17.2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. O‘qituvchi o‘qi-tish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlash-ga xarakat qilishini va uni amalda qo‘llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Nazorat funksiyalari
Diagnostik funksiya.
Ta’limiy funksiya.
Tarbiyalovchi funksiya.
Rivojlantiruvchi funksiya.
Rag‘batlantiruvchi funksiya.
Korrektsiyalovchi funksiya
Tekshirishning bo‘g‘inlari (zvenolari)
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzu-li bo‘lishi mumkin.
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va mala-kalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tek-shirish hisoblanadi.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va ma-lakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir.
Baholash va uning o‘ziga xosliklari
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bi-lan davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilan-gan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’rif-lash)dan ta’lim darajasi-ning miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B=A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi.
Hisobga olish va uning o‘ziga xosliklari
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda talabalarning o‘rganilayot-gan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini
va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, talaba ham o‘zlari-ning keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi.
O‘zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olish
o‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganish-da talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat
qilish;
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha talabalarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish;
o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina talabalarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
talabalarning mavjud bilimlariga aniq, bataf-sil ma’lumot
(tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlariga asoslanib tahlil etish.