Vasiylik va homiylik
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 32-moddasi 1-qismiga binoan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Vasiylik va homiylik o‘z huquq va manfaatlarini o‘zlari mustaqil himoya qilishga qiynaladigan yoki eplay olmaydigan fuqarolarni himoya qilish usulidir. Voyaga yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni oilada tarbiyalanishi uchun imkoniyatdir. Umuman olganda esa, vasiylik va homiylik tarkibiga fuqarolik, oila, ma’muriy huquq qoidalarini olgan kompleks huquqiy institut hisoblanadi. Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin:
1) keng ma’noda (fuqarolik-huquqiy) – bu muomala layoqatining etishmagan qismini to‘ldirish va voyaga yetmagan hamda muomalaga layoqatsiz shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli;
2) tor ma’noda (davlat organining xizmat vazifalari)–ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni tarbiyalashdir.
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Vasiyning vasiylikdagi shaxs bilan munosabatlari mulkiy va shaxsiy aloqalar bilan bog‘liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota-onaning o‘z olasiga nisbatan hokimiyat huquqi tegishli bo‘lad va vasiyning vasiylikdagi bolaning shaxsiga nisbatan bevosita majburiyati – unga tarbiya berish hisoblanadi.
2. Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat vasiylikdagi shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish huquqlarini ifoda etadi. Bunda birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning ehtiyojlari uchun sarflash, shuningdek, uning mol-
mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi.
3. Vasiyning uchinchi shaxsga nisbatan munosabati bir tomondan vasiylikdagi shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifatidagi, ikkinchi tomondan vasiyning vasiylikdagi shaxs qonuniy vakili sifatidagi maqomidan kelib chiqadi.
4. Vasiylik bir emas, bir nechta vasiy tomonidan ifodalanganda va ba’zan vasiy bilan birga, homiy ham tayinlanganda, vasiylar o‘rtasida, shuningdek, vasiy va homiy o‘rtasida munosabat yuzaga keladi.
5. Vasiyning vasiylik idorasi bilan munosabati. Bu holda vasiy vasiylik idorasining nazoratida bo‘ladi va undan tposhiriq, farmoyishlar oladi.
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida” gi Qonunnning 3-moddasiga ko‘ra, vasiylik – o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota- onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek,sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli; homiylik –o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shaklidir. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar – alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota- onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi.
Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat: tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan – voyaga yetmaganlarga nisbatan; tuman,shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan – sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga nisbatan; tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan–sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash oyi
bo‘yicha belgilanadi. Qonunchilikka ko‘ra muayyan toifdagi shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas va ular quyidagilardir:
- ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
- o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi).
Qonunchilikka binoan vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi. Homiylar o‘z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, homiyligidagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo‘ladigan suiiste’molliklar- dan muhofaza qiladi Vasiy va homiylarning, vasiylik va homiylikdagi shaxslar huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylikning tugatish asoslari “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan.
______________________________________________________________
Fuqaro Axatov va Soliyevalar nikoh yoshiga toʻlmasdan turibnikoh qurishadilar. Ular uch oy yashamasdan oʻzaro kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketadilar. Axatov yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilanshugʻullanish uchun ruhsatnoma olgani Tadbirkorlarni roʻyhatga olish davlat idorasiga murojaat qilganida, unga toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish mumkin emasligini aytadi.
Davlat idorasining harakatlari toʻgʻrimi? Emansipatsiya deganda nimani tushunasiz?
_____________________________________________________________
Numonovning otasi 2003 yilda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Numonovga vasiy qilib tayinlangan Rashidov Numonovni oʻzining uyiga olib ketib, otasining uyini sotish uchun kim oshdi savdosiga qoʻyadi. Keyinchalik mazkur uyning pulidan oʻziga ikkita xususiy magazin qurib oladi. 2009 yilda qabul qilingan Amnistiya akti tufayli Numonovning otasi jazodan ozod qilinadi va oʻgʻlining vasiydan uyini talab qilganida Rashidov pulni ishlatib yuborganligini ma’lum qiladi?
Numonovning fikrlari asoslimi?Kimlar vasiy boʻla olmaydilar? Vasiylik kimlarga nisbatan belgilanadi?
_______________________________________________________________
MAVZU: FUQAROLAR FUQAROLIK HUQUQING SUBYEKTI SIFATIDA
REJA:
1) Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati
2) Fuqarolarning yashash joyi
3) Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish
4) Vasiylik va homiylik
Do'stlaringiz bilan baham: |