Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash



Download 0,5 Mb.
bet253/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

1009-modda. Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash
Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zararni undirish huquqiga ega:
marhumning qaramog‘ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan ta’minot olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;
marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandi;
mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, marhumning qaramog‘ida bo‘lgan uning o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yoxud ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan bo‘lsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga ko‘ra salomatligi bo‘yicha boshqalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a’zosi;
marhumning qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan shaxslar.
Ishlamaydigan va marhumning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a’zosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi.
Zarar quyidagilarga to‘lanadi:
voyaga yetmaganlarga — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar;
o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga — o‘quvning kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha;
ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
nogironlarga — nogironlik muddatiga;
marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini ular o‘n to‘rt yoshga to‘lgunga qadar parvarishlashda band bo‘lgan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoxud oilaning boshqa a’zosiga.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 291-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyuldagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom”.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish