5.9. Shaxsiy himoya vositalar turi va ulardan foydalanish
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonunining 13-
moddasiga binoan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari
bilan ta’minlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish, dezinfektsiyalash va ta’mirlash ishlarini
bajarishi
kerak. Boshqa tarmoqlar singari qishloq xo’jaligida ham ishchilarni maxsus korjoma, poyabzal
va
himoya vositalari bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya
vositalariga bo’linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruktsiyasi, ishlab chiqarish
jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari va jamoa himoya vositalarini
qo’llash
bilan ta’minlashning iloji bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya
samaradorligi yuqori, ishlatilishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos
bo’lishi kerak. Shu ish uchun mo’ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik
hujjatlari
bo’lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo’llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati
ko’rsatilgan yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi:
o ihotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotalovchi
kostyumlar, skafandrlar);
o nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar,
respiratorlar, havo shlemlari, havo niqoblari);
o korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim,
kostyum, xalat, plash, po’stin, fartuk, nimchalar);
o maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli
botinka, tufli, kalish, bo’tilar);
o qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar);
o boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka,
shlyapalar);
o yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
o ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari);
o eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
o ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik
gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak
va yelkani ehtiyot qilish moslamalari);
o himoyalovchi dermatologik vositalar (yuviladigan pasta, krem,
moylar).
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va
ularni vazifalari bo’yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar
yuklanadi:
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat hamda hisobot
ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytidan tashqari foydalanishni, buzilgan, ifloslangan
hollarda esa ularni qo’llashni taqiqlanishini nazorat qilish.
2. Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan
o’tkazilish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtr,
oyna va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov
muddati to’g’risida tamg’a qo’yish.
3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va
changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya
vositalari bilan o’z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba
uyushmasi qo’mitasiga yuklatiladi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |