazib beruvchi va silkituvchi barabanlar, dezvositalar, so’yilgan 
hayvonning nimtalangan go’shti uchun qutilar ham mavjud bo’ladi. Kushxonada terilarga ishlov 
berish qat’iyan man etiladi. 
Yirik shoxli mollar bir joydan ikkinchi joyga haydab o’tilganda ko’pincha jarohatlanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Shuning  uchun  oldindan  profilaktika  choralari  ko’rish  kerak.  Bu  choralar  quyidagilardan 
iborat: 
podalarni  jinsiga,  yoshiga,  nimjon,  baquvvatligiga,  mahsuldorligiga  va  bo’g’ozligiga  ko’ra 
maxsus 
guro’hlarga ajratiladi. Podadagi mollar boshi 150 tadan ortmasligi, ular kuniga 15 km dan uzoq 
yurmasligi kerak. Kunduzi chorva mollariga bir necha marta dam beriladi. 
6.41-rasm. Yirik shoxli mollarni harakatini cheklash usullari. 
Chorva mollarini bir joydan ikkinchi joyga haydaganda yoki ularni vagonlarda, 
avtomobillarda, kemalarda va samolyotlarda tashiganda, xodimlar xizmat ko’rsatish, xavfsizlik 
108 
hamda yo’l qoidalariga qat’iyan rioya qilishlari kerak. 
Homilador va emizikli ayollarni, shuningdek yoshi 18 ga to’lmagan o’smirlarni, 
hayvonlarga podachi va kuzatib boruvchi qilib yuborish man etiladi. Hayvonlarni kuzatishdan 4-

kun oldin maxsus ratsionga o’tkaziladi. 
Ayrim hollarda hayvonlarni ortish va tushirish tunga to’g’ri kelib qolsa, bu holda ortish, 
tushirish maydonlari kuchli yoritilgan bo’lishi kerak, shuningdek hayvonlar yuklanadigan 
maydonlarda  yo’l  ustiga  qurilgan  osma  ko’priklar  va  panjaralari  bo’lgan  maxsus  narvonlar 
bo’lishi 
shart. 
Vagonlar hayvonlarni chiqarishdan oldin tozalanadi, dezinfektsiyalanadi va tasodifan 
mixlar,  simlar,  taxtachalar  qolib  ketmaganligiga  qaraladi.  Maxsus  narvonlar  eni  vagon 
eshigining 
kengligiga teng bo’lishi lozim. Vagonga bir guro’hdagi mollarni chiqarish kerak. Yosh mollar, 
sigirlar va buqalar alohida tashiladi, ularning bosh tomoni poyezd yo’nalishiga parallel holda 
bog’lab qo’yiladi. Har bir vagonda kuzatuvchi bo’lishi kerak. Mollar maxsus avtomashinalarda 
tashiladi.  Bu  avtomashinalariing  yon  devorlarida  qo’shimcha  panjaralar  bo’lishi  kerak, 
ularning 
balandligi cho’chqa va qo’ylar uchun 0,8 m, yirik shoxli qoramollar uchun 1-1,1 m dan kam 
bo’lmasligi lozim. 
Ot va yirik shoxli mollarni tashiydigan avtomashinalar ko’ndalangiga va bo’ylamasiga 
(hayvonlarni  ko’krak  balaidligida)  ustunlarga  qotirilgan  to’siqlar  bilan  jihozlanadi. 
Avtomashinada 
mollarni  haydovchi  yoki  kuzatuvchi  kuzatib  boradi.  Yurganda  mashina  tezligini  keskin 
o’zgartirish 
yoki  birdan  to’xtatish  mumkin  emas,  aks  holda  hayvonlar  yiqilishi  va  jarohat  olishi  mumkin. 
Mollar 
tashilganda, odamlarni hayvonlar orasida bo’lishi qat’iyan man etiladi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish