3. Muzliklarning to’yinishi va tasnifi.
Muzlik orasidagi va muzlik bilan birga harakatlanuvchi jinslar morena deb ataladi. Morenalar; tag, ustki, ichki morenalarga bo’linadi.
Tag morena muz gilining tag qismida hosil bo’ladi. Ustki morena atrofini o’rab olgan yon bag’irlardagi qoyalarning uvalanib tushgan zarrachalaridan hosil bo’ladi. Muzlik yonlarida tag va ustki morenalar qo’shilib yon morenalarni hosil qiladi.
Tog’ yon bag’irlaridagi shakli kresloga o’xshash chuqurliklar karlar deb ataladi. Muzlik sikllari deb yassi tog’ yon bag’irlarida emas, vodiyning boshlanishidagi karlarga aytiladi. Muzliklar erozion yoki tektonik vodiydan pastga siljib tushayotganda bu vodiylarni o’yib, ularda uzun tog’orasimon shakllar hosil qiladi. Bunday vodiylar troglar deb ataladi.
Muzliklarning zonallik hususiyati iqlim klassifikasiyasida aks etgan. Muzliklarning rivojlanish jarayoniga asoslanib, ularning genetik klassifikasiyasi tuzilgan. Amerikalik sosiolog V.G.Xobbs ishlab chiqqan klassifikasiya eng ma’qul va istiqbollidir. Bu klassifikasiya asosida muzliklarning bosqichma-bosqich rivojlanishi yotadi.
Quyidagi klassifikasiyaga V.G.Xobbs va S.V.Kalesniklar klassifikasiyasi asos qilib olindi.
I-sinf. Birlamchi muzliklar. Ular muzlanishning progressiv fazasi boshida vujudga keladi, kam uchraydi va keng maydonlar ularni bir-biridan ajratib qo’ygan. Bu sinfga muzliklarning quyidagi 4 tipi kiradi.
1. Kar muzliklari
2. Vulqon konusidagi muzliklar
3. Tog’ tepasidagi muzliklar
4. Osilma muzliklar
II-sinf. Vodiy muzliklari.
To’yinishi kuchaygan sari muzlanish ham tobora rivojlana boradi, birlamchi muzliklarning soni ko’payib, ularning har qaysisi kattalashadi va ular tog’ tepalari va karlardan vodiyga tushib keladi va vodiy muzligiga aylanadi. Muzliklarning bu tipi – mo’tadil mintaqaning tog’li o’lkalaridagi eng xarakterli muzlik shakllaridir. Odatda, ular quyidagi tiplarga bo’linadi;
Oddiy vodiy tipidagi yoki Alp tipidagi muzliklar.
Murakkab vodiy tipidagi yoki Kavkaz tipidagi muzliklar.
O’rta Osiyo tipidagi muzliklar
Ximolay tipidagi muzliklar
III-sinf. Muzlik komplekslari. Muzlanish sharoitining tobora yaxshilanishi shunga olib keladiki. Ayrim muzliklar kengaya borib, bir-biriga qo’shilib ketadi va qisman o’ziga xoslik xususiyatini yuqotadi. Bu hodisa mo’tadil zonalarning shimoliy chekka qismlarida qutb yoki qutbiy mintaqalarda, ayniqsa ularning sernam mintaqalarida ro’y beradi. Bu yerda muzlik komplekslarining quyidagi tiplari hosil bo’ladi;
Muzlik platasi yoki Skandinaviya tipidagi muzlanish
Tog’ oldi muzliklari yoki Alyaska tipidagi muzliklar.
Shpisbergen tipidagi muzlanish
IV- sinf. Orol tarzidagi muzliklar va materik muzliklari. Bu muz qoplami juda katta, yaxlit va qalin muzlardan iborat bo’lib, ular orollarni hatto butun materik Antarktidani qoplab yotadi.
Barcha joylardagi harorati 00C dan past bo’ladigan qutbiy zonalarda quruqliklardan dengizga tomon bo’lgan oqim muzliklar orqali ro’y beradi. Dengizga yetib boradigan kichikroq muz massalarini suv to’lqini sindirib yuboradi va ular suvda erib keladi. Materikdan siljib keluvchi va juda katta relyef muzliklari dengizda uzoq-uzoqlarga kirib borib, g’oyat katta muzlarga ajralib ketadi. Dengizda suzib yuruvchi bu muzlar muz tog’lari yoki aysberglar deyiladi.
Shimoliy yarim sharda aysberglar Grenlandiya bilan Severnaya zemlya, janubiy yarim sharda esa Antarktidada paydo bo’ladi. Dengiz oqimlari aysberglarni o’rtacha geografik kengliklardan hatto 360 kenglikgacha olib ketadi va ular bu yerda erib ketadi.
Antarktida aysberglari g’oyat katta bo’lib, uzunligi 100 km. suv betidan bo’lgan balandligi 100, 300, hatto 500 m. keladi. Arktika aysberglarining esa balandligi 70 m., uzunligi bir necha km. keladi, yuzasi do’ng notekis bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |