Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari



Download 0,5 Mb.
bet70/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

547-modda. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni o‘z hisobidan kapital ta’mirlashi shart.
(547-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijaraga oluvchi javobgar bo‘lmagan holatlar natijasida kelib chiqqan shoshilinch zarurat tufayli o‘tkaziladigan ta’mirlashni ijaraga beruvchi o‘z hisobidan amalga oshirishi shart.
Kapital ta’mirlash mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar bu muddat shartnomada belgilanmagan yoki shoshilinch zarurat tufayli o‘tkazilsa, oqilona muddatda amalga oshirilmog‘i lozim.
Ijaraga beruvchining kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasligi ijaraga oluvchiga o‘z xohishiga ko‘ra:
shartnomada belgilangan yoxud shoshilinch zarurat taqozo etayotgan kapital ta’mirlashni amalga oshirib, ta’mirlash qiymatini ijaraga beruvchidan undirib olish yoxud mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq hisobiga o‘tkazish;
haqni tegishincha kamaytirishni talab qilish;
shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va zararning qoplanishini talab qilish huquqini beradi.
548-modda. Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, uni o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi va saqlash bo‘yicha boshqa xarajatlarni qilishi lozim.
549-modda. Taraflar o‘zgarganda mol-mulk ijarasi shartnomasining o‘z kuchida qolishi
Ijaraga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulk (xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish) huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulk ijarasi shartnomasining o‘zgartirilishi yoxud bekor qilinishi uchun asos bo‘lmaydi.
Ko‘chmas mulkni ijaraga olgan fuqaro vafot etgan taqdirda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ushbu mol-mulkni ijaraga topshirish shartnomasi bo‘yicha uning huquq va majburiyatlari vorisga o‘tadi. Shartnomaning tuzilishi ijaraga oluvchining shaxsiy fazilatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollardan tashqari ijaraga beruvchi bunday vorisning shartnoma amal qilishining qolgan muddatida shartnomaga qo‘shilishini rad etishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 8-bandi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish