5.8. Pestitsidlar va mineral o’g’itlarni saqlash, tarqatish va tashishda xavfsilik choralari
Pestitsid va mineral o’g’itlar
ГОСТ
12.3.041-86 va
ГОСТ
12.3. 037-84 talablariga asosan
alohida binolarda saqlanadi. Ular bilan yemlarni, kimyoviy aralashmalarni, yem qo’shilmalari,
bo’yoqlar, laklar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni saqlash qat’iy man etiladi.
Omborxona
binolari tabiiy va mexanik ventilyatsiya bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Omborxonalarga
alohida
xona va qo’shimcha hojatxona, dushxona, shaxsiy himoyalanish vositalari, suv, sovun, sochiq,
aptechkalar va boshqalarni saqlash uchun xonalar ajratilishi lozim.
Qoplangan va qoplanmagan mineral o’g’itlar alohida bo’limlarda saqlanadi.
Qoplanmaganlari g’aram qilib balandligi 2m gacha (qotib qolmagan o’g’itlar 3 m gacha)
to’plab
66
qo’yiladi, qoplanganlari esa tagidan namlik o’tmasligi uchun taglik qo’yib, qoplarni bir-birining
ustiga g’aram qilib tahlanadi. G’aramlar oralig’i 3 metrdan kam bo’lmasligi kerak
(mexanizmlarni
o’tishi va ishlashi uchun), g’aramlardan ombor devorigacha bo’lgan oraliq 1 m dan kam
bo’lmasligi
shart. G’aramning tepasi bilan omborning shipi orasidagi oraliq 0,4 m dan kam bo’lmasligi
lozim.
Suyuq mineral o’g’itlar maxsus idishlarda saqlanadi.
Pestitsidlar kimyoviy korxonalardan keltiriladi, ularni faqat idishda (bochkalarda,
barabanlarda, kanistrlarda, shisha idishlarda, qoplarda, qutilarda) yassi yoki tirab qo’yiladigan
poddonlarda, stellajlarda bir-birining ustiga qo’yib saqlanadi. Har xil pestitsidlar (gerbitsid,
fungitsid va boshq.) boshqa-boshqa g’aramlarda saqlanib ular orasidagi masofa 1 m dan kam
bo’lmasligi kerak. Hamma turdagi idishlarning ustida preparatning nomi, moddaning ta’sir
foizi,
pestitsidning guro’hi, xavfsizlik belgisi, og’irligi (netto), shuningdek «Yong’indan xavfli» yoki
«Portlash xavfi bor» ogohlantiruvchi belgilar yoziladi. Bunda gerbitsidlar-qizil, defolantlar-oq,
nematotsidalar qora, fungitsidlar - yashil, dorilovchi moddalar - zangori, zootsidlar - sariq
ranglarda belgilaniladi.
Kislotali va ishqorli shisha idishlarda himoya qoplamalari bo’lishi kerak. Shisha idishlarning
qopqoqlari albasterdan yoki maxsus loylardan tayyorlanadi.
Shishali idishlarni ko’tarishdan avval uning himoya qoplamalarini ko’zdan kechirish zarur,
ish vaqtida, ya’ni ishlab chiqarish sharoitida shishalarni qoplamalaridan yoki qutilardan ajratib
olish
qat’iyan man etiladi.
Har qanday kimyoviy moddani bir idishdan boshqa bir idishga quyish siqilgan havo bosimi
ostida bajariladi. Bosimning kuchi 20 kPa yoki 0,2 kgk/sm
2
dan oshmasligi kerak. Kislotalar
saqlanadigan omborlar ichidagi harorat 0°S dan kam bo’lsa, past kuchli kislotalar muzlab
shisha
idishlarni sindirib yuborishi mumkin.
Ishqorlar eritmasini tayyorlashda sovuq suvdan foydalanish lozim. Agar issiq suv quyilsa
ishqor qaynab ketadi. Qattiq ishqorni maxsus qisqichlar yordamida olish kerak. Ishqor
eritmasini
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
tayyorlashda maxsus bosh kiyimlardan foydalanish lozim. Aks holda u ko’zga yoki boshga ta’sir
etib soch to’qilishiga olib kelishi mumkin. Kimyoviy moddalarni maxsus qulflanadigan
omborlarda saqlash lozim. Omborchilar texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.
Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi kishilar maxsus oyoq kiyimi, ko’zoynak, qo’lqop, fartuklar,
rezina etik hamda protivogazlar va respiratorlar bilan albatta ta’minlanishi kerak. Ayniqsa
ammiakli
suv bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Bunda, albatta sanoatda foydalaniladigan shaxsiy
himoya vositalaridan foydalanish zarur.
Preparatlarni qabul qilishga, saqlashga va tarqatishga omborchi javobgardir. Omborxonaga
begona shaxslarning kirishi man etiladi. Preparatlarni qoplash, tortish va berishda nafas olish
organlarini himoyalash uchun ShHVdan foydalaniladi.
Kimyoviy moddalar omborxonadan o’z og’irligida, pestitsidlar zavod qadoq
(upakovka)larida yoki maxsus idishlarda beriladi. Qadoqlarda saqlanish muddatlari va shartlari
yozilgan bo’ladi. Omborchi pestitsidlarni faqat xo’jalik rahbari yoki muovinining yozma
ravishdagi
ko’rsatmasiga asosan, o’simliklarni himoya qilish ishlariga javobgar shaxslarga yoki
chorvachilik
xo’jaliklarida veterinar vrachlarga bir kunga etarli miqdorda beradi. Ish tugagandan so’ng
qolgan
pestitsidlar va bo’shagan idishlar qayta omborga topshiriladi. Omborga keltiriladigan va
chiqariladigan pestitsidlar muhrlangan va raqamlangan kirim-chiqim daftarida ro’yxatga
olinadi va
omborxonada saqlanadi.
Pestitsid va mineral o’g’itlarning ta’sirini yo’qotish uchun omborxonada etarli miqdorda
zaharli gazlardan tozalovchi moddalar xlorli ohak, kaltsiynatsiyalangan soda va boshqalar
bo’lishi
shart. To’kilgan yoki oqizilgan pestitsidlar va mineral o’g’itlarni ochiq holda qoldirish man
etiladi.
Pestitsidlar javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki maqsad uchun moslashtirilgan
transportda, faqat soz va yaxshi yopiladigan idishlarda tashiladi. Agar idish buzlib ketsa, darhol
transport to’xtatiladi va nosozlik tuzatiladi, buning uchun transport vositasida kerakli hamma
materiallar, asboblar va shaxsiy himoyalanish vositalari mavjud bo’lish kerak.
Mineral o’g’itlarni idishsiz (uyma holda) transportlarda tashishga ruxsat etiladi, faqat chang
bo’lishligi inobatga olingan holda brezent bilan yopib qo’yiladi. Suyuq o’g’itlar ishlatish
joylariga
67
ammiak tashuvchi avtotsisternalarda, shuningdek yuk tashuvchi mashinalar ustida hajmli
idishlarda
yoki transport bochkalarda etkazib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |