qonun chiqaruvchi talaba – xodimlar uchun yana bir imtiyoz bergan. Ya’ni oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o‘n o‘quv oyi davomida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo‘lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o‘zgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi. (MK 255-modda).
Ushbu maqolani o‘qiyotganlar yana bir savol tug‘ilishi mumkin ya’ni imtiyozlar faqat talabalar uchunmi? Abituriyentlar-chi? Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan abituyentlar ham ko‘pchilikni tashkil etadiku, ularga ham biror imtiyoz mavjudmi? Ha, albatta, mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |