Ya&ko • Ushbu rasmga qarab organoidlar nomini yozing va o‘simlik hujayrasi bilan hayvon hujayrasini taqqoslang.
шШг\- ж/ Plastidalarning turlari va ulaming o‘ziga xos xususiyatilari va vazifalarini hisobga olgan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Leykoplastlar
Xloroplastlar
Xromoplastlar
25.Jadvalni toMdiring. Organoidlarning tuzilishi va funksiyasi
Asosiy organoidlar
Tuzilishi
Funksiyasi
Hujayra qobig‘i
Sitoplazma
Endoplazmatik to‘r
Ribosoma
Gol’ji majmuasi
Lizosoma
Mitoxondriya
Plastida
Hujayra markazi
Vakuola
Hujayraning bo‘linishiga oid masalalar Eukariot hujayralar asosan ikki hil usulda ko‘payadi: 1-mitoz somatik hujayralaming b’linishi, 2-meyoz jinsiy hujayralaming bo‘linish usuli. Eukariot hujayralar asosan mitoz usulida bo‘linadi. Mitoz natijasida hujayralaming soni ortadi, organizm o‘sadi, nobud
bo‘lgan hujayralami o‘mi tiklanadi. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan har bir yangi hujayra bir hil xromosoma to‘plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bo‘linish genetik materialni yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to‘plamga ega bo‘ladi. Mitoz bo‘linishsiz ko‘p hujayrali organizmlaming to‘qima va organlaridagi ko‘p sonli hujayralaming tuzilishi va funksiyasining doimiyligini, irsiy materialning bir hil bo‘lishini ta’minlashning iloji bo‘lmas edi. Jinsiy usulda ko‘payadigan organizmlarda o‘ziga xos bo‘linish usuli meyoz kuzatiladi. Meyoz natijasida xromosomalaming diploid to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralardan gaploid to‘plamli jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. Meyoz jinsiy hujayralaming rivojlanishi (gemetogenez) jarayonida kechadi. Meyoz ketma-ket keladigan ikki, ya’ni birinchi va ikkinchi meyoz bo‘linishlaridan iborat. Ulami farq qilish maqsadida birinchi bo‘linish fazalari oldiga I, ikkinchi bo‘linish fazalari oldiga II raqami yoziladi. Meyoz o‘simliklar gulida, hayvonlarda jinsiy bezlarda kuzatiladi. Meyozda gomologik xromosomalaming juda ko‘p xilma-xil variantlari amalga oshadi. Meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o‘zgarmaydi. Agar gametogenezda xromosomalar soni kamaymaganda, har bir yangi avlodda xromosomalaming soni tinmasdan ikki hissadan ortib boraverar, xromosomalar sonining doimiyligi buzilar edi. Meyozda xromosomalaming juda ko‘p xilma-xil kombinasiyalar hosil bo‘ladi. Ota yoki ona xromosomalari meyozda har hil gametalarga tarqalishi natijasida xromosomalaming yangi to‘plami hosil bo‘ladi. Xromosomalaming konyugasiyalanishi, o‘xshash qismlari bilan almashinishi irsiy axborotning yangi to‘plami hosil bo‘lishi va irsiy o‘zgaruvchanlikka sabab bo‘ladi. Irsiy o‘zgaruvchanlik organizmlar evolutsiyasining asosiy omillaridan biridir. Ba’zi holatlarda meyoz jarayonida xromosomalaming gametalarga taqsimlanishi buziladi. Natijada organizm rivojlanishi buzilishi, odamlarda har xil irsiy kasalliklaming kelib chiqishi mumkin. Hujayralaming mitoz va meyoz usulida ko‘payishiga oid masala va mashqlar yechishda yuqoridagi ma’lumotlarga e’tibor berish kerak. Mitoz va meyoz bo‘linish bo‘yicha masala va mashqlar yechish metodikasi Odamning somatik hujayrasida 46 ta xromosoma bo‘lib, undagi DNK ning umumiy og‘irligi 6xl0"9 mg ga teng. Ovogenezning boshlanishidagi yadro tarkibida, meyozning telofaza-I oxirida va telofaza - П ning oxirida DNK og‘irligi qancha bo‘lishini toping.
Berilgan: 46 ta xromosoma va undagi DNKning umumiy og‘irligi 6x1 O'9. Topish kerak-. Hujayra ovogenezining boshlanishidagi va telofaza -I va telofaza -II oxiridagi DNK og‘irligini. Yechilishi: hujayraning bo‘linishi oldidan DNK molekulasi ikki hissaga ortadi shuning uchun. 2x6 xlO'9 = 12 x 10'9 .
meyozning birinchi bo‘linishi reduksion bo‘linish hisoblanadi, meyoz I da xromosomalar soni 2 hissa kamayadi, lekin xromosoma ikki molekula DNK dan tashkil topgan bo‘ladi. Shu sababli telofaza-I da DNK og‘irligi 2x6x1 O'9 = 12x 10"9 ga teng.
v) ikkinchi meyozdan so‘ng hujayra yadrosi gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. Shu sababli 6 xlO'9 : 2 = 3 x 10'9 mg. Javob:Hujayraning bo‘linishidan oldin DNK og‘irligi 12 x 10'9mg, telofaza-I oxirida esa 6x1 O'9 mg, telofaza-II oxirida 3 x 10'9 mg. Erkak va urg‘ochi tovushqonning somatik hujayrasida 44 ta xromosoma mavjud. Tovushqonning: a) bitta tuxum hujayrasida; b) bitta spermatozoidida; s) zigotasida g) yosh bolasining somatik hujayrasida; d) ikkinchi avloddagi duragaylaming somatik hujayrasida nechtadan xromosoma bo‘lishi mumkin? Sizning fikringiz qanday?
Javob: a va b - 22 ta, s,g,d - 44 tadan. Tez kaltakesakning somatik hujayrasida 36 tadan autosoma- lari bo‘ladi. Ushbu organizmning zigotasi ikki marta ekvatorial bo‘linganidan keyin hosil bo‘lgan hujayralarda jami xromosomalar soni nechta bo‘lishini hisoblab toping?
Yechilishi: Tez kaltakesakning somatik hujayrasida 36 tadan autosoma 2 ta jinsiy xromasoma bo‘lishini hisobga olsak, jami 38 ta xromosoma bo‘ladi.
Mer-2/Mer-4
Mer-16
Ekvat-8
Ekvat-32
Shunga asoalanib 32 • 38 =1216 ta Javob: 1216 ta xromasoma bo‘ladi. 100 tadan diploid to‘plamga ega ikki guruh hujayra berilgan, har bir hujayra 8 tadan xromosoma (A,A,V,V,S,S,D,D) ga ega. Birinchi guruh hujayralaming barchasida mitoz, ikkinchi guruh hujayralarda meyoz kuzatilgan (urug‘donda).
Aniqlang. birinchi guruhda nechta yosh hujayralar hosil bo‘lgan?
birinchi guruhdagi yosh hujayralar nechtadan va qanday xromosomalarga ega bo'ladi? Ulaming belgilarini ko‘rsating.
v) umg‘donda nechta gameta hosil bo‘ladi? g) bu gametalar qanday va nechtadan xromosomani o‘zida saqlaydi? Javob: A) 200 B) 8 tadan A,A,V,V,S,S,D,D V) 400 g) 4tadan A,V,S,D. Agar qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromasomalari soni 18 ta bo‘lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida hosil bo‘lgan hujayralarda jami xromosomalar 38912 taga yetgan bo‘lsa, embrion necha marta bo‘lingan- ligini hisoblab toping?
Yechilishi: qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromasomalari soni 18 ta bo‘lsa, demak bitta jinsiy xromosoma borligini lusobga olganda 19 ta xromasoma boMadi.
qora kalamushning somatik hujayrasidagi xromasomalari soni 38 ta bo‘ladi.