19.2. Pedagogik dasturiy vositalar tushunchasi Elektron pedagogika axborot kommunikatsiya texnologiyalar bilan to‘yingan (uyg‘unlashgan) axborot ta’lim muhitida o‘quv jarayonlarni o‘rganish, bashoratlash va tafsirlash bilan shug‘ullanadigan ilmiy yo‘nalish.
Elektron pedagogika - bu yuqori texnologiyali axborot ta’lim muhitida ta’lim va tarbiyaning usul va shakllarini ochib berish, o‘quv jarayonlarini o‘rganish, tavsiflash va bashoratlash bilan shug‘ullanidigan pedagogikaning yangi bir yo‘nalishi.
Pedagogik dasturiy vositalar - kompьyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
> o‘rgatuvchi dasturlar - o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
> test dasturlari - egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
> mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
> o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar (Virtual borliq tizimlari).
Virtual borliq (Virtualьnaya realьnostь) tushunchasiniJaron Lanier (Lanьe) taklif etgan. Virtual borliq immersivlikva interfaollik tushunchalari bilan bog‘liq.
Immersivlikdeganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini tushunish lozim.
Interfaollikfoydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi ob’ektlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi.
Virtual borliq tizimi deganda - biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko‘pmodallikga, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo‘lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va ko‘zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo‘lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi.
YUqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli.